2.5. Biologik xususiyatlari. Rivojlanish davrlari.
Butun amal davri 60-90 kun mobaynida marjumakda 7 ta rivojlanish davrlari kuzatiladi-unib chiqish, birinchi bargning paydo bo`lishi, shoxlanishi, shonalash va gullash, mevani shakllanishi va pishishi.
1. Unib chiqish. Maysalanish Tuproqda nam yetarli bo`lgan takdirda urug bo`ladi, unda o`sish jarayonlari aktivlashadi.Birinchi bo`lib kO`rtak ildizcha o`sa boshlaydi. Bu urug ekilgandan keyin 2-4 kunlari kuzatiladi, bu agar tuproqning namligi 50-60% (tula nam sigimiga nisbatan) xavo xarorati 20-22°S bo`lgan takdirdagina.
Xarorat biroz kutarilganda esa bu jarayon tezlashadi. Urugning unib chiqishi uchun makbo`l yoki mu`tadil xarorat 20-30°S pasti-8,0-10,0 0S, eng yuqorisi esa-38-40°S.
2. Birinchi xaqiqiy bargning rivojlanishi. Unib chikkan maysaning yuqori kO`rtagidan urug palla oyoklarining birikkan joyida joylashganda 5-7 kundan keyin katta ulchamga ega bo`lmagan birinchi barg paydo bo`ladi, 3-5 kundan keyin esa ikqinchi barg, keyin 3,4 va xakoza.
3. Shoxlanish. Maysalanishdan 8-10 kun utgandan keyin 2 chin bargi rivojlanadi va shu barg kultigida yon shoxlarning kO`rtagi shakllanadi. Bir vaqtning uzida birinchi bargning kultik kO`rtagidan birinchi tartibli shox paydo bo`ladi, keyin ikqinchi tartibli shoxlar xosil bo`la boshlaydi va keyingilari xam shunday davom etadi. Bu davrda gulning qismlari rivojlana boshlaydi.
4. Shonalash.Maysalar paydo bo`lgandan 10-17 kundan keyin shoxlanish bilan birga shonalash boshlanadi, bu xosilni yigishtirib olgunga kadar davom etishi mumkin.
5.Gullash. Maysalanishdan 18-28 kun utgandan keyin kuzatiladi. Gulning ochilishi 6-8 dakika davomida bo`lib utadi, ertalab soat 6 dan 10 ga kadar davom etadi. Sovuk xavoda gullash seqinlashadi, issiq, kuruk xavoda tezlashadi. Pastdan yuqoriga qarab gullaydi, popukdan Qanday gullasa butun o`simlik bo`yicha xam shunday gullaydi. Bir gulto`plamning guli 15-25 kun davomida gullaydi. Umuman marjumak ekilgandan keyin gullashni boshlaydi va 30-60 kun davom etadi. Gullash davrida nektarniklarning shakllanishi sodir bo`ladi, ular otaliklar oraliklarida joylashgan, chetdan changlanadi.