Savol. Yo‘lovchi tashish shartnomasi deganda nimani tushunasiz? Chiptada ko‘rsatilgan joyga berilmagan holda yulovchi huquqlarini sanab bering.
34-kazus
Savol. Yo‘lovchi tashish shartnomasi deganda nimani tushunasiz? Chiptada ko‘rsatilgan joyga berilmagan holda yulovchi huquqlarini sanab bering.
34-kazus Avtokorxona kelishilgan muddatda to‘liq hajmda yukni taqdim etmagani uchun etkazilgan zararni zavoddan undirish haqida iqtisodiy sudga murojaat qildi. Javobgar da’voni qaytarib olishni iltimos qildi. Sababi zavodda avariya bo‘lgani natijada uch sutka davomida mahsulot ishlab chiqarish to‘xtab qolgani va shu sababli yukning qolgan qismini topshira olmaganini bayon qildi. Avariya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Biroq avtokorxona da’voni qondirishni talab qilmoqda.
Savol: Etkazilgan zarar deganda nimani tushunasiz? Javobgarlikdan ozod qilish shartlari nimalardan iborat? 35-Kazus Karimov Po‘latovga 150 ming so‘m qarz berdi. Qarzni pul bilan yoki Po‘latovning shaxsiy uchastkasidan olingan mahsulot bilan qaytarish sharti bilan shartnoma tuzilgan. Belgilangan muddatgacha qarzdor 130 ming so‘mni qaytarib berdi va qolganiga tegishli miqdordagi semichka yog‘i va sabzavotlarni olib keldi. Karimov Po‘latovdan butun qarzni faqat naqd pulda qaytarishni talab qildi.
Savol.Tomonlar o‘rtasidagi qarz summasini qaytarish majburiyati qanday hal etiladi? 36-Kazus Sudga fuqaro J jiyani Sh.ning merosidan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida pul summasi undirib berishni so‘rab da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Buncha miqdordagi pul summasini qarindoshi SHga avtomobil sotib olishi uchun berganligini ta’kidladi. SHning vafotidan keyin avtomobil uning merosxo‘rlariga o‘tib ketdi. U sud jarayonida pulni qarzga berganligini aytdi. Buni sudda 3 kishi tasdiqladi.
Savol. Qarz shartnomasiga ta’rif bering?.Uning qanday turlari mavjud. 37-Kazus «Bobir» firmasi «Non» AJning iltimosiga ko‘ra, non chiqarish uskunasini sotib olish uchun 1.000.000 so‘mni «Non» AJ hisobiga o‘tkazdi. Pul o‘tkazish «Non» AJning xatiga asoslangan bo‘lib, unga ko‘ra pul 60 kundan keyin qaytarilishi kerak edi. Ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin «Non» AJ pulni qaytarmadi. Va «Bobir» firmasi xo‘jalik sudida da’vo qo‘zgatdi. Xo‘jalik sudida AJning vakili tomonlar o‘rtasida kredit munosabati sodir etilmaganligini, tashkilotlarga kredit berish bank faoliyatining bir turi ekanligini va bunday faoliyat bilan faqat Markaziy Bankdan litsenziya olgan tashkilotlar shug‘ullanishi mumkinligi, firmada esa bunday litsenziya yo‘qligini bayon qildi.
Firma manfaatlarini himoya qilayotgan advokat esa, tomonlar o‘rtasida kredit shartnomasi emas, qarz shartnomasi tuzilganligini aytdi. Qarz shartnomasini tuzish uchun esa litsenziya talab qilinmay¬di. Bundan tashqari advokat sudda qarz shartnomasining kredit shartnomasi va bank omonati shartnomasidan farqlashni taklif qildi.