26
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
nizolardan batamom holsizlangandi. Daniya qiroli XI asr
boshida ingliz sohiliga o‘z qo‘shinini tushiradi. Urush
uzoq cho‘zilmaydi, faqat London shahri dani
ya
liklarga
ma’lum vaqt qarshilik ko‘rsatib turadi.
1. Britaniyaga qaysi german qabilalari kelib o‘rna-
shadi?
2. Amvrosiy Avrelian haqida nimalarni bilib
oldingiz?
3. German qabilalari istilolari qanday oqibatlarga
olib keldi?
4. Siz qirol Alfred faoliyatiga qanday baho bera-
siz?
5-§. MUQADDAS RIM IMPERIYASI
Xalqlarning buyuk ko‘chishlari davrida german qabi-
lalari G‘arbiy Yevropa bo‘ylab joylashib, qabila harbiy
sarkardalari yurtlaridan uzoq o‘lkalarda davlatlar tuzishgan
va ularga qirollik qilishgan. Lekin Germaniyaning o‘zida
kuchli mustaqil qirollik nisbatan
kech vujudga kelgan.
Yangi qirollik.
Franklar imperi-
yasi 843-yilda uchga bo‘linib ket-
ganida, dastlab ularning hammasini
Buyuk Karl
ning avlodlari boshqar-
gan. Lekin 919-yili Sharqiy Frank
qirolligida (bo‘lajak Germaniya)
mahalliy zodagonlar knyaz
lardan
eng qudratlisi bo‘lgan Saksoniya
gersogi
Genrix
ni qirollikka saylay-
dilar. Natijada, franklarning karo-
linglar sulolasi o‘rniga mahalliy
saksoniyaliklar sulolasi hoki
myatga
keladi. Shu tariqa yangi davlat –
Germaniya qirolligi vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: