Fan o’qituvchisi: A.Umarov
Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi. ‘’Boburnoma’’ asari tahlili
Dars rejasi:
1. Bobur hayoti haqida
2. Bobur ijodiy merosi
Bobur (arabcha, sher) 1483 Yil 14 fevralda Farg‘ona viloyatining poytaxti Andijonda tug‘ilgan. Otasi Umarshayx 1494 yil 9 iyunda Axsi ko‘rg‘onida jardan kabutarxonasi bilan kulab, halok bo‘ladi (39 yoshida). Boburning shajarasi quyidagicha: Umarshayx Mirzo - Abdusaid Mirzo - Sulton Muhammad Mirzo - Mironshoh - Lmir Temur. Onasi Qutlug‘ Nigorxonimning otasi Toshkent hokimk YUnusxon esa o‘zbeklashgak mo‘g‘ul urug‘idan bo‘lib, 12 avlod bilan CHingizxonga tugashgan. Bobur uni «Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxon naslidandur» deb tanishtiradi. Umarshayx Mirzoniig uch o‘g‘li Z.M Bobur, Jahongir Mirzo, Nosir Mirzo), besh qizi (Xonzodabegim, Mexrbonubegim, Shaxrbonubegim, Yodgor Sultonbegim, Ruqiya Sultonbegim) bo‘lib, Bobur o‘g‘illarining eng kattasi edi. Opasi -o‘zidan besh yosh katta Xonzodabegim bilan bir onadan edilar. Otasi vafotidan so‘ng Andijon taxtiga Bobur o‘tiradi. U taxt uchun tinimsiz kurashib, 1497, 1500 yillarda Samarqandni, 1502-1503 yillarda O‘sh va uning atroflarini egallab oladi, ammo Ahmad Tanbaldan yengiladi. Bobur Samarqandda ekanligida Alisher Navoiydan xat oladi. Darhol unga javob yozib, orqasiga she’r ham bitib yuboradi. SHayboniyxon siquvi natijasida Bobur Hindiston tomonga chekinib, Hindistonga 1519-1525 yillar orasida 5 marta yurish qiladi, 1526 yil 21 aprelda Hind Sultonn Ibroxim Lo‘diyning qo‘shinini engadi va shu tariqa Shimoliy Hindistonni Boburiylar sulolasining hukmronligaga asos soladi. Bobur 1530 yil 26 dekabrda Agrada vafot etadi. Uning jasadi Jamna daryosining chap sohilidagi Nurafshon bog‘ining markaziy qismiga dafn etiladi. 1533 yilda esa hoki vasiyatiga muvofiq Qobulga, «Bog‘i Bobur»ga ko‘chiriladi. Boburiylar sulalasi 1483-1858 yillar mobaynida hukm surgan.
Bobur 16-17 yoyshdan boshlab badiiy ijod bilan shug‘ullanadi, o‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozadi. U o‘zbekcha she’rlarini to‘plab 1519 yilda Qobulda («Qobul devoni»), 1528-29 yilda Hindistonda («Hind devoni») devonlar tuzgan. Bizgacha etib kelgan she’rlarining umumiy soni 400 dan oshadi. SHulardan 119 tasi g‘azal, 231 tasi ruboiydir. Bobur lirikasining asosiy janrlari g‘azal, ruboiy va tuyuq bo‘lib, shoir qita, fard kabi janrlarda ham ijod qilgan. Boburning 4 ta o‘g‘li, 3 qizi bo‘lib, shulardan Komron ismli o‘g‘li she’riy devon tuzgan. SHoir she’rlarida Vatan yupqp mavzusi etayugalik qiladi. Z.M.Bobur 20 yoshida «Xatti Boburiy» yozuvini kashf etgan, Xo‘ja Ahrorning «Volidiya» asarini she’riy yo‘l bilan tarjima qilgan.
Asarlari: «Boburnoma», «Mubayyin al-zakot» («3akot bayoni», o‘gli Humoyunga bag‘ishlagan, 1521), «Muxtasar» (1523-1525 y, aruz vazni haqida), «Harb ishi» va «Musiqa ilmi» (bu ikki asar topilmagan), «Qoldimu» radifli g‘azali (1507 yilda Hirot-Qobul yo‘lida yozilgan) va boshqalar.
«Boburnoma» haqida
Bu asar dastlab «Vaqoe’», («Voqealar») deb atalgan. So‘ngroq «Voqeoti Boburiy», «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Boburiya» nomlarini olgan. Oxirida «Bobur»oma» bo‘lib shuhrat qozongan. Asarda 1494-1529 yshsharda Movarounnahr, Xuroson, Afg‘oniston va Hindistonda ro‘y bergan voqealar aks etgan. Lekin 910(1504-1505), 915(1509-1510) - 924(1518-1519), 927(1520-1521), 928(1521-1522), 930(1523-1524), 931(1524-1525) yillarning voqealari berilmagan. «Boburnoma»ning o‘ndan ortiq qo‘lyozma nusxalari bo‘lib, jahonning turli kutubxonalarida saqlanadi. Asarni 1857 yilda Qoeonda N.I.Il’minskiy, 1905 yilda Londonda Beverij xonim nashr etdilar. O‘zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda «Boburnoma»dan parchalar e’lon qilgan edi. Asar 1948-1949 yillarsa 2 jildda nashr etilib, 1960 va 1989 yillarda ushshg tuzatilgan nashri amalga oshiriddi. «Boburnoma» XVI asrdayoq turli sharq tillariga tarjima qilingan. Jumladan, 1586 yilda fors tiliga o‘girilgan. YOdnosh Ovro‘gyuga XVIII asrning boshnda kirnb bordi. 1705 yilda Vitsen kitobni gollald tiliga tarjima qilib, Amstsrdamda chop etdi. 1526 yilda J.Leyden va V.Erksin ushgag inglizcha tarjimasini, 1871 yilda Pave de Kurteyl fransuzcha tarjimasini nashr qildilar. XX asrda bu asarni Rashit Rahmati Orat turkchaga, Mixail Sale ruschaga tarjima qildilar. 1826-1985 yillar davomida «Boburnoma» 4 marta ingliz (1826, 1905, 1921, 1922), 3 marta fransuz (1871, 1980, 1985), 1 marta nsmis (1878) tiliga o‘pfilib, nashr etildi. Boburning hasti va faoliyaggiga doir o‘nlab badiiy asarlar ham yaratildi. Bular orasida fransiyalik Flora Anna Stilning «Boburxon» (Parij, 1940), Fernard Grenardning «Bobur» (Parij, 1930), AQSHlik Harold Lembning «Bobur - yo‘lbars» (Nyu-Iork, 1961) romanlari, Vamber Gaskoninnng «Bobur va uning avlodlari yoki Buyuk mo‘g‘ullar» (Nyu-York, 1980) esse-romani bor. Hindisgonlik Muni La’l Bobur va boburiylar haqida 6 ta roman yozgan. O‘zbek adabiyotida P.Qodirov, B.Boyqobilov, X.Sultonov Boburga bag‘ishlab roman, qissa va doston yaratganlar.
«Boburnoma»da ilm-fan, san’at, adabiyog ahli xususida keng yuritilgan. Kitob muallifi Alisher Navoiy, Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Sayfi Buxoriy, Mir Husayn Muammoiy, SHayximbek Suhayliy, Ahmad Hojibek, Behzod, SHoh Muzaffar, G‘ulom SHodiy, Husayn Udiy kabi shoiru san’atkorlar haqvda ma’lumotlar bergan, asarlarqdan namunalar keltirgan.
Bu asarda 1502 yilga Axsiga yaqin Karnon degan joyda Bobur yolg‘izlanib, o‘lim bilan yuzlashganda namoz o‘qish chog‘i uyqu elitgan Boburning tushiga temuriylarning piri, islom olamining mo‘tabar siymolaridan Xoja Ubaydulloh Ahror kirib, yordam berajagini aytishi epizodi ham keltirilgan.
“Tekshirdi”
Kafedra mudiri V.Dadaboyeva
«____»____________ 2022 yil
Adabiyot fanidan
Dostları ilə paylaş: |