93
6.8- rasm.
QPSK
va AMn modulyatsiyalash turlari uchun signallar turkumlarini
taqqoslash: AMda faza ixtiyoriy hisoblanadi
Misol sifatida 6.9- rasmda amplitudaviy modulyatsiyalash (AM) uchun bir
o‘lchamli va fazaviy modulyatsiyalash (FM) uchun ikki o‘lchamli bir necha oddiy
signallar turkumlari keltirilgan bo‘lib, ularning geometrik joylashish nuqtalari mos
ravishda to‘g‘ri chiziq va aylana hisoblanadi.
6.9- rasm. Amplitudaviy modulyatsiyalash (AM) uchun bir o‘lchamli va
fazaviy modulyatsiyalash (FM) uchun ikki o‘lchamli bir necha oddiy signallar
turkumlari
Bu yerda ta’kidlash kerakki, ko‘rsatilgan AM signallar turkumi
modulyatsiyalovchi signal sifatida qiymatli sathlari
nolinchi sathga nisbatan
simmetrik bo‘lgan bipolyar impulslar ishlatilganida olinadi. Manfiy impulslar
94
bilan modulyatsiyalashda bir vaqtda signal fazasi ham qarama-qarshisiga
o‘zgaradi. Shuning uchun bunday AMga FMning bir turi sifatida qarash mumkin.
Garmonik signalning signallar turkumi bilan aloqasi 6.10- rasmda keltirilgan.
6.10- rasm. Garmonik signalning signallar turkumi bilan aloqasi
Sinusoidal signalni foydali past chastotali signal bilan amplituda, chastota va
faza bo‘yicha modulyatsiyalash mumkin. XX
asr davomida bir-birlaridan
sxemalari va sifat xarakteristikalari orqali farqlanadigan juda ko‘plab
amplitudaviy, chastotaviy va fazaviy modulyatorlar ishlab chiqildi. Bu xilma-xillik
bu
modulyatorlarni
o‘zaro
taqqoslashga
imkon
bermaydi,
barcha
modulyatorlarning xarakteristikalarini bir vaqtda yaxshilashga imkon bermaydi va
eng asosiysi raqamli shaklda qiyin bajariladi. Signalni ikkita kvadraturali
ko‘rinishlarda berilishi
I
va
Q
past chastotali kvadraturali signallarning o‘zaro
nisbatiga bog‘liq ravishda
bir vaqtda ham amplitudaviy, ham chastotaviy, ham
fazaviy modulyator bo‘lishi mumkin universal modulyatorni oson yig‘ishga imkon
beradi.
Tor polosali yuqori chastotali (yoki oraliq chastotali) radiosignalni olishga
imkon beradigan modulyatorning sxemasi kvadraturali modulyator nomini oldi.
Kvadraturali modulyatorning tuzilish sxemasi 6.12- rasmda keltirilgan.
95
6.12- rasm. Kvadraturali modulyatorning tuzilish sxemasi
Bu sxemada asosiy tugun kvadraturali signalni yuqori chasttaga o‘tkazadigan
analog ko‘paytirgichlar hisoblanadi. Natijaviy
signal analog summatorda
qo‘shilganidan keyin chiqishda berilgan qonun bo‘yicha modulyatsiyalangan
yuqori chastotali jarayon qoladi.
QAM
modulyatsiyalash mikroto‘lqinli raqamli aloqada,
DVB-C
(kabelli keng
polosali raqamli televideniye) va modemlarda ishlatiladi. 16–pozitsiyali
QAM
da
(16
QAM
da) 4 ta
I
qiymatlar va 4 ta
Q
qiymatlar mavjud bo‘ladi (6.13- rasm).
Natijada bu signalning 16 ta bo‘lishi mumkin qiymatlarini beradi. Vaqtning har bir
momentida signal simvoli bir holatdan boshqasiga o‘tishi mumkin. 16 = 2
4
bo‘lganligi sababli bitta simvolda 4 bit uzatilishi mumkin (6.1- jadval).
QAM
I
komponentlar uchun 2 bitga va
Q
komponentlar uchun 2 bitga ega bo‘ladi. Bu
modulyatsiyalash turi katta uzatish spektral samaradorligiga ega. U
BPSK
,
QPSK
yoki
8PSK
modulyatsiyalashga qaraganda samaradorroq.
Dostları ilə paylaş: