Tasdiqlayma n



Yüklə 195 Kb.
səhifə4/17
tarix22.06.2022
ölçüsü195 Kb.
#62037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2 5235909809244476747

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Savol.
Savol. Tovarning butligi deganda nimani tushunasiz. Bunday holda majburiyat lozim darajada bajarilganmi? Vaziyatga huquqiy baho bering?


7-Kazus
Skripka sotib olish maqsadida Ahmad musiqa asboblari sotiladigan magazinga keldi. Futlyarda (sumka) skripka bilan birga smыchok (skripkani chaladigan asbob) ham bor edi va futlyar ustida tovar narxi ko‘rsatib qo‘yilgandi. Ahmad tovar narxini kassaga to‘ladi. Biroq sotuvchi unga skipkani smыchok va futlyarsiz berdi. Sotib oluvchi qolgan ashyolarning ham topshirilishini talab qilganda, sotuvchi uning bu talabini rad qilib, baho faqat skrepkaga qo‘yilganligini ma’lum qildi.
Savol. Kim bu erda haqli – sotuvchi yoki sotib oluvchi?Ashyolar va ularning turlariga ta’rif bering?Tovarning butligi va but tovarlar deganda nimani tushunasiz?
8-Kazus
Teatr va muallif S o‘rtasida shartnoma tuzildi. SHartnomada S ga belgilangan muddatda pesa yozib berish majburiyati, teatr zimmasiga spektaklni qo‘yish majburiyati nazarda tutildi.
Dars vaqtida bu huquqiy munosabtning ob’ekti xususida talabalar o‘rtasida bahs yuzaga keldi. Ayrim talabalar ob’ekt bu asarni yozish bo‘yicha S ning ish harakati hisoblanadi deb ta’kidlasa, boshqa talabalar spektakli qo‘yish majburiyatini zimmasiga olgan teatrning ham harakatini ob’ekt sifatida qarashni ilgari suradi. Uchinchi bir talabalar esa yuzaga kelgan huquqiy munosabatlarning ob’ekti – bu asarning o‘zi deb hisoblaydi.
Savol. Siz bu masalada qanday fikrdasiz? Fuqarolik huquqining ob’ektlariga nimalar kiradi?
9-Kazus
Da’vogar «Namangansuvqurilish» AJga qarashli “6-mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonna” SHK O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasining auksion savdolarini tashkil qilish agentligi MCHJ Namangan filialiga nisbatan sudga da’vo arizasi bilan murojaat etib, da’vogarga tegishli «Kislovodsk» modulidan qurilgan texnikalarni saqlash ombori binosi sud qaroriga asosan mavjud kreditorlik qarzi hisobiga xatlanib va qaytadan noto‘g‘ri va arzon narxda baholanib, auksion savdosida sotilganligi to‘g‘risidagi 2018 yil 7 aprelda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. Ishga xaridor “Erkin savdo fayz” MCHJ qo‘shimcha javobgar sifatida jalb etilgan.
Ish hujjatlariga ko‘ra, Da’vogar “Namangansuvqurilish” AJ ga qarashli “6-mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonna” SHK auksion savdo qatnashchisi “Erkin savdo fayz” MCHJ rahbari A. Kamalov bir vaqtning o‘zida boshqa qatnashchi “Bumerang savdo serviz” MCHJda bosh hisobchi lavozimida, “Erkin savdo fayz” MCHJning bosh hisobchisi A. Inamov esa “Bumerang savdo serviz” MCHJ rahbari bo‘lib ishlashi auksion savdoda bir kishi qatnashgan deb baholangan.

Yüklə 195 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin