Tarjimon: Shahnoza Qahhorova



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/65
tarix22.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#146901
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65
Ishqqa oid qirq qoida [@kitoblar pdf]

 
Kirim foydasidan kech, nari qoch undan! 
Aslo Haqdan kechma zaqqum ichsang ham! 
Haq izlashdan tolma, xatardan qochma! 
Shonni unutgin-u, vijdondan kechma! 
Zero, Xudo har kuni, har daqiqa bizdan «Seni 
dunyoga yuborayotib, nimaga kelishganimiz 
esingdami? Mening yashirin xazinamni kashf 
etishday vazifangni anglab yetdingmi?» deya 
so'rab turadi. Odatda biz bu savollarga javob 
berishga tayyor bo'lmaymiz. Va bu bizni 
qo'rqitadi. Lekin Xudo sabr qilguvchi 
(Sobir)dir. U takror va takror bu savollarini 
bizga beraveradi. 
Agar qalbimdagi bu azoblar sinovning bir 
qismi bo'lsa, u holda bular nihoyasi mening 
yagona tilagim - Shamsni topishdir. 
Kitoblarim, masjiddagi xizmatlarim, oilam, 
farovon hayotim, nomim va shonim - hamma-
hammasini uni bir bora ko'rish uchun berishga 


tayyorman. 
Tunov kuni Kira, o'zim istamagan holda, 
shoirga aylanayotganimni aytdi. Ilgarilari 
she'riyatni qadrlamaganimni bo'ynimga 
olaman, lekin uning bu gapi hozir meni hayron 
qilmadi. Boshqa vaqt bo'lganida, balki e'tiroz 
bildirgan bo'lardim, endi esa - yo'q. 
G'ayriixtiyoriy ravishda tilimdan she'riy 
misralar otilib chiqayapti, uni eshitgan har 
qanday odam meni chindan ham shoirga 
aylanayapti, deb o'ylaydi. Lekin, to'g'risini 
aytsam: bu she'rlar meniki emas. Men faqat 
kimdir tilimga joylayotgan so'zlarni uzatish 
vositasi bo'layapman, xolos. Men she'rlarni 
qog'ozga tushirayotgan qalam kabiman yoki 
bastalangan kuyga ovoz bergan nay kabiman, 
o'z vazifamni bajarayapman, xolos. 
O, Tabrizning mo'jizaviy quyoshi! 
Qayerdasan? 


Shams 
1247 yil, aprelь, Damashq.
Damashqda bahor. Sulton Valad meni izlab 
topganida Konyadan ketganimga o'n oy bo'lgan 
edi. Frantsisk ismli xristian-tarkidunyochi bilan 
tiniq moviy osmon ostida shaxmat o'ynab 
o'tirgan edik. Fransisk mo'minlikka erishgan, 
ichki muvozanati mustahkam inson. Islomda 
ichki sokinlik mo'minlikdan kelib chiqishi 
nazarda tutilgani uchun, mening nazdimda, 
Fransisk o'zini musulmon deb hamma yoqqa 
jar soladigan ba'zi birovlardan ortiqroq 
musulmon edi. Qirqinchi qoida bu borada 
shunday deydi: «Mo'min degani zaiflik yoki 
itoatkorlik degani emas. U fatalizm yoki 
beixtiyor bo'ysunuvchanlikka ham olib 
kelmaydi. Aksincha. Mo'minlikda inson ichki 
dunyosida o'sib unadigan haqiqiy kuch mavjud 
bo'ladi. Tabiatning muqaddas mohiyati oldida 
mo'minlikni kasb etgan odam, hatto butun 
olam alg'ov-dalg'ov bo'lib ketganda ham, 
vazmin, sokinlikda va isyon ko'tarmay 


yashaydi». 
Men farzin bilan yurish qilib, Fransiskning 
qiroliga taxdid qildim, u esa shartta filning 
o’rnini almashtirdi. Men yutqazsam kerak deb 
o'ylab, boshimni ko'targan edim, ko'zim Sulton 
Valadning ko'zi bilan to'qnashdi. 
- Seni ko'rganimdan xursandman, - dedim men. 
Demak, harna, meni qidirib topishga qaror 
qilibsan-da. 
Sulton Valad istehzoli jilmaydi, keyin 
jiddiylashdi: uning ichida kechgan kurashni 
men bilganimdan hayron edi u. Lekin vijdoni 
toza bo'lgani uchun to'g'risini tan oldi. 
- Bir muncha muddat sizni izlash o'rniga 
xdmma yoqda sandiroqlab yurdim. Lekin keyin 
otamning oldiga sizsiz bora olmasligimni 
tushundim. Keyin Damashqqa keldim va 
izladim. Sizni topish uncha oson bo'lmadi. 
- Sen yaxshi insonsan va yaxshi o'g'ilsan,- 
dedim men. - Yaqin orada sen otangga juda 
yaxshi suhbatdosh bo'lishing mumkin. 
Sulton Valad xayolchan bosh chayqadi: 


- Unga faqat siz keraksiz. Ketdik Konyaga. Siz 
otamga keraksiz. 
Buni eshitgach, miyamdan turli fikrlar o'tdi, 
lekin ulardan birontasi aniq emas edi. Nafsim 
odamlar meni sira ko'rishni istamaydigan joyga 
qaytish haqidagi bu taklifga qo'rquv 
bildirayotgan edi. 
«Unga quloq solma. Sen o'z burchingni ado 
etib bo'lding. Konyaga qaytishing kerak emas. 
Bobo Zamon aytgan gapni esla. Bu juda 
xatarli. Agar Konyaga qaytsang, u yerdan 
boshqa keta olmaysan». 
Men dunyo kezishni, turli odamlar bilan 
uchrashishni, turli shaharlarni ko'rishni yaxshi 
ko'raman. Menga Damashq yoqardi, kelgusi 
qishgacha shu yerda qolishni istardim. Yangi 
joylar odatda odamda yolg'izlik hissini 
uyg'otadi, hijron azobiga soladi. Lekin Xudo 
men bilan birga ekani uchun, men o'zimni 
yolg'iz his etmas edim. 
Lekin har holda... Har holda yuragim Konyada 
qolganini his etar edim. Rumiyni shunchalik 


sog'inar edimki, hatto ismini aytish ham 
yuragimga og'riq berardi. Hamon yonimda 
Rumiy yo'q ekan, qaysi shaharda 
yashashimning nima farqi bor? 
Men farzinni yurdim, bu men uchun xavfli 
ekanini tushungan Frantsisk ko'zlarini katta 
ochdi. Ammo shaxmatdan farqli o'laroq, 
hayotda shunday yo'llar bo'ladi- ki, ularda 
yutib chiqmoq uchun emas, shunday qilish 
kerakligi uchun yurasiz. 
- Iltimos, men bilan yuring, - xayolimni bo'lib 
yalinardi Sulton Valad. - Sizni g'iybat qilgan va 
sizga yomon munosabatda bo'lgan odamlar o'z 
qilmishlariga pushaymon bo'lishgan. Va'da 
beraman, endi hammasi yaxshi bo'ladi. 
Men unga: «Ey, bolakay, va'da berish sening 
ishing emas, boshqalarning ham ishi emas, 
kishi o'zi ustidan chiqa olmaydigan va'dalarni 
berishi mumkin emas» degim keldi. 
Lekin buning o'rniga bosh silkitdim: 
- Damashqda kun botishini yana bir bor 
ko'rgim kelayapti. Konyaga esa ertaga ertalab 


ketamiz. 
- Rostmi? Rahmat! - xitob qildi Sulton Valad. - 
Bu otam uchun nima ekanini bir tasavvur 
etsangiz edi! 
Keyin men qachon o'yinni davom ettirishimni 
sabr bilan kutib o'tirgan Frantsiskka o'girildim. 
O'ziga e'tibor qaratganimni kurgan zahoti 
uning lablariga tabassum yoyilib ketdi. 
- Qara, do'stim! - dedi u g'olibona. - Shoh va 
mot. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin