Tarbiya usullari va shakllari


Tarbiya usullariga tavsif



Yüklə 36,55 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü36,55 Kb.
#211407
1   2   3   4   5   6
Tarbiya usullari va shakllari

2. Tarbiya usullariga tavsif.
Xalq pedagogikasida turli xil tarbiya usullari va vositalaridan foydalaniladi, bu usul, vositalar nihoyatda rang-barang bo’lib, ko’p tomonlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Xalq pedagogikasida qo’llanib kelayotgan xilma-xil tarbiya usullarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.
1. Tushuntirish (o’rgatish, odatlantirish, mashq qildirish).
2. Namuna (maslahat berish, uzr so’rash, yaxshiliklar haqida so’zlash, o’rnak bo’lish).
3. Nasihat berish, o’git (undash, ko’ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma‘qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo’l tilash va hokazolar).
4. Qoralash va jazo (ta‘qiqlash, ta‘na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo’rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar). Ushbu usullar tizimga solinsa, birlashib umumiy bir yaxlitlikni ifodalaydi. Tarbiyaviy jarayonda avval bolaga umumiy manzara, mazmun-mohiyati tushuntiriladi va ko’rsatma beriladi. Bolalar narsa va hodisalarga, berilgan topshiriqlarga tushunmaganlarida tarbiyachi namuna vositasini o’taydi, ya‘ni yoshlarning mustaqil kuzatuvchanligiga e‘tibor beriladi. Shunda ham tushunmaganlar kattalarning, yaqinlarining nasihati, o’giti orqali narsa va hodisalarning mohiyatiga yetadigan bo’ladi. Bordi-yu bunda ham bolalar tushunmasa yoki tushunishni istamasa, aytganlarni qilmasa, unda qoralash va jazo usullaridan foydalanishga to’g’ri keladi. Bu tarbiyalashda so’nggi chora usulidir.
Milliy tarbiyamizdaga axloqiy mezonlarga asosan yoshlarni tarbiyalashda milliy an‘analar, umuminsoniy qadriyatlar asos qilib olinishi kerak. Bular o’z navbatida, yangicha tarbiyaning o’zgacha muvofiq uslub va shakllarini taqozo etadi.
Tarbiya usullarini o’rganish, tahlil qilish va bu usullardan pedagogik jarayonda foydalanish uchun tarbiyaviy usullarni ularning vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi va o’quvchilar faoliyatini yo’lga qo’yish usullari: tushuntirish, o’rgatish, suhbat va hikoya, ibrat-namuna, ishontirish, o’yin, musobaqalar. Bu guruh usullarining mohiyati shundan iboratki, ular orqali jamiyat o’quvchilar ongiga qanday talablar qo’yayotgani yetkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashlarini shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko’maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo’llaniladi.

Yüklə 36,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin