Tasdiqlayma n


Savol. Majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganda qanday huquqiy oqibatlar kelib chiqadi? Neustoykaga ta’rif bering? 3-Kazus



Yüklə 195 Kb.
səhifə3/17
tarix22.06.2022
ölçüsü195 Kb.
#62037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2 5235909809244476747

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Savol.
Savol. Majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganda qanday huquqiy oqibatlar kelib chiqadi? Neustoykaga ta’rif bering?
3-Kazus
Voyaga etmaganlar I.Sunnatullaev va A.Qilichevlar tomonidan fuqaro E.Obloqulovning asalari saqlaydigan qutilariga zarar etkazildi. Mavjud holat o‘rganilganidan keyin zarar ular tomonidan etkazilganligi to‘liq o‘z isbotini topdi. FKning 1000-moddasiga ko‘ra birgalikda zarar etkazgan shaxslar jabrlanuvchining oldida solidar javobgar bo‘ladilar. Demak, ular E.Obloqulovning oldida solidar javobgar hisoblanadilar.
Savol. Vaziyatga huquqiy baho bering? Voyaga etmaganlarning (14 yoshdan 18 yoshgacha) muomala layoqati deganda nimani tushunasiz. Agar voyaga etmaganning zararni qoplash uchun etarli mol-mulki yoki boshqa daromadi bo‘lmasa, qanday huquqiy oqibatlar kelib chiqadi?


4-Kazus
A,V,S shaxslar o‘z kapitallarini qo‘shish orqali aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil qildilar. Oradan 6 oy o‘tganidan keyin S shaxs jamiyat faoliyatidan chiqishi to‘g‘risidagi qarorga keldi. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida” qonuning 8-moddasiga ko‘ra jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qat’i nazar jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda jamiyatdan chiqish huquqiga ega. Biroq u jamiyatdagi o‘z ulushini uchinchi shaxs D ga sotishga qaror qildi.
Savol. Vaziyatga huquqiy baho bering? Mas’uliyati cheklangan jamiyat deganda nimani tushunasiz va u qanday tashkil qilinadi?


5-Kazus
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga qarashli “Toza hudud” unitar korxonasi o‘zining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish maqsadida “Toyoto” firmasidan ellikta maishiy chiqindilarni tashishga mo‘ljallangan yuk mashinalarini xarid qildi. Biroq u 50 foiz mashinalarning to‘lovini amalga oshirdi va u firma oldida debitor qarzdor bo‘lib qoldi.
Savol. “Toyoto” firmasining vakili debitor qarzdorlikni sud tartibida undirish uchun Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga murojaat qilishi mumkinmi? Vaziyatga huquqiy baho bering?


6-Kazus
Fuqaro Javohir Andijon shahri Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 112/2  uyda joylashgan “Zender” nomli kompyuter texnikalari sotishga mo‘ljallangan do‘kondan “Aser” nomli kompyuter xarid qildi. Sotuvchi kompyuter uchun tovarning butligi to‘g‘risidagi normalarga amal qilgan holda to‘langan summaga kassa cheki berdi. Biroq sotuvchi kompyuterni xaridorga topshirayotganda uning ovoz kuchaytirgich vositalarini taqdim qilmadi. Sotib oluvchi e’tiroz bildirganida sotuvchi kassa cheki faqat kompyuter jamlanmasiga berilganligini ma’lum qildi.

Yüklə 195 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin