Tarjimon: Shahnoza Qahhorova



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/65
tarix22.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#146901
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65
Ishqqa oid qirq qoida [@kitoblar pdf]

 
Kimyo 
1247 yil, may, Konya.
Qochoq Shams Tabriziy hayotimga qaytib 
keldi. Lekin u juda o'zgarib ketipti va endi 
mendan nari yurayapti. Konyaga qaytish unga 
yoqmagan ko'rinadi. Shunga qaramay, u 
yoshargan va chiroyliroq ko'rinadi, uzun 
sochlari ko'ziga tushib turipti, Damashq 
quyoshida toblanipti. Lekin yana allanima 
borday ko'rinadi. Nima? Qanday tushunish 


mumkin? Ko'zlari dadil chaqnayapti, lekin 
qarashlari men odatda ko'rib yurganimday 
emas. Va Shamsning qarashlari hamma narsa 
haqida hammasini biladigan, lekin hech kim va 
hech nima bilan kurashishni boshqa 
istamaydigan odamning qarashlariga o'xshab 
qolgani haqidagi fikr miyamdan chiqmay 
qoldi. 
Rumiyda sodir bo'lgan o'zgarish bundan ham 
jid- diyroq edi. Men, Shams qaytib kelsa, bas - 
ustozning azoblari o'tib ketadi, deb o'ylagan 
edim, bunday bo'lmadi. Rumiy Shamsni shahar 
devori tashqarisida gullar bilan kutib oldi. 
Lekin birinchi quvonchli kunlar o'tib ketdi, 
Rumiy yana o'z qobig'iga o'ralib oldi, yana 
notanish bezovtalik qaytib keldi. Men buning 
sababini bilaman, deb o'ylayman. U bir marta 
Shamsni yo'qotdi, endi yana yo'qotish 
mumkinligidan qo'rqayapti. Uni mendan 
boshqa kim tushunardi, chunki men ham uni 
yo'qotishdan qo'rqayotgan edim. 
Mening o'z hissiyotlarim bilan bo'lishadigan 


yagona insonim Rumiyning marhuma xotini 
Gavhar edi. Uni inson deb bo'lmaydiku-ya, 
lekin men uni arvoh degim ham kelmaydi. 
Rumiylarnikiga kelgan birinchi kunimdan 
buyon u hamisha men bilan birga. Avvallari u 
bilan hamma narsalar haqida gaplashar edik, 
endi esa faqat Shams haqida gaplashamiz. 
- Rumiy juda qiynalayapti, men unga yordam 
berishni istayman, - dedim bugun Gavharga o'z 
tashvishlarim bilan bo'lishib. 
- Balki, bu qo'lingdan kelar. Ertalab uning 
miyasiga bir fikr keldi, hali buni hech kimga 
aytgani yo'q, - gapimga jumboqli qilib javob 
berdi Gavhar. 
- Qanday fikr ekan? 
- Rumiy, agar Shams uylansa, shaharliklar 
unga nisbatan ancha xayrixohroq bo'lishlari 
mumkin, deb hisoblayapti. G'iybatlar 
kamayardi, Shams Konyadan boshqa qochib 
ketmasligi ham mumkin bo'lardi. 
Mening yuragim qinidan chiqay dedi. Shams 
uylanadi! Kimga? 


Gavhar menga ohista qarab ko'ydi va dedi: 
- Rumiy seni Shamsga tegishga rozi 
bo'larmikansan, deb o'ylayapti. 
Men qattiq xayajonga tushdim. Va gap 
turmushga chiqishim haqidagi fikr hozircha 
miyamga kelmaganida emas edi. Men o'n 
beshga to'lganman, demak, turmushga 
chiqadigan yoshdaman, lekin, bilamanki, qizlar 
turmushga chiqqanlaridan keyin hayotlari 
o'zgaradi va o'zlari ham o'zgarishadi. 
Atrofdagilar ularga boshqacha munosabatda 
bo'lishadi, hatto bolalar ham turmushga 
chiqqan ayol bilan qiz bolaning farqiga 
borishadi. 
Gavhar mehr bilan jilmaydi va qo'limni 
ushladi. Meni Shams bilan birga bo'lishim 
emas, faqat erga tegish fikrining o'zi bezovta 
qilayotganini u yaxshi tushunardi, albatta. 
Ertasi kuni tushga yaqin Rumiyni axtarib 
topdim, u Ibn Rushdning «Taxofotut-Taxofut» 
nomli kitobini o'qib o'tirgan ekan. 
- Ha, Kimyo, - dedi u mehribonik bilan, - 


mendan nima istaysan? 
- Esingizdami, otam meni Konyaga olib 
kelganlarida, siz qiz bola yaxshi o'quvchi bo'la 
olmaydi, chunki u turmushga chiqib ketadi va 
bolalarni parvarish qilishi kerak bo'ladi, degan 
edingiz. 
- Albatta, esimda, - javob berdi Rumiy va 
ko'zlarida qiziqish alomati paydo bo'ldi. 
- O'sha kuni men o'zimga hech qachon turmush 
qurmayman va doimo o'quvchi bo'lib qolaman, 
deb va'da bergan edim. - Shunday degach, jim 
bo'lib qoldim, chunki aytmoqchi bo'lgan 
gapimni aytishdan qo'rqayotgandim. 
- Balki turmushga chiqsam ham, sizning 
uyingizda qolishim mumkindir? Shu uyda 
yashaydigan odamga turmushga chiqsam, 
demoqchi edim. 
- Sen Alovuddinga turmushga chiqishni 
istaysanmi? - so'radi Rumiy. 
- Alovuddinga? - so'radim men, nima uchun bu 
suhbatga Alovuddin aralashib qolganini 
tushunmay. Nima uchun u Alovuddin haqida 


gap ketayapti deb o'yladi? Alovuddin o'z 
tug'ishgan akamday-ku! 
Chamasi, Rumiy hayron bo'lganimni payqadi. 
- Yaqinda Alovuddin seni unga nikohlab 
berishimni mendan so'ragan edi. 
Men gung bo'lib qoldim. Yaxshiki, turmushga 
chiqish masalasida qiz bola ortiqcha 
gapirmasligi kerak degan qoida bor. Lekin men 
ko'proq bilishim kerak edi. 
- Siz unga nima deb javob berdingiz, ustoz? 
- Men oldin sendan so'rashim kerakligini 
aytdim. 
- Ustoz... - Men jim bo'lib qoldim, chunki 
ovozim chiqmay qoldi. - Men oldingizga 
Shams Tabriziyga tur-mushga chiqishni 
istashimni aytgani kelgan edim. 
Rumiy ishonqiramay menga qaradi. 
- Ishonching qat'iymi? 
- Bu har tomonlama yaxshi bo'lardi, - qiynalib 
dedim men. - Shams oilamiz a'zosiga 
aylanardi, yana U yerdan qochib ketishiga ham 
to'g'ri kelmasdi. 


- Sen shuning uchun unga turmushga 
chiqmoqchimisan? U Konyada qolsin 
uchunmi? 
- Yo'q, - javob berdim men. - Ya'ni, ha, lekin 
faqat shu uchun emas... Shams - mening 
taqdirim ekaniga ishonaman. 
Aslida bu Shams Tabriziyni sevishimni 
bo'ynimga olganim edi. 
To'y haqida birinchi bo'lib Kira bildi. U 
to'satdan paydo bo'lgan bu yangilikni hayrat 
bilan, mutlaqo sukut saqlab eshitdi va faqat 
taajjubda jilmayib qo'ydi. Keyin menga 
savollar yog'dirdi: 
- Shuni istayotganing aniqmi? Yoki shunchaki 
Rumiyga yordam berging kelganidan shunday 
deyapsanmi? Axir hali juda yoshsan! 
Yoshingga yaqinroq odamga tegsang, 
yaxshiroq bo'lishi haqida o'ylab ko'rdingmi?
- Shams ishqda har qanday chegara yo'qoladi 
deydi. 
Kira og'ir xo'rsindi. 
- Oh, qizaloq, hammasi shunchalik oson bo'lsa 


koshki edi, - dedi u o'zining oqargan soch 
tolalarini ro'moli ostiga olarkan. - Shams - 
darbadar darvish bo'lsa, u hech qanday 
qonunga bo'ysunmasa. Bunday erkaklarga 
oilaviy hayot to'g'ri kelmaydi, ular yaxshi er 
bo'la olishmaydi. 
- Hechqisi yo'q, u o'zgaradi, - dedim men 
qat'iyat bilan. - Men unga shuncha ko'p 
muhabbat va baxt berayki, albatta, o'zgaradi. U 
yaxshi er va yaxshi ota bo'lishni o'rganadi. 
Vassalom. U menga diqqat bilan qaradi va 
boshqa e'tiroz bildirmadi. 
O'sha tun men juda yaxshi uxladim. O'zimga 
ishonchim qat'iy edi va g'alaba kayfini 
surardim. Axir ayollarning azaldan soddadillik 
bilan asrlar bo'yi, o'z muhabbatim bilan sevgan 
insonimni o'zgartira olaman, deb yo'l qo'yib 
keladigan eng oddiy va eng og'riqli xatoni 
takrorlayotganimni qayoqdan bilibman?.. 


Kira 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin