Tushuntirishning mohiyati jamiyatning manaviy va moddiy hayotidagi eng muhim voqealar togrisida axborot berish asosida oquvchilar diqqatini atrofdagi voqelikka, oz fuqarolik burchlariga ongli munosabatni shakllantirishga qaratishdan iborat. Tarbiyachi tegishli qoida va talablarga qanday rioya qilish zarurligini bolalarga korsatadi va tushuntiradi.
Uqtirish biror axloqiy fazilatni oquvchilar ongiga singdirish va ularning tushunib bajarishi, ozlashtirishiga asoslanadi.
Suhbat va hikoya. Oquvchi shaxsini goyaviy va axloqiy shakllantirishda oqituvchining jonli sozi eng tasirli usul hisoblanadi. Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin: etik mavzular (kishilarning jamiyatdagi axloq mezonlari, ozini tutish qoidalari), estetik mavzularda (tabiat va inson gozalligi), siyosiy mvzularda (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari), talim va bilishga oid mavzularda (koinot, hayvonot dunyosi). Oquvchilar odatda hayotdan va badiiy adabiyotdan olingan hikoyalarni qiziqib tinglaydilar. Ularga axloq mezonlari, tarix qoidalari, Vatanimizning tabiiy boyliklari, mehnatkash kishilari, tarix, adabiyot, sanat haqida hikoya qilib berish mumkin.
Namuna (ibrat). Oquvchilar oz atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni korishlari va namuna olishlari nihoyatda muhimdir. Oilada avvalo ota-onaning, maktabda oqituvchining shaxsan ozi namuna bolishi, ayniqsa yoshlarga katta tasir korsatadi. Oquvchilar ozlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Ota-onalarning xulq-atvori kopincha bolalarda yaxshi sifatlarning, bazan esa yomon sifat-xislatlarning tarkib topishiga tasir korsatadi. Shuning uchun oqituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham ozlarini tuta bilishlari kerak. Kattalarning sozi bilan ishi, yurish-turish va xatti-harakatlarida tafovut bolmasligi kerak.
Ilgor kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan yorqin malumotlar, asarlardagi, kinofilmlardagi qahramonlar xatti-harakatlaridagi yaxshi namunalar bolalarning ongiga kuchli tasir qiladi. Namunadan xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan. Ota-bobolarimiz oz farzandlarini hamisha yaxshilardan, ulug kishilardan ibrat olishga undab kelganlar. Masalan: «Qush uyasida korganini qiladi». Bu oddiygina ibora zamirida qanchalik hikmat borligini hamam ham bilavermaydi. Bunga oxshash fikrlarni koplab keltirish mumkin. Bola rivojlanishining, ozligini belgilashning asosiy omili bu faoliyatdir. Faoliyat nuqtai nazaridan yondashish qoidasi maktab hayotining hamma jabhalarida talim-tarbiya jarayonlariga singib ketadi. Shu boisdan oilada, maktabda oquvchi faoliyatini maqsadli va ijobiy tomonlama yonalish berish lozim.