Savol. Bu erda talaba o‘ziga tegishli soatni qaytarib olish uchun qanday da’vo turidan foydalana oladi? Vaziyatga huquqiy baho bering?
17-kazus “Karvon” super marketi 350 kg yarim tayyor go‘sht mahsulotlarini mahsulot etkazib beruvchiga buyurtma qiladi va shartnomaga muvofiq 50 foiz qiymatini to‘ladi. Biroq etkazib beruvchidan 450 kg realizaqiya qilinmagan go‘sht mahsulotlari keldi. Ilova qilingan sertifikatga muvofiq go‘shtni realizatsiya qilishning muddati bir hafta oldin o‘tgan.
Savol:Majburiyatni lozim darajada bajarish deganda nimani tushunasiz? 18-kazus Bank oilaviy korxonaga nisbatan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, undan kredit qarzini Oilaviy korxonadan Bank foydasiga undirib berishni so‘ralgan.
Oilaviy korxonaning nazorat shikoyatida korxona kafillik shartnomasiga asosan kafil sifatida o‘tgan “A” fermer xo‘jaligini sudga chaqirishni va majburiyatni kafildan undirishni talab qilgan..
Savol.Vaziyatga huquqiy baho bering? Kafillik shartnomasiga muvofiq kafilning qanday huquqlari mavjud. 19-kazus “Lola” xususiy korxonasi 100 dona tikuv mashinalarini chet eldan xarid qilish maqsadida kredit olish uchun mirokrelit bankining Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limiga murojaat qildi. Shartnoma imzolandi va unga ko‘ra kreditning bir qismi 20 aprel kuni qarzdorning o‘tkaziladigan bo‘ldi. Biroq 15 aprelkuni qarzor bankka chet ellik mahsulot etkazib beruvchi bilan kelishuvga erisha olmaganligi uchun shartnoma tuzilmaganligini va kreditga nisbatan ehtiyoji qolmaganligini ma’lum qilgan. Bank qarzdorning bu munosabatga nisbatan e’tiroz bildirgan va u sudga murojjat qilgan. Chunki u kredit shartnomasi bo‘yicha rejalashtirilgan daromaddan mahrum bo‘lgan. Bundan tashqari asos sifatida kredit shartnomasida kreditorni kredit olishdan voz kechish haqida xabardor qilish qarzdor hisobiga pul mablag‘larini o‘tkazishga etti kun qolguncha amalga oshirilishi nazarda tutilganligiga havola qilingan.
Savol: Kredit shartnomasini huquqiy tabiatini ochiqlang? Kredit qarz shartnomasidan qanday farqlanadi?
20-Kazus “Shirin dunyo” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Bek-yog‘” xususiy korxonasiga 20 apreldan kechiktirmay 80 tonna margarin etkazib berish xususida xat yubordi. O‘z navbatda “Bek-yog‘” xususiy korxonasi 14 aprel kuni 80 tonna margarinni xatda ko‘rsatilgan manzilga jo‘natdi. Biroq “Shirin dunyo” mas’uliyati cheklangan jamiyati 80 tonna margarinni qabul qilishdan bosh tortdi. Chunki u boshqa mahsulot etkazib beruvchidan 80 tonna margarin olganligini va buni yuborgan xatini orqasidan telegramma orqali ma’lum qilganligini aytdi. Aniqlanishicha telegramma “Bek-yog‘” xususiy korxonasiga kelmanligi, boshqa manzilga adashib yuborilganligi ma’lum bo‘ldi.