Mustahkamlash uchun savollar:
1. Mohir zardo‘z bo‘lishni xohlagan har bir hunarmand qanday hunarni bilishi zarur bo‘lgan?
2. Uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan zardo‘zi buyumlarni bichish usullari hamda bichimining tuzilishiga qarab qanday turlarga ajratish mumkin?
3. “Naqsh” so‘zining ma’nosini tushuntirib bering.
4. O‘zbek xalq amaliy bezak san’atida ishlatiladigan naqshlar tuzilishiga ko‘ra qanday guruxlarga ajratiladi?
5. Zamindo‘zi tikish usuli qanday bajariladi?
6. Guldo‘zi tikish usuli qanday bajariladi?
Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Kasbga yo‘llash xonasini tartibga keltirish.
Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.
MAVZU: Аmаliy mustаqil ishlаr:Хаlq hunаrmаndchiligining tanlangan yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg‘unlashtirilgan mahsulot tayyorlash bo‘yicha ish usullаrini egallаsh. Loyihalash bosqichida mahsulot tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta’minlash. TAYANCH SO’ZLAR: Gigiyena, tikuv mashinasi, xavfsizlik qoidalari, jihozlar.
O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI: Metod: interfaol.
Shakl: nazariy, amaliy.
Vositalar:Tikuv mashinasi va qurollari, o’lchov asboblari, kompyuter, proektor, ekran, plakat, tarqatma material, test savollari.
Baholash: reyting ball.
DARS AMALIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI:
MAQSADLAR: Ta’limiy: Mavzuni o’rgatish; dars jarayonida o’rganganlaridan foydalanib, mustaqil amalda bajarish ko’nikmasini hosil qilish.
Tarbiyaviy: Mavzu davomida o’quvchi fanga qiziqishini oshirish; boshqa fanga va hayotga bog’lash; ma’naviy, estetik tarbiya berish.