Ta’lim natijalari (TN)
|
|
TN1
|
mumtoz adabiyot tushunchasi, mumtoz poetika, mumtoz ijodkorlarning hayot yo’li va ijodiy faoliyati, ularning millat va jahon madaniyati rivojiga qo’ shgan hissasi, o’zbek davlatchiligi va ma’naviyati tarixida tutgan o’rni haqida, talaba o’zbek adiblari haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishi, ular ijodini o’rganish, to’g’ri tahlil va talqin qila olish bilim va ko’nikmalarni
|
|
TN2
|
mumtoz adabiyot bilan bog’liq tushuncha va tamoyillar, mumtoz poetika asoslari: balogat ilmi, ilmlar uchligi, mumtoz asarlarning mazmun-mohiyati, majoz tarzida yozilgan she’rlarda qo’llanilgan ilmiy, diniy-asotiriy va tasavvufiy istilohlarni sharhlashni
|
|
TN3
|
zamonaviy talablar asosida o‘zbek adabiyoti darslarini samarali tashkil qilish yo’llarini
|
|
TN4
|
ta’lim sohasidagi innovatsion faoliyat asoslarini
|
|
TN5
|
o‘zbek adabiyoti fanini o’qitishda hamda ilmiy tadqiqotlar olib borishda qo’llaniladigan zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalardan xabardor bo’lishi
|
|
TN6
|
o‘zbek adabiyotini o’qitishda qo’yiladigan hozirgi zamon talablarini bilishi
|
|
TN7
|
o‘zbek adabiyoti fanining mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligi va izchilligini ta’minlash
|
|
TN8
|
mashg`ulotlarda ta’lim resurslaridan samarali foydalanish
|
|
TN9
|
o’qitish mazmuniga oid axborotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va o’quvchilarga yetkazish ko’nikmalariga ega bo’lishi
|
|
TN10
|
o‘zbek adabiyoti darslarida zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llash
|
|
TN11
|
o‘zbek adabiyoti darslariga qo’yiladigan zamonaviy talablar asosida darslarni tashkil etish, mumtoz asarlar tili, ilmiy-filologik, tarixiy, irfoniy, diniy-falsafiy asarlarning o’ ziga xos jihatlari, ma’no qatlamlari, ushbu asarlarning o’zbek va jahon adabiyotining keyingi rivojiga ko’ rsatgan ta’siri bilan bog’liq masalalarni bilish malakalariga ega bo’lishi
|
|
TN12
|
zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalardan kasbiy faoliyatda foydalanish
|
|
TN13
|
o‘zbek adabiyoti yutuqlari, fanning texnika va ishlab chiqarishga qo’llanishi bo’yicha tadqiqotlaridan xabardor bo’lish
|
|
Fan / modul mazmuni
|
|
Mashg‘ulotlar shakli:
ma’ruza (M) II-semestr
|
Dars soat
|
|
|
I – MODUL. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar.
Adabiyot – so‘z san’ati, hayotning badiiy in’ikosi ekanligi. O‘zbek adabiyoti o‘zbek xalqining eng qadimgi davrlardan hozirgacha bo‘lgan badiiy hayotini o‘rgatuvchi fan sifatida. Qadimgi mif va afsonalar; qahramonlik eposi; qadimgi qo‘shiq va lirik she’rlar.
|
2
|
|
|
Eng qadimgi yozma adabiy yodgorlik
Avesto. “Avesto” Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak yozma yodgorligi, zardushtiylikning muqaddas kitobi ekanligi. Zardusht va zardushtiylikning paydo bo‘lishi, o‘z davri hayoti uchun progressivligi. “Avesto”ning saqlanib qolgan qismlari va ilmiy ahamiyati.
|
2
|
|
|
O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklari
O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklari yaratilish tarixi va tarqalish o‘rni. “Kul-Tegin” va “Tunyuquq” bitiktoshlarining mazmuni, ulardagi qahramonlik, xalq mustaqilligi, yurt daxlsizligi uchun kurash motivlari va bu g’oyaning bugungi kun bilan hamohanglik jihati.
|
2
|
|
|
Islomgacha bo‘lgan davrdagi qadimgi turkiy adabiyot.
Moniylik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot. Budda oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot. “Oltun yorug‘”ning yaratilishi, tarjimalari. Irq bitiglari - adabiy manba sifatida. “O‘g‘uznoma” dostoni.
|
2
|
|
|
Ilk uyg‘onish davri adabiyoti.
Xorazmiyning ilmiy faoliyati. Ahmad al-Farg‘oniyning faoliyati. Forobiyning fanga qo‘shgan hissasi. Ibn Sinoning adabiyotga qo‘shgan hissasi. Abu Rayhon Beruniy va uning ilmiy, adabiy faoliyati. Rudakiyning O‘rta Osiyo adabiy muhitidagi o‘rni. Firdavsiyning adabiyotga qo‘shgan hissasi.
|
2
|
|
|
X – XII asrlar adabiyoti
Davr adabiy- madaniy hayoti. Ilm-fan, madaniyat va san’at rivoji haqida ma’lumot.
|
2
|
|
|
Yusuf Xos Hojib va uning “Qutadg’u bilig” asari
Asar turkiy yozma adabiyotning ilk yirik adabiy namunasi sifatida. Asarning sujeti va kompozitsiyasi. Asarda markazlashgan davlat va odil shoh g’oyasining ifodalanishi. Asarda komil inson qiyofasi. Asardagi qasida va to‘rtliklar.
|
2
|
|
|
Mahmud Koshg’ariy va uning “Devoni lug’otit-turk” asari.
Asarning adabiyotga bevosita aloqador jihatlar: maqollar, hikmatli so‘zlar, she’riy parchalar, ularning mazmun mohiyati, ularda xalq donoligi, orzu istaklariga xos jihatlari.
|
2
|
|
|
Ahmad Yugnakiy va uning “Hibatul – haqoyiq” asari.” Hibatul-haqoyiq” badiiy san’at va adabiy tilning nayob namunasi sifatida. Dostonning tuzilishi va g’oyaviy-badiiy xususiyatlari.
|
|
|
|
Ahmad Yassaviy va uning hikmatlar to‘plami
Yassaviy hikmatlarining pandnoma harakteri va mazmun-mohiyati.
|
2
|
|
|
JAMI
|
|