Tarjimon: Shahnoza Qahhorova



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/65
tarix22.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#146901
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65
Ishqqa oid qirq qoida [@kitoblar pdf]

2008 yil, 29 iyun, Boston.
Boston oteligacha yaqin, juda yaqin qoldi. Bu 
vaqt ichida qattiq asabiylashganidan Ellaning 
fikrlari tamoman chalkashib ketdi. 
Mehmonxonaning kutish joyiga kirganida, 
yaponiyalik turistlar yurganini 
ko'rdi - devorlardagi rasmlarni go'yo diqqat 
bilan kuzatayotganday, aslida esa - atrofdagi 
odamlarning ko'ziga tashlanmaslik uchun - u 
yoqdan-bu yoqqa yura boshladi. Lekin 
qiziquvchanligi uni tezgina engdi. Ko'zlarini 
devordan olgan zahoti, u o'zini kuzatib 
turganini ko'rdi. 
U, barcha tugmalari taqilgan xaki (mosh) 
rangidagi ko'ylak va velvet shim kiygan edi. 
U ikki kun soqol olmagan ko'rinadi, lekin bu 
unga yarashgan edi. Qizg'ish-qo'ng'ir jingalak 
sochlari yashil ko'zlari ustiga tushib turar, bu 


esa unga o'ziga ishonganlik bilan birga, 
ajablanarlisi, sho'xchan tus berib turardi. 
Qotmadan kelgan va ozg'in, engil va navdadek 
egiluvchan bu odam buyurtma berib 
tiktiriladigan qimmatbaho kiyimlardagi 
Devidning butkul aksi edi. Ella uning nutqida 
o'zini maftun etgan shotlandcha talaffuz 
borligini sezdi, boz ustiga kulgusi samimiy edi. 
U quvonchi va hayajonini yashirmas edi. 
Shunda Ellaning ko'nglidan, «u bilan birga 
o'tirib, bir finjondan qahva ichsa, buning 
nimasi yomon?» degan xayol o'tdi. 
Keyinroq esa bu bir finjon qanday qilib bir 
qancha finjonga aylanib ketganini, nima uchun 
u barmoqlarini o'pa boshlaganini va nima 
uchun o'zi uni to'xtatmaganini ham eslay 
olmadi. Biroz vaqtdan keyin esa hech nimaning 
ahamiyati yo'q bo'lib qoldi. U gapirar, Ella esa 
uning lablari atrofidagi chuqurchalardan kuz 
uzmay, agar men uni o'psam qanday bo'larkin, 
degan xayolda unga quloq solib o'tirardi. Soat 
o'n bir yarim bo'ldi. U faqat yozgan elektron 


xatlarida o'zi haqida ma'lumot bergan, yozgan 
romanidan boshqa hech nimani bilmaydigan 
erkak bilan otelda o'tirar edi. 
- Demak, jurnal topshirig'i bilan bu yerga 
keldingmi? - so'radi Ella. 
- Aslida seni deb keldim, - dedi Aziz. - 
Xatingni oldim-u, seni juda ko'rgim keldi. 
Ella hali qaytish uchun vaqt borligini tushunib 
turardi. Ma'lum muddatgacha oralaridagi 
munosabatni faqat do'stona-virtual xatlar, 
telefondagi gaplashishlardangina iborat qilib 
ko'rsatib turish mumkin edi. Birozgina noz-
karashma qilgan bo'lsa nima bo'lipti? Ha, buni 
to'xtatish mumkin edi. Toki Aziz: «Ella, 
mening nomerimga chiqishga qarshi 
emasmisan?» deb so'ramagunicha bu mumkin 
edi. 
Agar bu o'yin bo'lgan bo'lsa, ular ikkisi ham bu 
o'yinni shunga qadar o'ynashdi. Lekin bu 
savoldan keyin hammasi o'z o'rnini topdi, go'yo 
bu savol har ikkisi ham bilib turgan, lekin tan 
olmaslikka urinayotgan haqiqatni ochib 


qo'ygan edi. Ellaning hushi boshidan uchdi, 
sarosimaga tushdi, lekin rozi bo'ldi. U hayotda 
hech qachon bunchalik tez qaror qabul 
qilmagan edi; lekin bu taqdirdan ekanini 
anglab turardi. 
Olti yuz sakkizinchi nomer qora, qizil va 
novvotranglarda chiroyli bejalgan edi. Xona 
keng va iliq edi. Ella oxirgi marta qachon 
otelda bo'lganini eslashga urindi. Eri va 
bolalari bilan ancha ilgari Monrealga borgani 
esiga tushib ketdi. Undan keyin esa yozni 
Rodosda, o'z uylarida o'tkazadigan bo'lishgan 
edi, har kuni sochiqlarni almashtiradigan, 
kimdir begona odam ovqat pishiradigan 
joylarda yurishga hojat qolmagan edi. Otel 
nomerida Ella o'zini begona yurtda bo'lib 
qolganday his etardi. 
Balki, chindan ham shunday bo'lsa kerak. Seni 
hech kim bilmaydigan va sen ham hech kimni 
bilmaydigan joydagina bo'lishi mumkin bo'lgan 
erkinlikdan zavqlanish hissini u aynan shu 
yerda tuymayaptimi, axir. 


Ella xonaga kirgan zahoti asabiylashmay 
qo'ydi. Endi hech nimaning ahamiyati ham 
qolmagan edi, zero xona markazida 
qirollarnikiday hajmli karavot turardi. Karavot 
yonida Ella o'zini noqulay sezar va aybdorlik 
hissini tuyardi. U hozir o'ziga-o'zi berishi ham 
keraksiz bo'lgan, hech qanday natija 
bermaydigan savollarni berishga qarshi kurash 
olib borardi. Ular shuncha tez qovushadilarmi? 
Shunday bo'lishi kerakmi o'zi? Agar shunday 
bo'lsa, erining ko'zlariga qanday qaraydi? 
Devid o'zining sanoqsiz yurishlaridan keyin 
uning yuziga qaramagan. Aziz uning qomati 
haqida qanday xayollarga borarkan? Unga men 
yoqmasam-chi? Endi bolalar haqida o'ylashim 
mumkinmikin? Nima bo'lsa ham, ular hozir 
nima qilishayotgan ekan, uxlashayotganmikin? 
Yo televizor ko'rishayotganmikin? Agar ular 
uning hozir qiladigan ishini bilsalar, 
kechirarmikinlar? 
Uning holatini tushungan Aziz Ellaning 
qo'ltig'idan oldi va karavotdan uzoq, burchakda 


turgan kresloga o'tqazib qo'ydi. 
- Tinchlan, - shivirladi u. - Hozir boshingda 
ovozlar haddan tashqari ko'p. Ovozlar 
guvullayapti. 
- Afsuski, biz ancha ilgari bir-birimizni 
uchratmagan ekanmiz, - o'z ovozini eshitdi 
Ella. 
- Hech nima haddan ziyod erta yoki haddan 
ziyod kech bo'lmaydi, - e'tiroz bildirdi Aziz. - 
Barcha hodisalar o'z vaqtida sodir bo'ladi. 
- Sen rostdan bunga ishonasanmi? 
Aziz jilmaydi va peshonasidagi sochlarini nari 
qilish uchun boshini silkitdi. Keyin jomadon 
ochib, Gvatemalada sotib olgan ro'molni, 
ichida feruzarang marjoy va aylanuvchi 
kumushrang darvishlar tasviri tushirilgan qizil 
rangli dumaloq marjonlari bor kichkina 
qutichani oldi. 
Ella Azizga marjonni bo'yniga taqib qo'yishi 
uchun izn berdi. Uning barmoqlari tekkan 
joydagi terisi bilan ularning iliqligini sezdi. 
- Sen meni seva olasanmi? 


- Men allaqachon seni sevaman, - dedi jilmayib 
Aziz. 
- Lekin sen meni sira bilmaysan-ku! 
- Seni sevish uchun men seni bilishim kerak 
ham emas. 
Ella xo'rsindi: 
- Bu telbalik. 
Aziz qo'llarini uzatdi va Ellaning sochlaridagi 
to'g'nog'ichlarni sug'urib oldi, keyin mehr bilan 
uni etaklab borib, karavotga o'tqazdi, sochlarini 
ohista silay boshladi. Shu alfozda u tinmay 
nimalarnidir pichirlar edi. Ella birdan tushundi: 
u duo o'qiyotgan edi. Ella hech qachon bundan 
yuksak ruhiyatni his etmagan edi. Ularning 
harakatlarida sezgiga tegishli hech nima yo'q 
edi, shunga qaramay u o'z hayotida bundan 
ehtirosliroq tuyg'uni boshidan kechirmagan 
edi. 
Kaftlari, qo'llari, elkalari, butun vujudi 
qandaydir noma'lum quvvatga to'lib borardi. 
Ella o'zini xuddi to'lqinlanib turgan qorong'u 
suvda suzib yurgandek his etardi va undan 


faqatgina ikki narsa talab qilinardi: taslim 
bo'lish va tabassum qilish. Oldin Ella uning 
vujudi atrofida, keyin o'z vujudi atrofida 
allanechuk jonli jarayon borligini his etdi, 
go'yo ikkisi ham cho'milayotgan edilar. 
Ella ko'zlarini yumib oldi va to'lqinlanib turgan 
suvda, biron narsani tutib turishga ham harakat 
qilmasdan suzib ketdi. Oldinda sharshara 
kelishi tayin, lekin u to'xtamoqchi emas. 
Hayot quvonchi neligini his etgan Ella 
telbalarcha shod edi. Va u ayni shu erkakni 
seva olishini, juda qattiq seva olishini angladi. 
Shuni anglarkan, Azizni quchoqladi va uni 
o'ziga tortdi. Lekin Aziz ko'zlarini ochdi, uning 
burnidan o'pib qo'ydi va nari surildi. 
- Sen meni xohlamayapsanmi? - o'z ovozi 
qanchalar zaif chiqqanidan hayron bo'lgancha 
so'radi Ella. 
- Men sening keyinchalik o'zingni o'zing 
jazolab yuradigan hech nima qilishni 
istamayman. 
Ella bu gapdan keyin, bir tomondan, yig'lagisi 


keldi, ikkinchi tomondan - u juda mamnun 
bo'ldi. Yuragini allaqanday nurli tuyg'u 
to'ldirgan edi. U xijolatda edi, lekin 
nimagaligini tushunmasa ham, o'z xijolatidan 
lazzatlanardi. 
Soat tungi bir yarimlarda Ella Bostondagi o'z 
uyining eshigini ochdi. U oilaviy karavotda 
yotishni istamay, divanga o'rin solib yotdi. 
Buni u eri bu joyda boshqa ayollar bilan 
yotgani uchun emas, shunday qilish to'g'ri 
bo'ladi deb qildi: bu uy oteldagi nomer kabi 
Ellaniki emas edi, Ella bu erda mehmon edi, 
xolos. Uning haqiqiy «men»i uni qayerdadir 
boshqa yoqda kutardi. 
Shams

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin