Tarix fakulteti j ahon tarixi kafedrasi maxsus tarix fanlari



Yüklə 2,75 Mb.
səhifə20/35
tarix14.12.2023
ölçüsü2,75 Mb.
#178325
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Maxsus tarix fanlari UMK 1-kurs 2-semistr (1)

Mavzuga oid savollar;

  1. Kalendar islohotiga qanday sabablar bo’ladi?

  2. Era va uning qanday turlari mavjud?

  3. Hijriy-qamariy hil hisobini ta’riflab bering?

  4. Hijriy-shamsiy yil hisobini tushuntirib bering?



9-mavzu: Grigory kalendarining qabul qilinshi
Reja:
1. Yulian kalendaridagi kamchiliklar.
2. Rim papasi Grigoriy XIII ning kalendar islohoti.
3. Grigoriy kalendarining umumevropa kalendari sifatida qabul
qilinishi.
Tayanch so’zlar;
Yulian kalendari, Papa Grigory XIII, kalendarlar, islohotlar, sobor, N.Kopernik, Xristianlik, kamchiliklar, zamonaviy kalendarlar.


9.1 Yulian kalendaridagi kamchiliklar. 325-yilda Nikey soborida Yulian kalendari yagona xristian kalendari sifatida qabul qilindi va ular 21-martni bahorgi tengkunlik kuniga mos keltirdik deb, o‘yladilar. Xristianlarda diniy pasxa bayramini o’tkazishda buning ahamiyati katta edi. Ular bir necha asrdan so‘ng haqiqiy bahorgi tengkunlik nuqtasi kalendarga to'g‘ri kelmay qolganligini sezib qoldilar. XVI asrning ikkinchi yanniga kelib, bu farq 10 kunga yetdi, ya’ni bahorgi tengkunlik nuqtasi 21-mart emas, 11-martga to‘g‘ri kelib qoldi. Bu cherkovni tashvishga solib qoNdi. ya’ni pasxa bavrami borgan sari yozga surila boshladi. bu esa Nikey sobori qaroriga zid edi. Pasxa bay rami 21-martdan keyingi to'linoydan so'ng birinchi yakshanbada nishonlanishi kerak edi. Yulian kalendaridagi kamchiliklarni 1324- vilda Vizantiyalik olim Nikifor Grigora aniqladi va bunga imperator Andronika II diqqatini qaratdi. Lekin imperator kalendarni isloh qilishga ruxsat bermadi. Yulian kalendaridagi kamchiliklarni XVI asrning birinchi yarmida Vizantiyada yashovchi olim Matvey Vlastar ham ta’kidladi. 1373-yilda Vizantiyalik olim Isaak Argir kalendarni isloh qilish zarurligini asoslab berdi. Yulian kalendarini qaytadan isloh qilish zaruratini katolik cherkovi vakillari ham ta’kidladilar. Bu fikrni Kliment VI ham qo'llab quvvatladi. 1414-yilning martida kardinal Pe d’Ali tashabbbusi bilan kalendar masalasi muhokama qilindi. 1437-yilda bu masala Bazzel soborida ko‘rib chiqildi. Unda uyg‘onish davrining faylasuf olimi Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) o'zining loyihasi bilan tanishtiradi. 1457-yili papa Sikst VI kalendarni isloh qilish va pasxa hisobini to‘g‘rilashga tayyorgarlikni boshlab yuboradi. Shu maqsadda papa Rimga yetakchi nemis astronomi va matematigi Regiomont (1436— 1476)ni taklif qildi. Lekin olimning bevaqt o'limi tufayli papa bu ishni keyinga surishga majbur boiadi. XVI asrda kalendar masalasi bilan Lateran (1512-1517) va Triden (1545-1563) soborlari shug'ullanadi. 1514-yilda Lateran sobori kalendar islohoti bo'yicha maxsus komissiya tuzadi va Yevropada mashhur bo‘lgan astronom Nikolay Kopernik (1473—1543)ni Rimga taklif qiladi. Nikolay Kopernik o’sha davrda tropik yilining uzunligi aniqlanmagani uchun komissiya tarkibida ishtirok etishdan bosh tortadi.
