Darsning mustahkamlash bosqichida: I.106-107-mashqlar ustida ishlash.
107-mashq:gaplarni ko’chiring.Shart bog’lovchilarini izohlang.
1.Shuni yodda tutingkim,(agar)dilda e’tiqod bo’lsa,alsonaslimizyo’qolmagay,tilimiz unutilmagay.(Agar)E’tiqod susaysa,til emas,imon ham unutilgay. II.Darslikdan tashqari hikoyatlar o’qib,qo’shma gaplarni topub,ularni bog’lovchi vositalarni toppish.
III.Test sinovi.
1.O’xshatish-qiyoslash yuklama- bog’lovchisi berilgan qatorni toping.
A.Toki B.Agar ,agarda C.Mabodo D.Xuddi,go’yo
2.Chunki,negaki bog’lovchilariqandaybog’lovchi turiga kiradi?
A.Sabab B.Maqsad C.O’xshatish D.Shart
3.Shart bog’lovchisi kesimi nima bilan ifodalanadi?
A.Shart mayli qo’shimchasi bilan
B.Buyruq-istak mayli qo’shimchasi bilan
C.-ki yuklamasi orqali
D.Ko’rsatish olmoshi bilan ifodalanadi.
4.Sen ota-onang haqida qayg’urishga majbursan,toki ular senga ,mehr-muhabbatungga muhtoj ekanlar._Ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo’shma gap turini aniqlang?
A. Sabab ergash gap B.Shart ergash gap
C.O’xshatish ergash gap D.Maqsad ergash gap
5.Sabab ergash gap berilgan qatorni toping.
A.Agar hayotdaqoqilmay desang,doimo ildam yur.
B.Intilganga tole’ yor.
C.Atrof juda ko’rkam,go’yo oltin gilam to’shakaganday.
D.Men adabiyotga shaydoman,chunki undagi asarlar meni ohangraboday o’ziga tortadi.
Javoblar:1.D 2.A 3.A 4.D 5.D Uyga vazifa:108-mashq.Bosh gapga chunki bog’lovchisi yordamida bog’langan ergash gaplarga uchta misol yozing.
1.Ona mehrini ummonga o’xshatishadi,chunki bumehrning chek-chegarasi yo’q.
2.Rahima mening eng yaqin dugonam ekanligidan juda xursandman,chunki hozirda u kabi sadoqatli do’stlarni topmoqlik juda mushkul.
3.Bugun uning qalbida g’am soya slogan edi,chunki eng aziz insoniunga xiyonat qildi.