Savol.Kelishuv bitimi nima va qanday hollarda tuziladi? 45-kazus Fuqaro Usmonov bilan fuqaro Do‘rmonov o‘rtasida umrbod renta shartnomasi tuzildi. Renta shartnomasining predmeti bo‘lib, uy-joy belgilandi va renta shartnomasi barcha talablarga ko‘ra rasmiylashtirildi. Fuqaro Usmonov shartnoma tuzilganidan keyin 20 kun o‘tgach baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi. SHundan so‘ng fuqaro Usmonovning Rossiyaga ko‘chib ketgan o‘g‘li sudga murojaat qilib shartnomani haqiqiy emas deb topishni so‘radi. Da’vogar shartnomani haqiqiy emas deb topishga asos qilib renta to‘lovchi tomonidan hech qanday renta to‘lovlari amalga oshirilmaganligini ko‘rsatdi.
Savol.Renta shartnomasi nima va uning qanday turlarimavjud?
46-kazus “Tezkor qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati – pudratchi hamda “Injiniring kompaniyasi” – buyurtmachi o‘rtasida qurilish pudrati shartnomasi tuzildi. SHartnoma shartlariga ko‘ra, pudratchi yangi bino qurish hamda uning natijalarini buyurtmachiga topshirish majburiyatini oldi. Bundan tashqari, qurilish uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlab berish ham pudratchining zimmasiga yuklandi.
Savol.Qurilish pudrati shartnomasi deganda nimani tushunasiz va u qanday tuziladi? 47-kazus “Eldor” xususiy qurilish firmasi bilan “E’zoz ”buyurtmachi tashkilot o‘rtasida qurilish pudrati shartnomasi tuzildi. Ushbu shartnomaning 3-bandiga ko‘ra go‘zallik saloni binosini qurishga kelishilgan. Shartnomaning 4.2 bandida nazarda tutilgan ob’ektni pudratchi o‘z hisobidan sug‘urtalashi sharti belgilangan.
Savol. Sug‘urtaning qanday turlari mavjud va mulkiy sug‘urta deganda nimani tushunasiz? 48-kazus Ijrochi “Olamga sayohat” sayyohlik firmasi bilan buyurtmachi “Nuroniy” jamg‘armasi o‘rtasida haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuzildi. Mazkur shartnomaning 4-bandiga ko‘ra, buyurtmachi “Nuroniy” jamg‘armasi o‘ziga ko‘rsatilgan xizmatlar haqini 10 mln. So‘mni2021 yilning 1 martiga qadar to‘lashga kelishilgan.