Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari


O’quvchilarning bilim sifatini oshirishda sinf rahbarining vazifalari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə20/55
tarix17.04.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#99111
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari

4.O’quvchilarning bilim sifatini oshirishda sinf rahbarining vazifalari
Sinf rahbari o‘quvchilarga puxta bilim berishga, ularning fikrlash qobiliyatini faollashtirishga hamisha g‘amxo‘rlik qilib boradi. Hatto o‘zlashtirishlari yuqori bo‘lgan sinflarda ham bola­larda ilmga bo’lgan qiziqish va muhabbatni o'stirishga, ta’lim sifatini oshirishga harakat qilishi zarur. Mustaqil respublikamizda xalq ta’limini demokratlashtirish, ta’lim mazmunini tako- millashtirish, ta’lim metodlarini faollashtirish borasida sermazmun ishlar qilinmoqda. O‘quvchilarni faol va ijodiy bilim olishga o‘rgatish maktab tajribasida muhim masala bo‘lib, bunda sinf rahbarining shaxsiga katta e’tibor berilmoqda. Shu o‘rinda o‘quvchilarning bilim sifatini oshirishda sinf rahbarining vazifasi ni­malardan iborat, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Bular:

  1. O‘quv mehnatiga ongli munosabatda bo‘lish va unga mas’uliyat bilan yondashish hissini tarbiyalash.

  2. Har narsani bilishga qiziqish va bilimga inuhabbat uyg‘otish.

  3. O‘quv mehnati madaniyatini oshirish.

  4. O‘quvchilarni o‘quv mehnatida muayyan rejaga amal qi­lishga o‘rgatish.

  5. Sinfda o‘qish jarayonida o'rtoqlariga yordam uyushtirish.

  6. Sinf o‘qituvchilari bilan harnkorlik va yaqindan aloqada bo’lish.

O‘quvchilarning o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish borasida sinf rahbari olib boradigan ishlar majmuasi quyidagilardan iborat:

  1. О‘quvchilarning о ‘quv mehnati ustidan tizimli nazorat olib borish. Sinf rahbari bolalarning olgan ballarini tartibli ravishda sinf jurnalida va kundaliklarda tekshirib turadi. Xulqi uchun baho qo‘yadi, darsga kechikib kelish va butunlay kelmay qo‘yish sabablarini o‘ziga belgilab oladi. Sinf rahbari o'quvchi bilan suhbat o‘tkazib, olgan yaxshi baholari uchun uni rag‘batlantiradi, kamchiliklarini ko‘rsatadi, tushuntiradi, tegishli maslahatlar beradi.

  2. Maktab o'quvchilariga о‘quv mehnatining ijtimoiy ahamiyatini tushunnrish. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish jarayonida o‘qish har kimning shaxsiy ishi emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ish ekanligi o‘quvchilarga tushuntirib beriladi. Mus­taqil O‘zbekiston davlati va uning fuqarolari maktab dargohida chuqur bilimli, hayotga har tomonlama tayyorlangan kishilar­ning yetishib chiqishini istaydi.


  3. Yüklə 1,67 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin