Mashg`ulot yakuni: 1.Faol ishtirok etgan o`quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi.
Uyga vazifani berilishi: 2. Kelgusi mashg`lotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo`riqnoma beradi.
Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.
1-Mavzu: Oqim bilan ishlaydigon tegirmonlarni ishini o‘rganish. Reja:
1. Tegirmon haqida ma’lumot
2. Maydalash mashinalarining tasnifi va ularning ishlash ihlash tartibi 3. Sharli tegirmon
4. Barabanli tegirmon
Har yili yuz millionlab tonna materiallarni, xomashyo, yoqilg’i va nim tayyor mollarni tuyib maydalashga to’g’ri keladi. Bu jarayonga sarflanadigan jami quvvatning bir foizdan kamrog’igina materialni bevosita tuyishga sarflanadi, qolgan qismi esa issiqlik, tovush va hokazolar ko’rinishida isrof bo’ladi.
Materiallarni tuyishdan maqsad uning sirtqi yuzasini oshirishdir, buning natijasida materialning reaksiyaga ta’sirlashish qobiliyati ortadi. Materialni mayin qilib tuyib maydalaydigan mashinaga tegirmon deyiladi.
Materiallarni tuyib maydalaydigan mashinalarning eng ko’p tarqalgan turi zoldirli va quvurli tegirmonlardir. Tegirmonlar yotiq holatda joylashtirilgan va aylanadigan barabandan iborat bo’lib, ichiga materialni ezadigan, yanchadigan jismlar, ya’ni zoldirlar zarur miqdorda solib tuldiriladi.
Tegirmon,zoldirlar, va to’yiladigan xomashyoning og’irligi sapfali podshibniklarga tushibturadi, ularga bundan tashqari, tegirmon aylanganda hosil bo’ladigan qochirma kuch ham ta’siretadi.
Tegirmonning boshidan oxiriga tomon material bo’laklarining yirikligi sekin-asta o’zgara boradi, tegirmonning oxiriga etgan sari material maydaroq bo’laveradi. Misol uchun klenkirni tuyishda zoldirlarning amaldagi sarfi 1,5-2,5 kg/t ni tashkil etadi.Shunga ko’ra tegirmon har gal 150-200 soat ishlatilgandan keyin unga vaqti- vaqti bilan qo’shimcha zoldirlar tashlab turiladi, tegirmon 1800-2000 sopatishlaganidan keyin esa qaytadan zoldirlar solinadi. Tegirmonning tayyor mahsulot bo’shatib olinadigan qismi bilan elagi korpusga qimirlamaydigan qilib biriktirilgan metal g’ilof ichiga joylashgan; xomashyoni tuyish uchun quruq usul qo’llanilganda mazkur g’ilof tegirmon ichidagi havoni so’rib chiqaradigan quvurga ulanadi. Tegirmondagi havoni so’radigan va tozalaydigan tizim spirasion tizim deb ataladi. Bu tizimga havo ortiqcha so’rilmasligi uchun qo’zg’almaydigan g’ilof bilan tegirmonning aylanib turadigan qismlari orasidagi tirqishni soddalashtirish zarur.
Rudalarni maydalash amalga oshiriladigan apparatlar maydalagichlar deyiladi. Bu apparatlar bo‘linish ta’sirini hosil qiluvchi mexanizmning tuzilishi va mineral agregatiga ta’sir qilish usuli: qisqa ta’sir qiluvchi dinamik yuk-zarba, asta-sekin kuch quyish - ezish va parchalash, abraziv bo‘linish - ishqalanish va boshqalar bilan bir-biridan farq qiladi.
Bo‘linish (uzilish) ni quyidagi mexanizmlar sodir etadi: katta konus ichida aylanadigan ikkinchi konus; tekis yuzali yoki tishli valok; qaytarma-ilgarilama harakatlanuvchi plitalar; bolg’achalar; ruda bo‘laklarini irg’ituvchi va ularni qaytaruvchi plitalarga urib aylanuvchi rotorlar va x.k.
Rudaning mustahkamligi, qovushqoqligi, bo‘laklarning kattaligi va boshqa xususiyatlarga qarab maydalash uchun tashqi ta’sirning biron-bir samaraliroq usuli tanlanadi.
Maydalagichlar 4 ta asosiy guruhga bo‘linadi:
- jag’li maydalagichlar - mahsulotni maydalash davriy ravishda qo‘zg’aluvchi va qo‘zg’almas, tekis yoki botiq chiziqli yuz orasida sodir bo‘ladi;
- konusli maydalagichlar - mahsulot uzluksiz ravishda ikkita (birini ichida ikkinchisi aylanuvchi) konus yordamida maydalaniladi;
- valokli maydalagichlar - mahsulot ikkita bir-biriga qarama-qarshi harakatlanuvchi silliq yoki tishli tsilindrik valoklar orasida ezilib maydalaniladi;
- zarbli maydalagichlar - ruda bo‘laklar katta tezlik bilan harakatlanuvchi maxsus detallar, masalan, bolg’achalar zarbi ta’sirida maydalanadi.
Masalan, agar ruda mustahkam bo‘lsa, uni maydalashning eng qulay usuli ezish yoki zarba hisoblanadi. Ruda bo‘laklarida ko‘p darzlar bo‘lib, u murt bo‘lsa uni
zarba ostida maydalash afzalroq, biroq rudaning qovushqoqligi yuqori bo‘lsa, zarba ta’sirida maydalashning samarasi keskin kamayadi.
Odatda maydalashning quruq usuli qo‘llaniladi. Agar ruda tarkibida loy bo‘lsa, (masalan, marganetsli, qo‘ng’ir temir toshli ruda), ho‘l usulda maydalanadi.
Maydalash usulini tanlash rudaning qimmati va maydalangan mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablarga ham bog’liq. Masalan, agar ruda mo‘rt bo‘lsa va qimmatbaho foydali minerallarni saqlasa, uni maydalash vaqtida iloji boricha o‘ta yanchiluvchanlikka, va tsianlanishga olib keluvchi ishqalanishning oldini olish kerak.
Rangli va qora metallar rudalarini yirik, o‘rta va mayda maydalashda yuqori mehnat unumdorligi bilan ajralib turuvchi konusli maydalagichlar ishlatiladi.
Qattiq va o‘rtacha qattiqlikka ega jinslarni yirik, o‘rtacha va mayda maydalashni ezish printsipi bo‘yicha ishlovchi (yuzli, konusli va tekis valokli) maydalagichlarda maydalash maqsadga muvofiqdir. Yumshoq va mo‘rt jinslarni yirik maydalash parchalash printsipi bo‘yicha ishlovchi (masalan, tishli valokli) maydalagichlarda, ularni o‘rta va mayda maydalashni zarba ta’sirida ishlovchi (masalan, bolg’achali) maydalagichlarda maydalash tavsiya qilinadi.
Sharli tegirmonlar sement, keramika va shisha ishlab chiqarishda materiallarni dag‘al va mayin tuyish uchun ishlatiladi. Sharli tegirmonlarning ishlash moxiyati aylanayotgan baraban ichidagi materialni markazdan qochuvchi kuch ta’sirida yuqoriga ko‘tarilgan va erkin tushayotgan maydalovchi jismlar bilan zarb va qisman ishqalanish kuchi vositasida maydalashdan iborat.
Sharli tegirmonlar asosiy belgilariga ko‘ra quyidagicha tavsiflanadi:
A) Barabanning tuzilishi va to‘siqlarning mavjud yoki yo‘qligiga qarab;
a) Silindrsimon, ular qisqa va uzun, ichki to‘siqli va to‘siqsiz, bir yoki ko‘p kamerali;
b) Konussimon.
B) Silindrsimon va konussimon tegirmonlar po‘lat shar yoki sterjen, chaqmoq toshli shag‘al, zoldir va boshqa maydalovchi jismlar bilan to‘ldiriladi.
Sharli tegirmonlar ishlash usuliga ko‘ra:
a) davriy;
b) uzluksiz tarzda ishlaydiganlarga ajratiladi.