4. Maktab yoshidagi o'quvchilar o'z-o'zini tarbiyalashning xususiyatlari. Tarbiya metodlarining o'zaro aloqadorligi va birligi Oz-ozini tarbiyalashning muvaffaqiyatli bolishi uchun bolani yoshligidan oz-ozini togri baholay bilishga orgatish, hayotda ozi intilishi lozim bolgan idealni aniq tushungan holda ozidagi ijobiy sifatlarni va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishi, ozining xulq-atvoriga talabchan bolishi, oziga chetdan turib xolisona baho berishi kerak. Oz-ozini tarbiyalash bolaning doimiy ishi bolmogi va uzluksiz davom etmogi zarur.
Maktabda oqish yillari inson hayotida axloqiy izlanishlar, ijobiy va salbiy narsa va hodisalarga togri baho bera olish davriga togri keladi. Bu davrda bolalarni oz-ozini tarbiyalashga davat etishning samarali bolishiga bevosita muallim rahbarlik qiladi. Oz-ozini axloqiy tarbiyalash tajribasiga ega bolmagan kishi boshqalarga bu ishni orgata olmaydi.
Inson insonni va insoniylikni qanchalik ko'p tushunsa, shuncha ko'p darajada o'z-o'zining tarbiyachisi bo'lib etishadi. O'z-o'zini tarbiyalashga undovchi tarbiya ishonchim komilki - degan edi mohir pedagog V.A.Suxomlinskiy - bu hahiqiy tarbiyadir.
O'quvchida o'z-o'zini tarbiyalashga, ya'ni o'zi ustida ongli, batartib ishlashga ehtiyoj paydo bo'lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa bo'ladi. O'z-o'zini tarbiyalash o'quvchini tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi. O'z-o'zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo'lganda, u o'zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mustaqil faoliyat ko'rsata boshlagan vaqtda paydo bo'lidi.
Tarbiya jarayoni faqat o'qituvchi va tarbiyachi rahbarligida amalga oshirilmaydi. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning o'zlari ham ishtirok etdilar, ya'ni ular o'zlarini-o'zlari tarbiyalaydilar. O'z-o'zini tarbiyalash insonning o'zida ma'lum fazilatlarni ustirishga qaratilgan ongli intilish va iroda kuchidir. "O'z-o'zini tarbiyalashga undovchi tarbiya ishonchim komilki, bu haqiqiy tarbiyadir. V.A.Suxomlinsxiy "Tarbiya to'g'risida (32 bet)
Har bir shaxs ijtimoiy muhit ta'sirida, jamiyat ta'sirida bir qator sifatlarni orttiradi. Odamda o'z-o'zini tarbiyalash faoliyat elementlari kichik yoshdan boshlanadi, bu ishga o'smirlik davrida ongli ravishda kirishadi va yigitlik davrida yanada rivojlanadi, chunki odamda o'z-o'zini tarbiyalashga intilish, o'z hatti-harakatini idora etish va baho berish qobiliyati vujudga kelgan vaqtda paydo bo'ladi.
Bolalardagi o'z-o'zini tarbiyalash faoliyatiga albatta o'qituvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar rahbarlik qilishi, ularning o'z-o'zini tarbiyalashini ko'zdan qochirmasligi va muayyan maqsad yo'liga solib yuborishi lozim. Bolalarning o'z-o'zini tarbiyalash ishida o'quvchilar jamoasi, jamoatchilik fikri ham katta ahamiyatga ega. Bolalar o'z-o'zini tarbiyalashda o'zlariga na'muna deb bilgan sifatlarni tanlaydilar va tahlil qiladilar.
Agar o'qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar bolalarning o'z-o'zini tarbiyalashda qo'z-quloq bo'lib turmasalar, bolalar salbiy sifatlarni singdirib olishlari mumkin.
Tarbiya ishining yana bir tomoni, ya'ni ba'zi bir bolalarni qayta tarbiyalash masalasiga alohida e'tibor berishdir. Ayrim oilalarda bolalarga yoshlikdan noto'g'ri tarbiya berish natijasida ular g'oyatda intizomsiz, erka-tantiq, ish yoqmas, qaysar bo'lib qoladilar. Ular qayta tarbiyalashga muhtoj bo'ladilar. Ba'zi tajribasiz, pedagogik mahoratga ega bo'lmagan o'qituvchilar bolalarga ta'lim va tarbiya berishda bir qator xatoliklarga yul qo'yadilar. Bunday xato va nuqsonlar oqibatida o'zlashtirmovchilik, intizomsizlik kabi hollap kelib chiqadi.
Atoqli mashhur pedagog A.S.Makarenko bolalarga mumkin qadar juda kichik yoshidan boshlab to'g'ri tarbiya berishga kirishish kerakligini, aks holda keyinchalik qayta tarbiyalash og'ir ekanini, bu ish ko'p kuch va bilim talab etishini ko'rsatib: "bolani qayta tarbiyalashga nisbatan uni to'g'ri va normal tarbiyalash ancha osondir" degan edi. Misol: bolalarning salom berishlari yoki kattalarning salom bermasliklari.
Yosh avlodni ijodkor, faol va fidoiy komil insonlar qilib voyaga etkazish, ularni har tomonlama ma'lumotli va yuksak axloqiy fazilatli qilib tarbiyalash ishlari maktabda ta'lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. By jarayonda asosiy masala - o'quvchilar faoliyatidir.
Tarbiya jarayoni odatda qayta tarbiyalash, bolaning atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va o'z xususiyatlarini bartaraf etish bilan qo'shib olib boriladi. Eng yuqori darajaga erishadigan tarbiya jarayoni o'z-o'zini tarbiyalashga muvofiq bo'lishdir.
Tarbiya uzoq davom etadigan va aslida uzluksiz jarayon bo'lib, bu jarayon bola maktabga kelishidan ilgariyoq boshlanadi va butun umr buyi davom etadi. Tarbiya ko'pgina sabablarga. o'quvchilarning individual tipologik tasavvurlariga, ularning hayotiy va ma'naviy tajribasi, shaxsiy pozisiyasiga bog'liqdir.
"Insonning shunday yuksak va qimmatli hislatlari bo'ladiki, ...aql kuchi moddiy manfaat kuchidan ustunlik qiladi, ana o'shandagina inson yaxshilikka intiladi. Ammo jamiyatda bunday kishilar juda ham kam, mabodo kishilar orsida bundaylari topilsa ham, ular yolg'izdirlar. Bordiyu manfaat aqlni zabt etib olsa, unda insonni albatta yomonlikka chorlaydi. Bunday odamni qayta tarbiyalamoq lozim"', degan A.Navoiy va yana ..."Odobli va go'zal xulqli odamlar ko'payaversa, xalqning do'stligi, ularning bir-biriga nisbatan bo'lgan mehr-muhabbati borgan sari rivoj topadi. Agar kishi odob va tavoze' (xokisor. bezavol) kabi xulqqa ega bo'lsa, o'zi ham xalqning izzat-hurmatiga sazovor bo'ladi", degan Maxbub ul-qulub asarida (48-bet).
Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib boradi, shuning uchun tarbiya jarayoni ham takomillashib boraveradi.