9.2 Rim papasi Grigoriy XIII ning kalendar islohoti. XVI asr o‘rtalariga kelib, kalendarni isloh qilish masalasi kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib qoldi. 1582-yilda Rim papasi Grigoriy XIII maxsus komissiya tuzdi, uning tarkibida Balon universiteti professori astronom va matematik Ignatiy Danti (1536-1586) ham bor edi. Bu komissiyaga yangi kalendar loyihasini tuzish vazifasi topshiriladi. Komissiya taqdim etilgan barcha kalendar loyihalarini ko'rib chiqib, italiyalik matematik va vrach Aloiziy Luiji Lilio (1520-1576) loyihasinima’qul topdi. Luiji Lilio Perudji shahridagi universitetda meditsinadan dars bergan. Ushbu kalendar loyihasini uning o‘limidan so“ng ukasi Antonio Luiji nashr qiladi. Kalendar loyihasi papa Grigoriy XIII tomonidan qabul qilinadi va kunni 10 kun oldinga surishga farmon beradi. Qabul qilingan loyihadagi tuzatishlar quyidagicha edi:
1. 1582-yil 4-oktabr payshanba kunining ertasi 5-oktabr emas. Balki 15-oktabr juma kuni hisoblanadi. Bu bilan yuqoridagi 10 sutka xato tuzatilib, bahorgi tengkunlik 21-martga to‘g"ri ke ldi.
2. Kelgusida yana shunday xato yigdlmasligi uchun 400 yilda 3 sutka kam hisoblanishi kerak, buning uchun Yulian kalendarida 400 yilda 100 ta kabisa yili o'rniga 97 ta kabisa yili hisoblanadi. Yulian kalendarida asrni ifodalaydigan raqamlarning to‘rtga bo'linmaydiganlarini kabisa yili emas. balki oddiy yil hisoblashga qaror qilindi. Masalan, 1600. 1700, 1800, 1900, 2000, 2100, 2200, 2300, 2400 yillar Yulian kalendarida kabisa yillari. yangi hisob Grigoriy kalendarida esa faqat 1600, 2000, 2400 yillari kabisa yillari, qolganlari oddiy yil, chunki 17, 18, 29, 21, 22, 23 sonlari to‘rtga bo'linganda qoldiq qoladi.
Grigoriy kalendarida yilning davomiyligi 365.242500 sutkani tashkil etib, tropik yilga qaraganda har yili 26 sekundga ortib boradi va salkam 3300 yilda bu bir kunni tashkil qiladi. Grigoriy kalendaridagi xatoning qiymatini aniqlash uchun dastlab kalendar yilining uzunligini aniqlashimiz kerak bo'ladi. Har 400 yilning 303 yili 365 kundan, 97 yili esa 366 kundan iborat. Demak. to'rt asrda
303·365 + 97•366 = 110595 + 35502 = 146097;
uni 400 ga boiamiz:
146097:400 = 365,242500.
Demak, Grigoriy kalendari tropik yildan 0,000305 sutka ortiq. Bu esa 3280 yildagi xato bir sutka demakdir. Grigoriy kalendarini vanada aniq qilish mumkin. Buning uchun 4000 yilda bir marta kabisa yili kamaytiriladi. Natijada 4000 yilda 1,22 sutka farq paydo bo‘ladi. Grigoriy kalendarida Yulian kalendariga nisbatan kabisa yillarini hisoblash murakkab. Har ikkala vaqt oralig‘idagi farqni hisoblashga kelsak, isloh qilingan vaqtida farq 10 sutka bo‘lsa, 1700-yilning 29- fevralidan boshlab. bu farq 11 sutka bo’ladi, 1800-yilning 29-fevralidan boshlab esa 12 sutka, 1900-yilning 29-fevralidan boshlab, 13 sutkaga etdi. 2000-yilda har ikkala hisobda ham kabisa yili bo‘lganligidan 13 sutka farq 2100-yilning 29-fevraligacha o‘zgarmay qoladi, undan so‘ng 14 sutka bo'ladi. 1973-yilda butun dunyoda Kopernikning 500 yillik yubileyi nishonlandi. Uning eski hisob bo'yicha 1473-yil 19-fevralda tug‘ilgani ma’lum. Lekin bizning bugungi kunda Grigoriy kalendarini ishlatayotganimiz tufayli uni shu hisobga aylantirish zarur. Buni qanday hisoblaymiz? XVI asrda ikki kalendar orasidagi farq 10 kun bo'lgan va bu bugungacha davom etgan. Bunda 325-yilda Nikey soborida Yulian kalendarining qabul qilinganda bahorgi tengkunlik 21-martga to‘g‘ri kelganligini ham unutmasligimiz kerak. Ikki kalendar o'rtasidagi farqni 1-mart 1700-yildan quyidagi jadvaldan bilishimiz mumkin:




Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin