Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh. Kadirov ” ” 2022-yil Modul / fan sillabusi



Yüklə 265,5 Kb.
səhifə1/10
tarix08.09.2023
ölçüsü265,5 Kb.
#141999
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1.06.O`zbek adabiyoti 1-kurs. Sillabus





TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X.Sh.Kadirov ______________

”_____”____________ 2022-yil





Modul / fan sillabusi
60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti



Fan/modul:

O‘zbek adabiyoti

Fan/modul turi:

Majburiy fan

Fan/modul kodi:

O'A105

Yil:

2022-2023

Kursga ajratilgan semestr:

2

Ta’lim shakli:

Kunduzgi

Mashg‘ulotlar shakli va jami semestrga ajratilgan soatlar:

jami:

1

2

3

4

5

6

7

8

570




150

180

120

120










Jami auditoriya mashg‘ulot soatlari:

270




60

90

60

60










Ma’ruza

80




20

20

20

20










Amaliy mashg‘ulotlar

120




20

40

20

40










Seminar mashg‘ulotlar

70




20

30

20

-










Mustaqil ta’lim

300




90

90

60

60










Kredit miqdori:

19




5

6

4

4










Baholash shakli:

Sinov va imtihon

Kurs tili:

O‘zbek


TOSHKЕNT – 2022


  1. Fan/modulning maqsadi (MM)

F/MM1

“O‘zbek adabiyoti” fani 60111400 – “O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo’nalishida talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni, o`zbek mumtoz adabiyotining dolzarb muammolari, adabiy-madaniy muhit haqidagi qarashlar va ularga munosabat, o`zbek mumtoz adabiyotiga kirish, tarixiy-adabiy jarayonning taraqqiyot qonuniyatlari va ijtimoiy muhit bilan bog`liqligi kabi masalalarga doir ma’lumotlarni qamrab oladi.
O`zbek tili va adabiyoti yo`nalishi talabalarni ilmiy-pedagogik faoliyatiga tayyorlashda mazkur fan muhim ahamiyatga ega.
Fanni o‘qitishdan maqsad – “O‘zbek adabiyoti” eng qadimgi davrlardan то XX asr oxirlarigacha, shu jumladan, mustaqillik davrida yaratilgan yuksak badiiy asarlarni, muayyan bir davrda yashab faoliyat yuritgan adabiyot namoyandalari – shoir va yozuvchilar hayoti va ijodiy merosi haqida tugal maʼlumotlar berish, adabiyot tarixini davrlashtirib oʼrganish. Har bir davrga xos ijtimoiy-siyosiy, madaniy aloqalar va adabiy muhit haqida maʼlumotlar berish, shu asosda adabiyot tarixining taraqqiyot tamoyillari, o‘zbek badiiy tafakkuri taraqqiyoti tadrijini o‘rganishni va o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.




  1. Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar

2

“O`zbek adabiyoti” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida mumtoz adabiyot tushunchasi; mumtoz poetika, mumtoz ijodkorlarning hayot yo’li va ijodiy faoliyati; ularning millat va jahon madaniyati rivojiga qo’shgan hissasi, o’ zbek davlatchiligi va ma’naviyati tarixida tutgan o’rni haqida bilimlarni o’rgatishdan iborat.




  1. Ta’lim natijalari (TN)




TN1

mumtoz adabiyot tushunchasi, mumtoz poetika, mumtoz ijodkorlarning hayot yo’li va ijodiy faoliyati, ularning millat va jahon madaniyati rivojiga qo’ shgan hissasi, o’zbek davlatchiligi va ma’naviyati tarixida tutgan o’rni haqida, talaba o’zbek adiblari haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishi, ular ijodini o’rganish, to’g’ri tahlil va talqin qila olish bilim va ko’nikmalarni




TN2

mumtoz adabiyot bilan bog’liq tushuncha va tamoyillar, mumtoz poetika asoslari: balogat ilmi, ilmlar uchligi, mumtoz asarlarning mazmun-mohiyati, majoz tarzida yozilgan she’rlarda qo’llanilgan ilmiy, diniy-asotiriy va tasavvufiy istilohlarni sharhlashni




TN3

zamonaviy talablar asosida o‘zbek adabiyoti darslarini samarali tashkil qilish yo’llarini




TN4

ta’lim sohasidagi innovatsion faoliyat asoslarini




TN5

o‘zbek adabiyoti fanini o’qitishda hamda ilmiy tadqiqotlar olib borishda qo’llaniladigan zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalardan xabardor bo’lishi




TN6

o‘zbek adabiyotini o’qitishda qo’yiladigan hozirgi zamon talablarini bilishi




TN7

o‘zbek adabiyoti fanining mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligi va izchilligini ta’minlash




TN8

mashg`ulotlarda ta’lim resurslaridan samarali foydalanish




TN9

o’qitish mazmuniga oid axborotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va o’quvchilarga yetkazish ko’nikmalariga ega bo’lishi




TN10

o‘zbek adabiyoti darslarida zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llash




TN11

o‘zbek adabiyoti darslariga qo’yiladigan zamonaviy talablar asosida darslarni tashkil etish, mumtoz asarlar tili, ilmiy-filologik, tarixiy, irfoniy, diniy-falsafiy asarlarning o’ ziga xos jihatlari, ma’no qatlamlari, ushbu asarlarning o’zbek va jahon adabiyotining keyingi rivojiga ko’ rsatgan ta’siri bilan bog’liq masalalarni bilish malakalariga ega bo’lishi




TN12

zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalardan kasbiy faoliyatda foydalanish




TN13

o‘zbek adabiyoti yutuqlari, fanning texnika va ishlab chiqarishga qo’llanishi bo’yicha tadqiqotlaridan xabardor bo’lish







  1. Fan / modul mazmuni




Mashg‘ulotlar shakli:
ma’ruza (M) II-semestr

Dars soat





I – MODUL. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar.
Adabiyot – so‘z san’ati, hayotning badiiy in’ikosi ekanligi. O‘zbek adabiyoti o‘zbek xalqining eng qadimgi davrlardan hozirgacha bo‘lgan badiiy hayotini o‘rgatuvchi fan sifatida. Qadimgi mif va afsonalar; qahramonlik eposi; qadimgi qo‘shiq va lirik she’rlar.

2





Eng qadimgi yozma adabiy yodgorlik
Avesto. “Avesto” Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak yozma yodgorligi, zardushtiylikning muqaddas kitobi ekanligi. Zardusht va zardushtiylikning paydo bo‘lishi, o‘z davri hayoti uchun progressivligi. “Avesto”ning saqlanib qolgan qismlari va ilmiy ahamiyati.

2





O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklari
O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklari yaratilish tarixi va tarqalish o‘rni. “Kul-Tegin” va “Tunyuquq” bitiktoshlarining mazmuni, ulardagi qahramonlik, xalq mustaqilligi, yurt daxlsizligi uchun kurash motivlari va bu g’oyaning bugungi kun bilan hamohanglik jihati.



2





Islomgacha bo‘lgan davrdagi qadimgi turkiy adabiyot.
Moniylik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot. Budda oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot. “Oltun yorug‘”ning yaratilishi, tarjimalari. Irq bitiglari - adabiy manba sifatida. “O‘g‘uznoma” dostoni.



2





Ilk uyg‘onish davri adabiyoti.
Xorazmiyning ilmiy faoliyati. Ahmad al-Farg‘oniyning faoliyati. Forobiyning fanga qo‘shgan hissasi. Ibn Sinoning adabiyotga qo‘shgan hissasi. Abu Rayhon Beruniy va uning ilmiy, adabiy faoliyati. Rudakiyning O‘rta Osiyo adabiy muhitidagi o‘rni. Firdavsiyning adabiyotga qo‘shgan hissasi.

2





X – XII asrlar adabiyoti
Davr adabiy- madaniy hayoti. Ilm-fan, madaniyat va san’at rivoji haqida ma’lumot.

2





Yusuf Xos Hojib va uning “Qutadg’u bilig” asari
Asar turkiy yozma adabiyotning ilk yirik adabiy namunasi sifatida. Asarning sujeti va kompozitsiyasi. Asarda markazlashgan davlat va odil shoh g’oyasining ifodalanishi. Asarda komil inson qiyofasi. Asardagi qasida va to‘rtliklar.



2





Mahmud Koshg’ariy va uning “Devoni lug’otit-turk” asari.
Asarning adabiyotga bevosita aloqador jihatlar: maqollar, hikmatli so‘zlar, she’riy parchalar, ularning mazmun mohiyati, ularda xalq donoligi, orzu istaklariga xos jihatlari.

2





Ahmad Yugnakiy va uning “Hibatul – haqoyiq” asari.” Hibatul-haqoyiq” badiiy san’at va adabiy tilning nayob namunasi sifatida. Dostonning tuzilishi va g’oyaviy-badiiy xususiyatlari.








Ahmad Yassaviy va uning hikmatlar to‘plami
Yassaviy hikmatlarining pandnoma harakteri va mazmun-mohiyati.



2







JAMI


Yüklə 265,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin