Sana
|
O‘TIBDO‘
(Imzo)
|
1
|
|
|
______________
|
2
|
|
|
3
|
|
|
4
|
|
|
5
|
|
|
DARSNING MAVZUSI:Biriktiruv bog’lovchisi yordamida bog’langan qo’shma gaplar
Darsning maqsadi:a)ta’limiy-biriktiruv bog;lovchili qo’shma gaolar haqida bilim va ko’nikma hosil qilish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilar qalbida sof insoniy tuyg’ularni tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning dunyoqaeashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirush.
Darsning turi:yangi bilim berish;
Darsning uslubi:bahs,masgqlar tahlili,o’yin;
Darsning jihozi:tarqatmalar,ko’rgazma,darslik.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning cgaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftalar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Bog’langan qo’shma gaplar yuzazidan savol-javob;
2.56-mashq-uyga vazifa tahlili.
Darsning mohiyatini anglasg bosqichida:
I.1-t:Ko’chiring .Biriktiruv bog’lovchilari tagiga chizing.
1.Ro’zimatning rangi o’zgardi va ko’zlarida Hamish o’ynab turadigan tabassum ifodasi birdaniga yo’qoldi.- va-bir.bog’l
!Biriktiruv bog’lovchisi qo’shma gapning payt,sabab-natija munosabatlarida bo’lgan qismlarini bog’lab keladi.Qismlari o’rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo’shma gaplarda ikkinchi gap qismi oldidan natijada so’zini qo’yish mumkin.Ba’zan –u,-yu,-da yuklamalari ham biriktiruv bog’lovchisi vazifasida kelishi mumkin.
II.57-mashq.Biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarni izohlang.
1.U har uch qadamda bir to’xtab,nafasini rostlay-rostlay tepaga zo’rg’a yetdi,qopni zo’rg’a ag’dardi-yu,muvozanatni saqlay olmadi.-yu yuklamasi orqali bog’langan.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.58-60-mashqlar ustida ishlash:
59-mashq:nuqtalar o’rniga mos bog’lovchi qo’ying:
1.Dekabr oyining boshida bir qor yog’di-yu,keyin yana oftob charaqlab,havo ilib ketdi.
II.Savol va topshiriqlar ustida ishlash;
III.Test sinovi:
1.Biriktiruv bog’lovchisi berilgan qatorni toping:
A.Va B.Ammo,lekin,biroq C.Gog,goh,yo,yoki D.Agar,basharti
2.Biriktiruv bog’lovchilari qanday munosabatdagi gaplarni bog’laydi:
A.Payt,sabab-natija B.maqsad C.O’rin –joy D.Payt,sabab
3.Va bog’lovchisi o’rnida qanday yuklamalarni qo’yish mumkin?
A.-gina,-ku B.-u,-yu,-da C.-mi,-chi,-ki D.Bilan,ham
4.Nuqtalar o’rniga mos bog’lovchi qo’ying:Kitob o’qigim keladi-yu,… nimagadir kitobni qo’lga olganda hafsalam pir bo’ladi.
A.Va B.Lekin C.Chunki D.Yoki
5.Bog’langan qo’shma gap berilgan qatorni toping:
A.Kuz keldi,yig’im-terim boshlandi.
B.Darddan juda qiynalardi,lekin hech kimga sezdirmas edi.
C.Do’st bilan obod uying…
D.Yoshlik –qaytmas onlar,u beg’ubor va qaynoqdir.
Javoblar:1. A 2. A 3. B 4. B 5.B
Uy ishi:61-mashq-badiiy asrdan bir.bog’.q.g-ga misollar yozing.
1.Yusufbek Hoji tarafidan berilgan amirona bu buyruq Otabekni qaytadan o’lturib qolishga majbur etdi va va otasig’a “nima xizmatingiz bor?”degandek qilib qaradi.
2.Turib o’ltirgach boshini bir silkitdi-da,ijirg’anib o’tirdi.(“O’tgan unlar”dan)
Dostları ilə paylaş: |