5
Charxpalak metodidagi ushbu sxemada 9 yoki 10 kishidan iborat guruh
doskaga chiqib, mavzu doirasidagi xudolar va ular to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.
Bu mavzu doirasidagi Misr xudolari haqidagi ma’lumotlarni batafsil va
tezroq
o‘rganishga, kamroq vaqt sarflashga imkon beradi. Mavzu doirasida o‘quvchilar
tomonidan berilgan xato ma’lumotlar o‘qituvchi tomonidan tuzatib ketiladi.
Bu metodni rasmlar ko‘rinishida ham ifoda etib o‘quvchilarning mavzu
doirasidagi rasmlarda qaysi Misr xudosi aks etganligi va u to‘g‘risidagi
fikrlarini
bilish mumkin. Ushbu metodni qulaylik tomoni shundaki, O‘qituvchi
tomonidan
yangi mavzu bayoni tushuntirilgandan so‘ng bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga
Misr xudolari haqidagi tarqatma qog‘ozlarni jadvalda aks etgan xudolarni to‘g‘risiga
quyishni amalga oshirish mumkin. Bu o‘quvchining mavzu doirasida olgan bilimlari
va mustaqil fikrlashi qanchalik darajada ekanligini bilish imkonini beradi.
Afzalligi:
Mavzuni kichik guruhlarda tez o‘zlashtirishga, vaqtdan unumli
foydalanishga, mustaqil
va tanqidiy fikrlashga, bir-birini fikrini hurmat qilishga
o‘rgatadi.
6
Kamchiliklari:
Agar ishtirokchilardan
biri ushbu mavzuga yaxshi
tayyorlanmagan bo‘lsa, yoki o‘qituvchi tomonidan yangi mavzu bayoni to‘liq bayon
etilmasa butun jarayonni to‘xtatib quyishi mumkin.
“
PIRAMIDA
” o’yini metodi
Piramida o‘yini metodida biror bir mavzuni mustahkamlash jarayonida
o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmasini, mavzu doirasidagi mustaqil fikrlarini, to‘g‘ri
tahlil qila olish qobiliyatlarini shakllantirish mumkin. O‘qituvchi
yangi mavzu
doirasidagi bilimlarni mutahkamlashda o‘quvchilarga tarqatma materiallarni
tarqatadi va doskaga piramida rasmini chizadi yoki ko‘rgazmani ildiradi. Tarqatma
materiallarda biror tarixiy shaxslar yoki atamalar bo‘ladi. O‘qituvchi tomonidan
mavzu doirasidagi fikrlar o‘qilganda o‘quvchilar navbat bilan qo‘lidagi
tarqatma
shaxs va atamalarni piramidaga ildirishi kerak. Bu metoddan guruhlarga bo‘linib,
yoki, yakka tartibda o‘quvchilar bilimini baholash mumkin.
Dostları ilə paylaş: