Savol. Aksiyadorlik jamiyati nima va u qanday tartibda tashkil qilinadi?
13-kazus Fuqaro Usmon o‘ziga tegishli er uchatkasini o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarish uchun fuqaro Nodirga sotib yubordi. Usmonning ukasi Sobir o‘z arizasida Nodirga da’vo qilib er uchastkasi hokim qarori asosida unga tegishli ekanligini ta’kidlagan va er uchastkasini qaytarishni talab qilgan.
Savol. Bu erda fuqaro Usmon huquqiy jihatdan to‘g‘ri harakat qilganmi? Umuman, er uchatkalari fuqarolar tomonidan oldi-sotdi shartnomasining predmeti bo‘la oladimi? Vaziyatga huquqiy baho bering? 14-kazus Hokimning qarori asosida A shaxs o‘ziga berilgan er uchastkasida 3 xonali hovli-joy qurdi. Biroq bu hovli joyni yoritish uchun tutashtirilgan tarmoq orqali elektr energiyasini olib kelish lozim. Buning uchun esa u elektr simlarini V shaxsning tomorqa eri orqali o‘tkazishni mo‘ljallamoqda. Biroq, tabiiyki, V ham, o‘z navbatida, bunga qarshilik ko‘rsatmoqda.
Savol.A va V shaxslarning harakatlariga huquqiy baho bering. Servitut institutining mohiyatini ochiqlang?
15- Kazus Suv toshqini oqibatlarini bartaraf qilish uchun fuqaro D ga tegishli bo‘lgan “Kamaz” rusumli avtomashina tegishli tartibda davlat organlari tomonidan olib qo‘yildi. Bu erda davlat organlarining xatti-harakatlari ustidan fuqaro D norozi bo‘lib da’vo arizasi orqali sudga murojaat qildi.
Savol. Sud fuqaro D ning da’vosini qanoatlantirmadi? Tegishli davlat organlari tomonidan fuqaro D ga tegishli avtomashinaning olib qo‘yilishi qonun hujjatlariga mos keladimi? 16-kazus Kursdosh do‘stlaridan birining tug‘ilgan kunida talaba X o‘ziga tegishli bo‘lgan qimmatbaho soatini yo‘qotib qo‘ydi. Ertasi kuni bu haqda tug‘ilgan kunga kelgan barcha kursdosh do‘stlarini xabardor qildi. Biroq hech qanday natija chiqmadi. Oradan bir necha vaqt o‘tmay, ular turadigan xonaga u bilan birga yashayotgan do‘stining akasi kelib qoldi. U kishi bilan suhbatlashib turganlarida talaba X ning ko‘zi bexosdan uning qo‘lidagi soatga tushdi hamda o‘zining soati ekanligini tanidi.