2.3 Ko‘p o‘lchovli tasodifiy miqdorlar va ularning birgalikdagi taqsimot funksiyasi Bir o’lchovli tasodifiy miqdorlardan tashqari, mumkin bo’lgan qiymarlari 2 ta, 3 ta, ..., n ta son bilan aniqlanadigan miqdorlarni ham o’rganish zarurati tug’iladi. Bunday miqdorlar mos ravishda ikki o’lchovli, uch o’lchovli, …, n o’lchovli deb ataladi.
Faraz qilaylik, ehtimollik fazosida aniqlangan X1 , X2 ,..., Xn tasodifiy miqdorlar berilgan bo’lsin.
vektorga tasodifiy vektor yoki n-o’lchovli tasodifiy miqdordeyiladi.Ko’p o’lchovli tasodifiy miqdor har bir elementar hodisa ga n ta X1 , X2 ,..., Xn tasodifiy miqdorlarning qabul qiladigan qiymatlarini mos qo’yadi.
n o’lchovli funksiya tasodifiy vektorning taqsimot funksiyasi yoki tasodifiy miqdorlarning birgalikdagi taqsimot funksiyasi deyiladi.
Qulaylik uchun taqsimot funksiyani indekslarini tushirib qoldirib ko’rinishida yozamiz. funksiya tasodifiy vektorning taqsimot funksiyasi bo’lsin. Ko’p o’lchovli taqsimot funksiyaning asosiy xossalarini keltiramiz.
: ya’ni taqsimot funksiya chegaralangan.
2. funksiya har qaysi argumenti bo’yicha kamayuvchi emas va chabdan uzluksiz.
3. Agar biror bo’lsa u holda
(2.2.1)
3-xossa yordamida keltirib chiqarilgan (2.2.1) taqsimot funksiyaga marginal(xususiy) taqsimot funksiya deyiladi. tasodifiy vektorning barcha marginal taqsimot funksiyalari soni
ga tengdir.
Masalan, (n=2) ikki o’lchovli tasodifiy vektorning marginal taqsimot funksiyalari soni ta bo’lib, ular quyidagilardir. ; .
Soddalik uchun n=2 bo’lgan holda, ya‘ni (X,Y) ikki o’lchovlik tasodifiy vektor bo’lgan holni ko’rish bilan cheklanamiz.