tu-
gunli õàti
» (kiðu) bo‘lib, uning sir
-
làri fàqàt ruhîniylàrgà ma’lum edi.
Inklàrning màtåmàtikà, àstrî
nî-
miya, gåîgràfiya, tibbi
yot, bîtànikà
và bîshqà ilm-fàn sîhà
làridà chuqur bilimlàri bo‘lgàn.
Ulàrning àniq tàqvimi 12 îygà bo‘lingàn. Tàbiblàr insîn-
ning bîsh suyagidà jàrrîhlik muîlàjàlàrini àmàlgà îshirish-
ni bilgànlàr.
Afrika xalqlari madaniyati.
Afrika xalqla
rida avlod-
dan-avlodga o‘tib kelgan ajoyib afsona va ertaklar ko‘p
bo‘l
gan. Ular qimmatli tarixiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Afrika xalqlari ichida o‘z yozuviga ega bo‘lganlari ham
bor edi. Jumladan, Aksumda IV asrdayoq mahalliy yozuv
islohoti o‘tkaziladi. Bu alifbo Efiopiyada hozirgi kunga
qadar saq
lanib qolgan. Aksumda quri
lish sohasida, ayniqsa,
katta yutuqlarga erishilgan. Bu davrda qurilgan saroylar,
127-rasm.
Kiðu –
tugunli xat
154
V BOB. OSIYO, AMERIKA VA AFRIKA XALQLARI
xristian ibodatxo
nalari va yer
osti daxmalari bugunga qadar
saqlanib qolgan.
G‘arbiy Sudan xalqlari madani-
yati
ning yuksak taraqqi
yotida arab-
larning ta’siri kattadir. Islom dini
qabul qilinganidan keyin bu yer-
larda arab mamlakatlaridan kelgan
usta va me’morlar masjidlar, saroy-
lar, qasr
lar, jamoat binolari, kasal-
xonalar, hammom, istirohat bog‘lari
quradilar. Musulmon maktab va
madrasalari ochiladi. Jumladan,
Tombuktu mad
rasasida ilohiyotdan
tashqari tarix, fiqh, matematika,
astronomiya kabi fanlar o‘qitilardi.
Afrikaliklar san’atning turli soha-
larida katta muvaffaqiyatlarga erish-
ganlar. Yog‘och va jezdan yasalgan
haykallar va niqoblar nafisligi bilan
odamlarni hozirgi kungacha hayrat-
lantirib kelmoqda. Benindagi shoh
saroyidan jezdan ishlangan podsho va a’yonlarning bo‘rt-
ma rasmlari topilgan. Ularda ov va urushlar, shu
ningdek,
saroy hayoti sahnalari aks ettirilgan.
Afrika xalqlarining o‘rta asrlardagi taraqqiyoti Osiyo
va Yev
ropa davlatlaridagiga nisbatan birmuncha orqada
bo‘lishiga qaramasdan aholi xo‘jalikda muvaffaqiyatlarga
erishib, o‘ziga xos moddiy va ma’naviy madaniyat yaratdi.
1. Usmonli turklar madaniyatidan nimalarni eslab
qoldingiz?
2. Koreya madaniyatiga oid asosiy yutuqlarni sanab
o‘ting.
3. Amerikaning qaysi tub xalqi piktografiya yozuvi-
ni yaratgan, yana qanday yozuvlarni bilasiz?
4. Maorifdagi o‘ziga xosliklar nimalarda aks etgan?
5. Afrika xalqlari madaniyati haqida so‘zlab bering.
128-rasm.
Benindagi
shoh saroyida jezdan
ishlangan jangchi
nog‘orachi
|