Tasdiqlayman” Kasbi oziq-ovqat sanoati texnikumi direktori B. Ashurov


Bajarish jarayonini kuzatadi, maslaxatlar beradi



Yüklə 2,11 Mb.
səhifə7/75
tarix14.12.2023
ölçüsü2,11 Mb.
#177953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
Majmua

Bajarish jarayonini kuzatadi, maslaxatlar beradi.
11. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan ishitishlarini va savolar berishlarini, Shu bilan birga o`zaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi.
Javoblarni to`ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi:
12. Guruhlar ishini o`zaro baholashni o`tkazadi, mavzuning har bir qismi bo`yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayt etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamyatlari bilan bog`lab mavzuni yakunlaydi.

Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar.
Mavzu nomini va rejasini yozib oladilar. Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.Yozib oladilar. Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar. Topshiriqlarni yozib oladilar.
Kichik guruhlarga bo`linadilar.
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Har bir guruh o`z topshiriq varaqlari bo`yicha faoliyatini boshlaydi.
Har bir guruh sardorlari chiqib o`z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo`shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o`zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.

III Yakuniybosqich
(5 daqiqa)

Mashg`ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o`quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi.
Uyga vazifani berilishi:
2. Kelgusi mashg`lotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo`riqnoma beradi.

Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.



2-Mavzu: Aralashtirish
Reja:
1. Aralashtirish jarayoni haqida tuShuncha
2. Arashtirgich turlari
3. Mexanik aralashtirishdagi quvvat sarfi
4. Quvvat mezonining ifodalanishi
Aralashtirish jarayoni haqida tushuncha
Gidromexanik jarayonni asosiy mezoni suyuqlik bilan bog'liq sistemalardagi aralashtirish bo'lib, muhitga tashqi kuch ta'sirida qo'shimcha impuls berishga asoslangan. Aralashtirish jarayonida qurilma hajmidagi oquvchan muhit zarrachalarini bir–biriga nisbatan ko'p marotaba siljitish sodir bo'ladi.
Aralashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlatiladi: a) qattiq zarrachalarni suyuqlik hajmida bir tekisda tarqatish (suspenziya hosil qilish); b) suyuqlik zarrachalarini tegishli o'lchamlargacha maydalash va ularni suyuqlik muhitda bir tekisda tarqatish (emulsiya hosil qilish); v) gaz zarrachalarini suyuqlikda bir tekisda tarqatish (aerasiya); g) suyuqlikni isitish yoki sovutish jarayonlarini tezlashtirish; d) aralashadigan sistemalardagi (masalan, qattiq materiallarni suyuqlik yordamida eritish) modda almashinishini tezlashtirish.
Kimyo sanoatida aralashtirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: 1) mexanik; 2) sirkulyasion; 3) turbulizator yordamida; 4) pnevmatik. Bu usullarni tanlashda quyidagi shart–sharoitlar hisobga olinadi: aralashtirishning maqsadi; jarayonning asosiy xarakteristikalari (harorat, bosim); aralashadigan muhitning xossalari; qurilmaning ish unumdorligi.
Sanoat ishlab chiqarishlarida aralashtirgichlar uch turga bo'linadi (8.1–rasm): 1) parrakli; 2) propellerli (vintli); 3) turbinali.
Parrakli aralashtirgich bir yoki bir nechta parrakdan iborat bo'ladi (8.1, 8.2 –rasmlar):

8.1– rasm. Aralashtirgich turlari:
a- parrakli; b- propellerli; v- turbinali.

Parrakli aralashtirgichning turlari:
a - ramali; b - yakorli; v - yaproqsimon.
Bir parrakli oddiy aralashtirgichlar qovushqoqligi kichik bo'lgan suyuqliklarni aralashtirish uchun ishlatiladi. Qovushqoqligi katta bo'lgan suyuqliklarni aralashtirish uchun ko'p parrakli va maxsus tayyorlangan aralashtirgichlardan foydalaniladi. Cho'kma ajratuvchi sistemalarni aralashtirish uchun yakorli aralashtirgichlar ishlatiladi. Parrakli aralashtirgichlar minutiga martagacha aylanishi mumkin, odatda
Propellerli aralashtirgichning asosiy ish organi o'qqa urnatilgan propeller (yoki vint) dan iborat (8.3- rasm). O'q gorizontal, vertikal yoki qiya o'rnatilgan bo'lishi mumkin.

8.3-rasm. Propellerli aralashtirgich
Vintlar ikki yoki uch qanotli bo'ladi. Qanotlar suyuqlikda xuddi vint kabi harakat qiladi. Propellerli aralashtirgichlar harakatchan va qovushqoqligi bir oz katta bo'lgan suyuqliklarni aralashtirish uchun ishlatiladi. Vintli aralashtirgich quyidagi kattaliklarga ega: Vint qiya joylashtirilsa, aralashtirgichning samaradorligi ortadi.
Turbinali aralashtirgichning asosiy ish organi trubina g'ildiragi bo'lib, u vertikal o'qqa joylashtirilgan bo'ladi (8.4 – расм).

8.4– расм. Турбинали аралаштиргич турлари.
а) Очиқ тўғри куракчали; б) очиқ қия куракчали; в) ёпиқ турбинали; 1- турбина; 2- йўналтиргич.
Suyuqlik aralashtirgichning markaziy teshikchalaridan kirib, u erda markazdan qochma kuch ta'sirida tezlanish olgan xolda g'ildirakdan radial yo'nalishda chiqib ketadi. G'ildirakda suyuqlik vertikal yo'nalishdan gorizontal yo'nalishga o'tib, undan katta tezlik bilan chiqadi. Bunday suyuqlik aralashtirgich qovushqoqligi kam va katta bo'lgan suyuqliklarni aralashtirish uchun ishlatiladi. Turbinali aralashtirgich uchun va Turbinali aralashtirgichda tarkibida o'lchami gacha etadigan zarrachalari bor suyuqliklarni aralashtirish mumkin.

Aralashtirgich turlari


Kimyo sanoatida bunday aralashtirgichlardan tashqari shnekli, lentali, planetar, vibrasion aralashtirgichlar ham mavjud. Bu aralashtirgichlar nyuton va nonyuton suyuqliklarni aralashtirish uchun qo'llaniladi.
Hamma aralashtirgichlar aylanma harakat tezligining qiymatiga ko'ra ikki turga bo'linadi.: 1) sekin harakat qiluvchi; agar parrak chekkasining aylanma harakat tezligi atrofida bo'lsa, bunday aralashtirgichlar (masalan, yakorli, ramali va boshqa) sekin harakat qiluvchi aralashtirgich qatoriga kiradi. Tez harakat qiluvchi aralashtirgichlarni (masalan, vintli, turbinali va boshqa) aylanma harakat tezligi gacha etib boradi. Muhitdagi gidrodinamik rejimga ko'ra aralashtirgichning harakat qilish tezligini aniqlash mumkin. Turbulent va oraliq rejimda ishlatilayotgan aralashtirgichlar tez harakat qiluvchi, laminar rejimda ishlatilayotgani esa sekin harakat qiluvchi aralashtirgichlar deyiladi.
Aralashayotgan suyuqlikning gidrodinamik rejimi Reynolds mezonining boshqa ko'rinishi bilan aniqlanadi:
(8.1)
bu yerda aralashtirgichning aylanish chastotasi, aralashayotgan suyuqlikning zichligi, aralashayotgan suyuqlikning qovushqoqligi, aralashtirgichning diametri,

Mexanik aralashtirishdagi quvvat sarfi


Aralashtirgichning aylanishi uchun zarur bo'lgan energiya ishqalanish kuchlarini engishga hamda uyurmalarning hosil bo'lishi va ularning buzilishiga sarflanadi. 5.5 – rasmda ichida aralashtirgich o'rnatilgan idish tasvirlangan:








Mexanik aralashtirishdagi energiya sarfini aniqlash uchun o'lchamlarni analiz qilish usulidan foydalaniladi. Aralashtirgichning ishlashi uchun zarur bo'lgan suyuqlikning zichligi va qovushqoqlik , aylantirgichning aylanish chastotasi va uning diametri ga bog'liq. Bu kattaliklar o'rtasidagi kriterial bog'liqlikni aniqlaymiz.




5.5–rasm. Aralashtirish
uchun energiya sarfini aniqlash.

Dastlabki funksional bog'lanish quyidagicha:


(8.2)


yoki (8.3)

bu yerda sonli koeffisient va daraja ko'rsatkichlari.


(8.2) tenglamada ta o'zgaruvchi kattalik bor. Demak, teoremaga asosan, mezonlarning soni 5 – 3 = 2. Ushbu tenglama tarkibidagi kattaliklarning o'lchov birliklarini yozamiz:
;
;
;
O'lchamlarning tenglamasini tuzamiz:

Ushbu tenglamani boshqacha ko'rinishga keltiramiz:

Asosiy birliklar uchun tenglamalar sistemasini tuzamiz:

Ushbu tenglamalarga kirgan qiymatlarni х orqali ifodalab quyidagilarga erishamiz:

(8.3) tenglamani quyidagi ko'rinishda qayta yozamiz:



yoki
(8.4)

Quvvat mezonining ifodalanishi


O'lchamsiz kompleks Eyler mezoni yoki quvvat mezoni deb ataladi. bilan, mezon Reynolds mezonining boshqa bir ko'rinishi bo'lib, bilan belgilanadi:
(8.5)
(8.6)
Demak, mexanik aralashtirish paytidagi energiya sarfining umumiy tenglamasi quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:
СreRм (8.7)
Koeffitsiyent va daraja ko'rsatkichi ning qiymatlari tajriba yo'li bilan aniqlanib aralashtirgichning turiga, qurilmaning tuzilishiga va aralashtirish jarayonining rejimiga bog'liq bo'ladi.
Agar qurilmadagi suyuqlikning balandligi uning diametri ga teng bo'lmasa, (8.4) tenglama bo'yicha aniqlangan quvvatning qiymati tuzatish koeffisientiga ko'paytirilishi kerak:
(8.8)

NAZORAT SAVOLLARI


1. Aralashtirish jarayoni nima uchun qo'llaniladi?
2. Aralashtirishning necha xil usuli mavjud?
3. Aralashtirgich turlari haqida tuShuntiring.
4 Aylanma harakat tezligiga ko'ra aralashtirgichlar necha turga bo'linadi?
5. Aralashtirish uchun energiya sarfi qanday aniqlanadi?
6. O'lchamsiz kompleks yoki quvvat mezonini aniqlash formulasini tuShuntiring.



Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin