31
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
yarog‘
lar-u
idishlar, cherkov anjomlari-yu turli buyumlarni
olib borishgan. Vizantiya oltin puli (
numisma
) ko‘p asrlar
davomida eng ishonchli xalqaro pul hisoblangan.
Vasilevs hokimiyati.
Vizantiya imperiyasini
vasilevs
(yunoncha, podsho) boshqargan. Vasilevsga ko‘p son-
li sud, harbiy va soliq muassasalari,
davlat amal
dorlari,
shuning
dek, maslahat organiga aylangan
sinklit
(lotincha,
senat) bo‘ysungan. Vizantiyada amaldor va senatorlar faqat
zodagonlardan bo‘lmagan. Iqtidorli va bilimli oddiy xalq
farzandlari ham yuqori lavozimlarga
erishishi mumkin
edi. Ulardan hatto imperatorlar ham chiqqan. Bu holat
romeylarni umuman ajablantirmagan. Sababi, ular qadimgi
rimliklar singari imperiyaning barcha fuqarolari tug‘ilishi-
dan teng huquqli, deb hisoblashgan.
Vizantiya hayotida ellinizm.
Vi-
zantiya hayotida ko‘p
narsalar
an’anaviy tusda qolgan. Vizanti-
yaliklar hayotida ellin madaniyati
mustahkam o‘rin olgan. Ippodrom-
larda
xalq avvalgidek chavandoz
lar,
ku
rashchilar, gimnastlar musobaqa-
lari, mim lar (ak tyor lar) chiqishlarini
tomosha qilganlar. Shahar aholisi
ilgarigidek ma’
muriyatdan maosh
oladigan tabiblarda davolanishgan,
jamoa
hammomlariga borib tu-
rishgan. Eng muhimi, Vizantiya antik davr yunon ilmini
saqlab qolgan.
Boshlang‘ich va o‘rta maktab
larning ko‘pchiligi G‘arbiy
Yevropadagi cherkov va monastir o‘quv
muassasalaridan
farqliroq, xususiy yoki davlatniki bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: