Tarbiya usullari va shakllari


Rag’batlantirish va jazolash usullari



Yüklə 36,55 Kb.
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü36,55 Kb.
#211407
1   2   3   4   5   6
Tarbiya usullari va shakllari

3. Rag’batlantirish va jazolash usullari.
O’quvchi bolalarni o’sib rivojlanishi, ularda ijobiy xulqiy odatlarni namoyon bo’lishi, topshiriq-vazifalarni yaxshi bajarganligi doimo o’qituvchi tarbiyachi muntazam rag’batlantirilib borilishi muhimdir. Aynan shundagina bola o’zining olg’a siljib borayotganini ko’ra biladi, o’z kuchiga ishonadi va o’zida yaxshi xislatlarni shakllantirishga harakat qiladi.
Rag’batlantirish o’quvchining ko’nglini ko’taradi, unga quvonch keltiradi, o’quvchini yanada yaxshiroqbo’lishga intilishiga yordam beradi. Rag’batlantirishning quyidagi turlari mavjud:
1. O’quvchining kuchi yetadigan, mas‘uliyatli topshiriq berish bilan bolaga ishonch bildirish;
2. Maqtash (ota-onalar, bolalar jamoasi oldida);
3. Esdalik sovg’alar berish;
4. Maqtov yorlig’i berish;
5. Stipendiya bilan taqdirlash (davlat stipendiyalari, ustama stipendiyalar);
6. Faolllar oynasiga fotosuratini qo’yish;
7. Mas‘uliyat va jamoaning minnatdorchiligi;
8. Musobaqalarda bayroq ko’tarish;
9. Gazetada, radioda e‘lon va h.k.
Har qanday rag’batlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qo’llanishi, ya‘ni rag’batlantirish haqiqiy xizmatga muvofiq bo’lishi, ketma-ket bulmasligi, haddan oshirib maqtash va boshqalarga taqqoslab ularni kamsitishga yo’l qo’yilmasligi kerak.
Jazolash – bu tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo o’quvchi-bola tarbiyasida qo’llanadigan oxirgi tarbiya usulidir. Jazo choralarini qo’llashda jismoniy jazo, urish, kaltaklash mumkin emas, bolani qo’rqitish va g’azablantirish ham yaxshi natija bermaydi, o’quvchi qo’rqqanidan yolg’on gapirishga o’rganadi, ikkiyuzlamachi bo’lib qoladi.
Tarbiyaning jazo usuli choralariga quyidagilar kiradi: tanbeh berish, ogohlantirsh, hayfsan berish, uyaltirish va jamoaviy jazolardir.
Tanbeh berish – eng yengil jazo chorasidir. O’qituvchi bolaga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo’yish ham mumkin.
Ogohlantirish – noma‘qul hatti-harakatlarning oldini olish uchun qo’llaniladi.
Hayfsan berish – agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, o’quvchi belgilangan intizomni buzaversa, salbiy holatlarni takrorlayversa, o’quvchining aybi qay darajada va uning intizomini qanday sharoitda buzganini e‘tiborga olib unga hayfsan e‘lon qilish mumkin.
Uyaltrish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus, sharm-hayodir. Odatda, odamda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo’lsa, avvalo o’zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo’ladi. Bolalarni tarbiyalashda ana shu hislarni ehtiyotkorlik bilan o’stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va qiziqtiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o’z o’rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin. Jazo yaxshi o’ylab qo’llanishi lozim, hamda qiziq ustida tinimsiz jazolash ham mumkin emas. Jamoada muhokama qilish va jamoa tomonidan qo’llab-quvvatlangan jazo berilsa, uning ta‘sir kuchi yanada oshadi. Umuman barcha hollarda ham jazo tarbiyalanuvchining jismoniy va ruhiy azob-uqubatlarga solmasligi, uni tahqirlamasligi, sha‘nini bukmasligi kerak. Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, tarbiyaviy jarayonda tarbiyachi barcha tarbiya usullaridan mohirona, o’z o’rnida va ularni bir-biri bilan mustahkam bog’langan holda olib borishi barkamol insonlarning kamolga yetishini kafolatlaydi.

Yüklə 36,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin