Tasdiqlayma n



Yüklə 195 Kb.
səhifə2/17
tarix22.06.2022
ölçüsü195 Kb.
#62037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2 5235909809244476747

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Savol.
FUQAROLIK HUQUQI FANIDAN
KAZUSLAR TO‘PLAMI
1-Kazus
Da’vogar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi sudga da’vo ariza bilan murojaat qilib, javobgar Andijon viloyat ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasidan 12 mln so‘m undirishni so‘ragan. Taraflar o‘rtasida 2017 yil 24 yanvarda tuzilgan shartnomada da’vogar jami 22 ta xona uchun javobgarga yiliga 8 mln so‘m ijara haqi to‘lab berishi ko‘zda tutilgan. SHartnomada ushbu summa 364,3 kv.m iborat 22 ta xonaga kommunal xizmat ko‘rsatish bahosi sifatida tasniflangan hamda moliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan sarf-xarajatlar miqdoriga asosan tuzilganligi ko‘rsatilgan. Da’vogar tomonidan ushbu ijaraga olingan umumiy maydoni 364,3 kv.m iborat bo‘lgan 22 ta xona va yo‘laklar ta’mirlanib, jami 19 mln so‘m mablag‘ sarflangan. Da’vogar va javobgar tomonidan tuzilgan dalolatnomaga asosan mazkur ta’mirlashga sarflangan mablag‘ning 6 mln so‘mqismi javobgar tomonidan da’vogarning ijara haqidan bo‘lgan qarzi hisobiga qabul qilingan. Da’vogar ta’mirlashga sarflangan xarajatning qolgan 12 mln so‘m qismini javobgar to‘lab berishi lozimligini bayon qilib, javobgardan shu summani undirib berishni so‘ragan.
Savol. Binoni ijaraga berish shartnomasida qanday tartibda rasmiylashtiriladi?
2-Kazus
Da’vogar “Temurshoh” MCHJ sudga da’vo ariza bilan murojaat qilib, javobgar «Shavvot Fayz» MCHJdan 3 mln so‘m asosiy qarz, 340 ming so‘m penya undirishni so‘ragan. Ish hujjatlariga muvofiq taraflar o‘rtasida 2017 yil 15 sentyabrda tuzilgan mulk ijara shartnomasiga ko‘ra ijaraga beruvchi ijarachiga K–700 rusumli texnikasini 6 oyga ijaraga berish, shartnomaning 4.2 bandiga asosan ijaraga oluvchi foydalangan mulk uchun har oyning o‘ninchi kuniga qadar ijara haqini to‘lash majburiyatini olgan. Da’vogar shartnomaga asosan K–700 rusumli texnikani shartnomada belgilangan muddatda javobgarga topshirgan, javobgar esa o‘z shartnomaviy majburiyatlarini to‘liq bajarmasdan 2017 yilning noyabr, dekabr, oylari hamda 2018 yilning yanvar, fevral, mart, aprel oylari uchun jami 3 mln so‘m ijara haqini to‘lamay kelgan. Bu qarz summasi taraflar o‘rtasida 2018 yil 6 mart holatiga tuzilgan o‘zaro solishtirma dalolatnomada o‘z aksini topgan. SHartnomaning 8.1-bandida to‘lovi kechiktirilgan har bir kun uchun to‘lov kechiktirilgan summaning 0,4 foizi miqdorida penya nazarda tutilgan.

Yüklə 195 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin