Savol. Mahsulot etkazib berish shartnomasi deganda nimani tushunasiz va uning belgilarini ko‘rsatib o‘ting?
25-kazus Fuqaro Nazarov Sh. “Next” supermarketidan “Akfa” diodli yoritgichlarni xarid qiladi. Xarid qilayotgan vaqtida supermarket xodimlari ushbu yoritgichlar mutlaqo xavfsiz, zamonaviy ekanligi hamda asosiysi unga nisbatan bir yil kafolat muddati berilishini ma’lum qilishadi.
Nazarov Sh. ushbu diodli yoritgichlardan 6 oy davomida foydalanganidan so‘ng, yoritgich nosoz bo‘lib qoladi. Shundan so‘ng Nazarov Sh. supermarketga borib, yoritgichlarni yangisi bilan almashtirib berishlarini talab qiladi. Supermarket yoritgichlarni yangisiga almashtirib beradi. Nazarov Sh. ushbu yangi yoritgichlarga nisbatan yana bir yil muddatga kafolat beriladimi? deb so‘raganida supermarket xodimi yangi yoritgichga nisbatan qolgan 6 oy davomida kafolat berilishini ma’lum qiladi.
Bunga Nazarov Sh. e’tiroz bildirib, Fuqarolik kodeksining 404-moddasiga muvofiq, “tovar (butlovchi buyum) almashtirilganda kafolat muddati yangidan o‘ta boshlaydi” degan norma mavjudligini bildiradi. Supermarket esa, “butlovchi buyumning kafolat muddati asosiy buyumning kafolat muddatiga teng hisoblanadi va asosiy buyumning kafolat muddati bilan bir vaqtda o‘ta boshlashini” ma’lum qiladi.
Savol.Mazkur holatda kafolat muddati qanday hisoblanishi kerak. Nazarov Sh.ning iste’molchi sifatidagi huquqlari qanday himoya qilinishi kerak?
26-Kazus Nuriddin, ko‘lda do‘sti Anvar bilan uchrashuv paytida 30iyul ta’til tugaganidan keyin qayiqni sotmoqchi bo‘lganini va do‘stidan amaldagi narxlarni bilishini so‘radi. Bunga javoban Anvar xuddi shu qayiqni 200 ming so‘mdan oshmaydigan narxda sotib olishga xohishi borligini ma’lum qildi. Aslida, bu narx Nuriddinga maqul keldi va ular avgust oyining boshlarida qayiqni sotish to‘g‘risida qo‘ng‘iroqlashishga kelishdilar.
2 avgust kuni Anvar telefon orqali Nuriddinga ularning kelishuviga binoan qayiq uchun 200 ming so‘m to‘lashga tayyorligini aytdi. Nuriddin, qayiqni sotish to‘g‘risida fikri o‘zgarganligini bayon qildi. Suhbat bo‘lib o‘tgan davrda uning pulga muhtojligini va shuning uchun qayiqni sotmoqchi bo‘lganligini, endi esa bunga hojati yo‘qligini, shuningdek, qo‘shimcha ravishda bozordagi qayiqlarning narxi sezilarli darajada oshganligini ma’lum qildi.