97
16
QAM
ning ishlash prinsipi simulyatsiyasi 6.14- rasmda keltirilgan bo‘lib,
unda bitta signalda ma’lumotlar 4 biti uzatiladi (masalan, 25% amplitudada va
225
0
fazada 1100 ma’lumot uzatiladi).
16
QAM
- modulyatorning tuzilish sxemasi esa 6.15- rasmda keltirilgan.
Sxemada kirish ma’lumotlar oqimiga dastlab ma’lumotlar protsessorida zarur
raqamli ishlov beriladi.
Takt chastotasini ajratish, skremblirlash,
differensial
kodlash, ketma-ket-parallel o‘zgartirish amalga oshiriladi.
6.14- rasm. QAM-16ning ishlash prinsipi simulyatsiyasi
16
QAM
modulyatsiyalash 4 bit/(s·Gs) solishtirma
uzatish tezligini
ta’minlaydi, u holda ma’lumotlar oqimiga raqamli
ishlov berishda uni keyingi
modulyatsiyalash uchun mos ravishda pasaytirilgan tezliklarli 4
ta kichik
oqimlarga bo‘linadi. Keyin ikkita ikkilik kichik
oqimlarni bir vaqtda RFda
spektrini shakllantirish bilan to‘rtta sathli bitta oqimga raqamli-analog o‘zgartirish
amalga oshiriladi, bunda impulslarga silliq shakl beriladi.
I
va
Q
kanallardagi to‘rtta sathli signallar
balansli modulyatorlarni
boshqaradi, ularning chiqish signallari ikkita polosali va so‘ndirilgan tashuvchili
16
QAM
signalni hosil qilishi bilan qo‘shiladi. Balansli modulyatorlarga tashuvchi
π
/2 surilish bilan, ya’ni kvadraturada beriladi.