28
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
hech qachon to‘liq bo‘ysunmagan. Shunga qaramasdan,
har bir german qiroli taxtga kel
ganidan so‘ng o‘z qo‘shi-
ni bilan Alp tog‘lari orqali Italiya
ga yurish qilib, Rimda
imperatorlik tojini kiyardi.
German imperatorlari o‘z
davlatlarini qa
dimgi Rim-
ning davomchisi deb hisoblaganlar. Zamondoshlari «dun-
yo mo‘
jizasi» deb nomlagan Otton I ning nabirasi
Ot ton
III
Rimni ulkan davlatning poytaxtiga aylantirish orzusida
bo‘lgan. U butun xristian dunyosi Rim impera
tori hukmi-
da birlashishi lozim deb hisoblagan. Tabiiyki,
butun dunyo
xristian imperiyasi haqidagi orzularning amalga oshi
shi
mushkul ish edi. Shunga qaramasdan, german mo
narx
lari
o‘z davlatlarini
Rim impe riya si
,
keyinroq
Muqaddas Rim
imperiyasi
deb atashda davom etadilar. Bu davlat uzoq
asrlar davomida hukm surgan.
Muqaddas Rim imperiyasi 962-yildan 1806-yil-
gacha hukm surgan. Xristian katolik cherkovi
homiyligida bo‘lgani uchun unga «muqaddas»
nomi berilgan.
German imperatorlari va cherkov.
Yirik mamlakatni
boshqarish uchun joylarda qirolning buyruqlarini baja-
radigan amaldorlar bo‘lishi lozim edi. Ilk o‘rta asrlarda
esa faqat taraqqiy etgan
va boy jamiyatgina minglab
amaldorlarni ta’minlashi mumkin bo‘lgan. X asrda Ger-
maniya aholisi imperatorga nisbatan o‘z gersoglarining
gapiga ko‘proq quloq solgan. Bunday vaziyatda Otton I va
uning vorislari o‘ziga xos usul qo‘llaganlar. Ular cherkov
tashkilotlaridan o‘z maq
sadlarida foydalanishgan. Tarixdan
ma’lumki, frank qirollari davridayoq
yepiskoplar ularning
ishonchli xizmatchisi hisoblangan. Otton I bu borada
yanada ilgarilab ketadi. U Germaniyadagi yepiskop va
abbatlarga yer-mulk, boyliklardan tashqari ko‘plab huquq
va imtiyozlar beradi. Natijada cher
kov zodagonlari o‘z
imkoniyatlari, hokimyatlari bo‘yicha gersog va graflardan
kam bo‘lmagan. Ular har
qanday kishini hukmdor iro-
29
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
dasiga bo‘y
sundirishga qodir edilar.
Imperatorning o‘zi esa kerakli odam-
ni cherkov lavozimiga tayinlagan,
zarur bo‘lsa yepiskoplarni va hatto,
Rim papalarini hech qiyinchiliksiz
almashtirgan. Xususan, Otton
I Rim-
da ko‘plab yepiskoplar ishtirokida
o‘zi yoqtirmagan papalardan birining
ustidan sud jarayonini uyushtirib,
uni tahqirli holatda vazifasidan chet-
latgan. Uning vorisi Otton III esa
o‘zining
ustozi
Dostları ilə paylaş: