3- LABORATORIYA MASHG’ULOT
Mavzu: Ihtiyorsiz esda qoldirish
Tajriba maqsadi: Ihtiyorsiz esda qolish bajarilayotgan ish faoliyatning xarektiriga bog’liq bo’lishini korsatish.
Tajriba materiali: gramatik qoidalarga oid misollar:
Mening ukam maktabda o’qiydi. U mening og’aynim emas,
Shunchaki bir tanishim.
Men maktabda o’qishni istayman Dushman batomon yanchib tashlandi.
Tajribaning borishi: Sinaluvchi kishilarga ikki juft gap o’qib beriladi. Talabalar bu misollarning qaysi gramatik qoidalar asosida tuzilganligini qaniqlay olishlari lozim. Hech qanday gap yoki so’z yozib olinmaydi.
So’ngra sinaluvchi kishilarga xuddi o’sh qoidalarga to’g’ri keladigan o’z misollarini o’ylab topish taklif qilinadi. Barcha ishlar miyada fikran amalga oshiriladi. Eslab qolish natijalari mashg’ulot yakunida sinab ko’riladi. Eksperiment o’tkazuvchi kishi tamonidan berilgan gaplarni eslab ko’rish taklif qilinadi. Bunda eslab qolishning qanchalik to’liq va aniq ekanligi hisobga olinadi.
Eksperiment natijalari bo’yicha quyidagi bir qancha savollarni o’rtaga qo’yish va muhokama qilish mumkin.
Sinaluvchi kishilarda gaplarni eslab qolish maqsadi bo’lganmidi?
Bu erda esda saqlab qolishning qaysi turi ishtirok etmoqda?
Javoblarni analiz qilish shuni ko’rsatadiki, yuqoridagi gaplar ihtiyorsiz esda saqlanib qolgan, chunki ular faoliyatning markazida turadi: o’sha so’zlarni taxlil qilmasda turib , gaplar qaysi gramatik qoida asosida tuzilganligini aniqlash mumkin emas edi.
4-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Mavzu: Ihtiyorsiz esda qoldirish.
Tadqiqotning maqsadi: emosiyanal va betaraf tusdagi so’zlarni ihtiyorsiz esda qoldirishni tekshirish.
Tadqiqot uchun zarur jihozlar: bir qator so’zlar: zulmat, kuy, g’am, faryod, o’yin, og’riq, qo’rqinch, ijod, ritm, hayajon, g’azab, jo’shqin, janjal, qulf, tun, tugma, tekislik, oyna, qayin, qirg’oq, qum, dog’.
Dostları ilə paylaş: |