Tarjimon: Shahnoza Qahhorova



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/65
tarix22.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#146901
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65
Ishqqa oid qirq qoida [@kitoblar pdf]

1247 yil, may, Konya.
Ishqday nozik mavzu ustida gap ketganda 
e'tiroz bildirish juda qiyin. Bu xuddi shamolni 
to’xtatishga urinishday ish. Garchi shamol 
vayrongarchilik olib kelishini bilib tursang 
hamki, to'xtatolmaysan. Shuning uchun 
Kimyoni ko'p ham savolga tutmadim, lekin 
buni Kimyo meni ishontirgani uchun emas, 
balki uning ko'zlarida ishq borligi uchun 
qildim. So'rab-surishtirishdan ne foyda? 
Kuchim etmaydigan boshqa hodisalarni ham 
qabul qilgan kabi bu to'yni ham qabul qilishga 
to'g'ri keldi. 
Ramazon oyi tayyorgarlik ishlari bilan tez o'tib 
ketdi. Bo'ladigan to'y oqibatlari haqida 
o'ylashga bir daqiqa ham bo'sh vaqt bo'lmadi. 
Iyd bayrami yakshanbaga to'g'ri keldi, to'rt 
kundan keyin esa Kimyoni Shamsga uzatdik. 
Kecha nikoh arafasida mening kayfiyatimni 
butkul o'zgartiradigan bir hodisa bo'ldi. 
Oshxonada mehmonlarga non yopish uchun 


xamir qorayotgan edim. O'zimdan o'zim 
xamirdan kichik zuvala uzib olib, shakl yasay 
boshladim. Bibi Maryamning, Iloh Onasining 
shakli hosil bo'ldi. Pichoqda uzun ko'ylak 
qirqdim va yuziga sokinlik, mehribonlik 
ifodasini berdim. Bu mashg'ulotga qattiq 
berilib ketganimdan, orqada kimdir kelib, 
qarab turganini sezmabman. 
- Nima qilayapsan, Kira? 
Yuragim qinidan chiqib ketay dedi. O'girilib, 
eshik oldida meni qiziqsinib kuzatayotgan 
Shamsni ko'rdim. Eng oldin qo'limdagi shaklni 
berkitmoqchi bo'ldim, lekin juda kech bo'lgan 
edi. Shams yaqinroq keldi va men yasagan 
narsaga qaradi. 
- Bu Bibi Maryammi? - so'radi u, men javob 
bergach, o'zining nurlanib turgan yuzini menga 
burdi. 1 U zal chiqipti. Sen uni qo'msab 
turasanmi? 
- Men musulmonlikni qabul qilganimga ko'p 
bo'l- gan. Va men musulmonman, - dedim 
shasht bilan. 


Lekin Shame xuddi meni eshitmaganday 
gapida da- vom etdi: 
- Islomda Maryam kabi ayollar nima uchun 
yo'q, deb o'ylasang kerak? Albatta, Bibi Oysha, 
Bibi Fotimalar borliklarini bilasan, lekin ular 
sening nazdingda sen o'ylaganday o'rinda 
emas, boshqacharoq. 
Men o'zimni noqulay his etardim va nima 
deyishni ham bilmasdim. 
- Ruxsat etsang, bir rivoyat aytaman. 
Turli shaharlardan kelib qolgan to'rt kishi 
- turk, arab, fors va yunon ittifoqo bozor 
yonida- gi chorrahada uchrashib qoladilar. Bir 
oliyjanob kishi ularga bir dirham sadaqa qilib 
o'tib keta- di. Dirham o'rtada, chunki unda har 
birining haqqi bor. Bu pulga biror egulik sotib 
olmoqchi bo'ladi- lar. Shunda fors - angur, turk 
- uzum, yunon - istafil, arab - eynab 
emoqchiligini aytadi. Orada janjal ko'tariladi. 
To'rtalalari ham ayni bir narsa - uz- umni 
xohlayotgan bo'lsalar-da, bir-birining tilini 
tushunmaganlari uchun yoqa bo'g'ishib 


ketadilar. Shu ora¬da tasodifan yonlaridan 
so'fiy o'tib qolipti. So'fiy ularning pullariga 
uzum sotib olipti. Keyin uni idishga solib ezipti 
va ularga uzumning faqat sharba- tini ichishni, 
qolgan narsalarni esa chiqarib tashlash- ni 
tavsiya etipti. Bu bilan u asosiysi mevaning 
tashqi shakli emas, ta'mi ekanini uqtiripti. 
Rivoyat bugungi kun uchun ham aktual. To'rt 
kishi tushunmay turgan bitta so'zni, 
to'rttovining tilini tushunadigan boshqa bir 
inson oralaridagi nizoni hal qiladi. Bugungi 
hayotda ham odamlar (millatlar, turli din 
vakillari) bir-birlarini tushunmoqlari uchun 
faqatgina zohiran til bilmak etarli emas, bal¬ki 
botin tilini ham bilmak, anglamak kerak. 
Ayniqsa, bugungi globallashuv va global 
krizislar davrida bu juda zarur). 
- Xristianlar, yahudiylar, musulmonlar odatda 
mevaning tashqi shakli borasida bahs 
yuritadilar, so'fiy uchun esa mohiyat muhim, - 
dedi Shame quvnoq tabassum bilan. 
- Men... men buni to'g'ri deb o'ylamayman, - 


dedim tutilib. 
- Nima uchun? Dinlar misoli daryolar. 
Hammasi bir ummonga qarab oqadi. Xudo 
Onasi insonlarga yupanch, hamdardlik, 
beminnat muhabbat baxsh etadi. U 
hammamizga va har birimizga tegishli. 
Musulmon bo'lgach, sen baribir uni yaxshi 
ko'rishda davom etishing mumkin va hatto 
qizingni Maryam deb atashing mumkin. 
- Mening qizim yo'q. 
- Bo'ladi. 
- Qayoqdan bilasiz? 
- Bilamanda. 
Buni eshitgach, hayajonim kuchaydi, lekin 
keyin ha-yajon o'rniga sokin xotirjamlik keldi. 
Sokinlik va allaqanday uyg'unlik hislari 
ta'sirida birgalikda Bibi Maryam shakliga 
qarab turdik. Yuragimdagi muz eridi, Shams 
uyimizga kelganidan buyon birinchi marta men 
unda Rumiy hamisha ko'radigan insonni - katta 
qalbli insonni ko'rdim. 
Shunga qaramay, uning Kimyoga yaxshi er 


bo'lishiga shubham tarqalmadi. 
Ella 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin