24
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
Yangi bosqin.
Norvegiya yoki Daniya sohilidan chiqqan
kema Britaniya orollariga bir necha kun ichida suzib bor-
gan. Zamondoshlarining yozishicha, shu sababdan daniya-
liklar har yili hujum qilib Angliya
xalqining mol-mulkini
talagan.
Xattotlik san’ati markazlari bo‘lgan Irland monastirlari
normannlar tomonidan yondirilgan.
Ichki nizolardan zaiflashgan angl-saks qirolliklari isti-
lochilarni qaytara olmagan. Oqibatda, normannlar 842-yil-
da
London
ni bosib olib, talaydilar va yondirib yuboradilar.
Keyinchalik, daniyaliklar talonchilik hujumlaridan so‘ng
vatanlariga qaytmasdan Angliyada bosib olgan yerlarida
qishlab qoladigan bo‘ladilar.
Deyarli barcha angl-saks qirolliklari daniyaliklar to-
monidan bo‘y
sundiriladi. Qarshilikni faqat
Uesseks qirolligi
davom ettiradi.
Qirol Buyuk Alfred.
Buyuk Alfred (871—900) Uesseks-
da taxtga kelguniga qadar daniyaliklarni hech kim
to‘xtatishga qodir bo‘lmagan. Buyuk Alfred butun Ang-
liyadan bosqinchilarni jazolash orzusidagi jangchilarni
yig‘adi. U bu qo‘shin bilan daniyaliklarni bir necha bor
mag‘lub etadi.
Alfred 879-yilda daniyaliklar
bilan tinchlik sulhini tu-
zadi. Unga binoan, butun orol ikki
qismga bo‘linib: janubiy hudud-
lar Alfredga, shimoliy hududlar
esa daniyaliklarga beriladi.
Chegara
London va Chechter oralig‘idagi
qa
dimgi rimliklar qurdirgan tosh
yo‘l bo‘ylab o‘tadi. Skandinavlar-
ga qoldirilgan yerlar
Denlo
nomini
oladi.
Alfred tinchlik sulhidan yangi
kuchli qo‘shin tuzish uchun foy-
dalandi. Ma’lumki, avvallari dush-
man xavfi tug‘ilganida
xalq lash-
kari to‘planardi. Endi har beshta
angl-saks oltinchisini boqishi va
16-rasm.
Vikinglarning
irland monastiriga hujumi
25
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
qurollantirishi majburiy etib qo‘yiladi. Natijada tinimsiz
urushlar davrida qishloqning ko‘pchilik aholisi o‘z
ishidan
ajratilmagan. Yangi qoidaga binoan, besh kishi oltinchisini
dubulg‘a, qilich va jang boltasi bilan ta’minlab,
viking
dan
kam qurollantirmagan. Qolaversa, ushbu ol
tinchi kishi do-
imo mashq qili
shi, jangga tayyorlanishi shart edi. Uning
uchun qolgan beshta qo‘shnisining ishlashi oilasi haqida
o‘ylamasligi uchun ham imkon beradi.
Shu tariqa son
jihatidan qisqargan Alferd qo‘shini sifati bo‘yicha avvalgi-
ga nisbatan sezilarli kuchayadi. Yangi qo‘shinning paydo
bo‘lishi bilan jamiyatda ham muhim o‘zgarishlar bo‘ladi.
Jamiyatda professional ziroat
chilardan tashqari jangchilar
toifasi vujudga keladi.
Alfred daniyaliklar qal’alarni qamal qilishni uncha-
lik xush ko‘rmasligini anglab, o‘z mulklari chegaralarida
ko‘plab qal’alar –
burg
lar barpo ettiradi.
Qirol kema
yasay
digan ustalarni topib, daniyaliklarnikidan qolishmay-
digan kemalarni yasattiradi.
Qirol Alfred faqat qo‘shin bilan shug‘ullanmagan.
U o‘z davrining ma’lumotli kishisi bo‘lgan. Uesseksda
esa daniyaliklar hujumlaridan keyin lotin tilini biladigan
odam
lar deyarli qolmagan edi.
U eski angl-saks qonunlarini yozishni va Angliya tari-
xiga oid ma’lumotlar to‘plashni buyuradi.
Buyuk Alfred
davrida «
Dostları ilə paylaş: