8. “Chanoq”, “Xirmon” , “Kimga ish kimga olqish”, “O`q haqida”, “Qiz” she’rlari qaysi to`plamga jamlangan?
A) Sukut sarhadi” B) “Otamning bog`i” “C) “Fursat g`animat” D) “Poyezdning bolasi”
9.“Siz eshitmagan qo’shiqlar” turkum she’rlari muallifi kim?
A) *Anvar Obidjon
B) Dilshod Rajab
C) Farhod Musajon
D) Zafar Isomiddin
10. “Oq kaptarlar oroli” qissasi muallifi kim?
A) *Abusaid Ko`chimov
B) Latif Mahmudov
C) Abdurahmon Akbar
D) Nosir Fozilov
1.«Zolushka», «Qo’r qiz» ertaklarining muallifi to’gri ko’rsatilgan qatorni ko’rsating.
a)X.Andersen
b)A.Pushkin
c)*Aka-uka Grimmlar
d)Sh.Perro
2.Mazkur parcha qaysi asardan olinganligi va muallifi to’gri ko’rsatilgan javobni belgilang . “Antilopa degan uch machtali kema Janubiy okeanga suzib ketdi”.
a)Sh.Perro “Qizil shapkacha”
b)D.Defo Robinzon Kruzo
c)*Jon Svift Guliverning sayohatlari
d)X.Andersin Qor odam
3.Aka-uka Grimlar ertaklari 1-qismining nechanchi yil qanday nom bilan bosilib chiqdi?
a)1912, “Bolalar va oila”;
b)*1915, “Botir tikuvchi”;
c)1910, “Qiz”;
d)1920 , “Yetti botir.
“Bolalar adabiyoti” fanidan talabalar bilimini baho tizimsi asosida baholash mezoni
“Bolalar adabiyoti” fani bo`yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek, joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma`lumotlar fan bo`yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e`lon qilinadi.
Fan bo`yicha talabalarning bilim saviyasi va o`zlashtirish darajasining davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini ta`minlash uchun quyidagi nazorat turlari o`tkaziladi:
Joriy nazorat (JN)-talabaning fan mavzulari bo`yicha bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va bahoalash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg’ulotlarda og’zaki so`rov, test o`tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish, mashqlar bajarish va shu kabi boshqa shakllarda o`tkazilishi mumkin.
Oraliq nazorat (ON)-semestr davomida o`quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o`z ichiga olgan) bo`limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o`tkaziladi va shakli (yozma va test) o`quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Yakuniy nazorat (YN)- semestr yakunida muayyan fan bo`yicha nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarni talabalar tomonidan o`zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o`tkaziladi.
ON o`tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o`tkaziladi.
Oliy ta`lim muassasi rahbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo`limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YN ni o`tkazish jarayoni muntazam ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda YN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YN qayta o`tkaziladi.
Talabaning bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat qilio`ning reyting tizimi asosida talabaning fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
“Bolalar adabiyoti” fani bo`yicha talabalarning semestr davomidagi o`zlashtirish ko`rsatkichi “5”, “4”, “3” baholi tizimda baholanadi.
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
“5” baho
|
Xulosa qila oladi, ijodiy fikrlaydi, mustaqil fikrlaydi, amalda qo`llay oladi, moshiyatini tushunadi, yorqin aytib beradi, tassavurga ega.
|
“4” baho
|
Mustaqil fikrlaydi, amalda qillaydi, aytib bera oladi, tassavurga ega.
|
“3” baho
|
Mohiyatini tushunadi, aytib bera oladi, tassavurga ega.
|
|
Aniq tassavurga ega emas, bilmaydi, aytib bera olmaydi.
|
Talabalar ON dan to`playdigan ballarning namunaviy mezonlari
Dostları ilə paylaş: |