DMTTda 9 aprel kuni bobomiz Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag’ishlanib bayram dasturi bo’lib o’tdi.
Tadbirga DMTT xodimlar, faxriy ustozlar va tarbiyalanuvchilar ishtirok etdilar.
Bayramda tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari o’zlarining chiqishlari bilan ishtirok etdilar.
Tadbirni DMTT katta guruh tarbiyachisi ochib berdi va tabrik uchun so’z navbatini DMTT rahbariga berdi. U o’z so’zida barchani tabriklash bilan birga, bobomiz Amir Temur hayoti to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tdi.
Shundan so’ng, MTT etakchisi, tadbir ishtirokchilarni taklif etdi.
Ular dastlab Amir Temur haqida she’rlar aytdilar.
Tadbir ishtirokchisi chiqib, bobomiz hayoti haqida gapirib berdi.
Ishtirokchilar bobomiz Amir Temur o’gitlaridan namunalar keltirishdi.
Sahna ko’rinish orqali bobomizning yurt uchun ko’rsatgan qaxramonliklarini namoyon qilib berdilar.
Tadbirda chiroyli raqslar ham namoyish etildi. Bu tadbir ko’tarinki ruhda o’tkazildi. So’ngra tadbir ishtirokchilari DMTT ma’muriyati tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Tadbirdan so’ng barchaga Amir Temur haqidagi video film namoyish etildi.
Shu kuni barcha guruhlarda bobomiz o’gitlaridan tarbiyalanuvchilarga aytib, mana shu o’gitlarga amal qilishlari haqida tushunchalar berildi.
2023-yil 8-may kuni soat 10:00 da DMTTda “Xotira va qadrlash kuni”ga faxriy tarbiyachilar xotirasiga bag’ishlab tadbir o’tkazildi.
Tadbirga qishloqdagi faxriy tarbiyachilar, mexnat faxriylari va faollari, baynalminalchi jangchilar taklif etildilar.
Tadbirda DMTTning jamoasi va tarbiyalanuvchilar ishtirok etdilar. Yig’ilishni DMTT direktori ochib, 9-may “Xotira va qadrlash kuni” to’g’risida ma’ruza qildi. Shundan so’ng u so’zni tadbir mexmonlariga berdi. Mehmonlar so’zga chiqib o’zlarining xayot yo’llari haqida, xayotiy tajribalari, kechinmalari haqida tarbiyalanuvchilarga so’zlab berdilar. Tarbiyalanuvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mexmonlarga savol berdilar. Faxriy o’qituvchilar esa avvalgi ta’lim bilan hozirgi ta’lim o’rtasidagi tafovvut haqida alohida to’xtalishib hozirgi yoshlarga yaratilayotgan sharoitlarni ko’rib zamonga shukuronalar keltirishdi. Hamda tarbiyalanuvchilarni ta’lim –tarbiyali bo’lishga, kelajakda a’lo baxolarga o’qib yurtimiz tayanchi bo’lishga chaqirdilar.
O’tganlar xotirasi esa bir daqiqalik sukut saqlash orqali yod olindi.
Hayr bog’cham-Salom MTT tadbiri o’tkazildi.
Tadbirda DMTT jamoasi, tarbiyalanuvchilar va Tayyorlov guruh
ota-onalari ishtirok etdilar.
Markaziy devorga “Xayr bog’cham, bog’cham” yozuvlari aks ettirilgan. Atroflariga gullar qo’yilgan. Bolalar sahnaga qo’llarida gul va bayroqchalar bilan kirib keladilar
So’ng “ O’zbekiston Davlat Madhiyasini tingladilar
Bayramni MTT direktori ochib berdi. U O’z so’zida Hurmatli ota - onalar va mehmonlar, bog’cha xodimlariyu, jajji ukajonlar, qalbi qaynoq murabbiyalar! Mana, bugun biz, MTTga ketish oldidan xayrlashish kechasiga yig’ilganmiz. Bugungi bayram bizning yodimizdan chiqmaydi deb o’z so’zini yakunladi.
Shundan so’ng Bolalar “ MTT nimani o’rgatadi “ qo’shig’ini ijro etib beradilar.
Tarbiyalanuvchi qizlar “ Atirgul “ raqsini ijro etib beradilar.
MTTga tayyorlov guruhi bolalari bog’cha ma’muryatining maqtov yorliqlari va Esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar .
Bayram dasturi “ Ommaviy raqs “ bilan yakuniga yetdi