Tariq va sholi biologiyasi, etishtirish texnalogiasi



Yüklə 77,51 Kb.
səhifə3/6
tarix27.12.2023
ölçüsü77,51 Kb.
#199500
1   2   3   4   5   6
Tariq va sholi biologiyasi, etishtirish texnalogiasi.

2. Marjumakning axamiyati. Marjumak oziq ovqat sanoatida katta axamiyatga ega. Uning donida rutin moddasi bo`lgani uchun unga bo`lgan kiziqish yanada ortadi. Yormasining tarkibida 10% oqsil, 82% kraxmal, 3% yog, 0,3% kand, 2% kletchatka mavjud bo`lib yaxshi xazm bo`ladi, yuqori mazali ta`mga ega.
Marjumak oqsilining tarkibida xayot uchun kerakli aminokislotalar mavjud. Lizin - 7,8 %, argenin-12,7% mineral moddalardan fosfor, kalsiy, temir, mis shuningdek limon, olma kislotalar bor.
Marjumak tarkibidagi yog sifati ancha vaqt o`zgarmaydi, shu tufayli don uzok saklanadi.
Marjumakdan rutin (r vitamini) olinadi. Bronxit, arteroskleroz, gipertoniya va nur kasalliklarini davolashda gul va barglaridan choy damlab ichish tavsiya qilinadi. Changlari tarkibida rutin moddasi ko`p. Marjumak asal beruvchi o`simlik. Makbo`l sharoitda 70-80 kg ga asal tuplanishi mumkin. Unidan konditerlik sanoatida foydalaniiladi. Ko`pchilik o`simliklarga yaxshi utmishdosh xisoblanadi. Siderat sifatida xam ishlatiladi.
Takroriy ekin sifatida kuzgi don va silosbop ekinlardan bushagan yerlarga ekiladi. Somonida 0,60 oziqa birligi bor.
2.2. Tarixi, kelib chiqishi - marjumak ilk bor Xindistonning Ximolay toglarida dexqonchilikka kiritilgan.
Marjumak Tatariston, Boshkirdiston, Ukraina, Rossiyaning markaziy viloyatlarida va nokoratuproq zonada keng tarkalgan.
O`rta Osiyo mintakasida oz ekib kelingan. Uzbekiston tuproq iqlim sharoitlari marjumakni yetishtirsh mumkin.
2.3. Xosildorligi. Marjumakning xosildorlik imkoniyati ancha yuqori. 1987 yilda 230 gektardan O`rtacha 19,7 s. don, tula viloyatning xo`jaliklarining birida 145 gadan O`rtacha 26,5 s don, Kozogistonning sharkiy tumanlarida 2,5 ming gektardan 14,9 s. don xosili yetishtirilgan.
Uzbekiston sharoitida takroriy ekin sifatida ekilganda 15-25s don xosili olingan.
2.4. Sistematikasi. Marjumak marjumakdoshlar-Poligonaceae oilasiga mansub, bo`lib 40 ta turni uz ichiga oladi va 900 dan ortik tur xillarini birlashtiradi.Ulardan eng ko`p tarkalgan madaniy, yovvoyi va Xitoy marjumagidir.
Oddiy marjumak yoki madaniy marjumak,-F.esculentum Moench,-balandligi 50-150 sm. bo`lgan bir yillik o`simlik. Poyasi shoxlangan, yalangoch, silindrsimon, tirsakli yoki buginli, kizgish yashil rangda, bugin oraligi bush, buginlari parenxima bilan tulgan. Barglari yuraksimon-uchburchakli yoki uksimon, pastkilari uzun-bandsimon, yuqorisi esa utirib kolgan. Barglarida bandning asosida poyani urab oladi. Gullari ikki jinsli va uzun gulbandlariga joylashgan bo`lib popuk xolatida yigilgan. Guloldi 5 ga bo`lingan ok, ochkizgish, kizgish yoki kizil. Otaligi 8 ta, 8 ta nektarnik bilan gallanadi, onaligi uchta ustunchasi bor. Mevasi uch kirrali yongoksimon sillik kirraralari bilan va butun kovurgasimon, jigar rang, kora yoki kul rang. Mevaning yirikligi o`zgaruvchan. 1000 dona urugning vazni 5 dan 30 grammgacha. Bu tur asosan yorma, un va parrandalarga oziqa uchun ekiladi.

Yüklə 77,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin