Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari



Yüklə 4,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/129
tarix05.12.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#173560
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   129
Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qurilmalari

VD1
 
VТ1
 
U
YCh
 
VD2
 
VD3
 
U
b
 
Е
k
 
L
dr
 
L
dr
 
L1
 
L2
 
L3
 
R2
 
С6
 
С2
 
С7
 
С8
 
С9
 
С4
 
С5
 
С3
 


83
6. TELEVIDENIYE VA RADIOESHITTIRISHDA RAQAMLI 
MODULYATSIYA USULLARI 
6.1. Raqamli modulyatsiyalash usullari 
 
Raqamli aloqa texnikasida modulyatsiyalash usullari juda muhim rolni 
o‘ynaydi. O‘zining asosiy funksiyasi – simvol–signal o‘zgartirishdan tashqari, 
modulyatsiyalash jarayoni signalni kanalning xarakteristikalari bilan umumiy 
moslashtirish jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Zamonaviy ko‘p pozitsiyali 
modulyatsiyalash usullari Shennon teoremasiga to‘liq muvofiqlikda xabarlar 
ma’lumotlarini kanalning simvollariga kodlash usuli sifatida qaralishi mumkin. 
Raqamli televideniye tizimlarida u yoki bu modulyatsiyalash usullarini tanlashning 
o‘ziga xosligi efir uzatish kanallari to‘rining berilganligiga, ya’ni mavjud 
chastotaviy rejalardan foydalanishga bog‘liq. 
Turli davlatlarda 6, 7 yoki 8 MGs chastotalar polosalarili radiokanallar 
mumkin hisoblanadi. Bu polosalarda uzatilishi kerak bo‘ladigan turli xizmatlar 
raqamli oqimi normal sharoitlarda turli uzatish tizimlarida 20 Mbit/s va undan 
yuqorini tashkil etadi. 
Analog modulyatsiyalash turlaridagi kabi raqamli modulyatsiyalashda 
o‘zgartiriladigan parametrlar garmonik tebranishlarning amplitudasi, chastotasi va 
fazasi bo‘lishi mumkin. Raqamli modulyatsiyalash usullarining analog 
modulyatsiyalash usullaridan asosiy farqi bu parametrlarni berilgan qoida bo‘yicha 
uzatiladigan diskret axborot xabariga muvofiq diskret o‘zgartirish hisoblanadi. 
Signal parametrlarini o‘zgartirishning diskretligi tufayli raqamli modulyatsiyalash 
ko‘pincha manipulyatsiyalash deyiladi. 


84
Raqamli 
tarmoqlarda 
ma’lumotlarni almashlash jarayoni umumiy 
ko‘rinishda quyidagi tarzda bo‘lib o‘tadi. Ovoz ma’lumotlari (nutq) raqamli 
formatga o‘zgartiriladi, yuqori chastotali signal bilan modulyatsiyalanadi va 
an’anaviy fizik qonunlarga binoan efirga uzatiladi. Qabul qilish tomonida raqamli 
signalni dastlabki analog ko‘rinishga teskari qayta tiklash jarayoni bo‘lib o‘tadi 
(6.1- rasm). Agar dastlabi ma’lumotlar raqamli bo‘lsa (ma’lumotlar terminali, 
kompyuter, raqamli aloqa tarmog‘i, Internet va h.k), u holda analog-raqamli 
o‘zgartirish bosqichi bo‘lmaydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kodlash/dekodlashdan tashqari, 
signal ma’lumotlarni yo‘qotilishini oldini oladigan qator o‘zgartirishlarga 
uchraydi.
Ovozni raqamlashtirish va kodlash jarayoni maxsus qurilma – vokoder orqali 
amalga oshiriladi. Aynan unga kodlash algoritmi bog‘liq bo‘ladi. Turli raqamli 
aloqa tizimlari turli algoritmlarni ishlatadi va mos ravishda turli vokoderlarda 
quriladi. 
Analog-raqamli o‘zgartirish jarayoni kvantlash – uzluksiz kattalikni vaqt, 
sath bo‘yicha yoki har ikkala parametrlar bo‘yicha bir vaqtda diskretlashtirish va 
kodlashni o‘z ichiga oladi (6.1- rasm). Kvantlashda uzluksiz kattalik ma’lum 
qonun bo‘yicha ajratilgan va birgalikda dastlabki kattalikni aks ettiradigan uning 
oniy qiymatlari ketma-ketligiga o‘zgartiriladi. Kodlashda kvantlash jarayonida 
ajratilgan dastlabki kattalikning oniy qiymatlari o‘lchanadi va natijalar raqamli 
ko‘rinishda, bu holda ikkilik kodda qayd etiladi. Qabul qilgichga tushganidan 
raqamli signal dekodlanadi va raqamli-analog o‘zgartirish yordamida dastlabki 
analog signalga qayta tiklanadi. 


85
6.1- rasm. Raqamli aloqa tizimlarida analog signallarni o‘zgartirish va uzatish 
prinsipi 
 
 
Raqamli signalni radiokanal bo‘yicha uzatilishi uchun uni yuqori 
chastotali ko‘rinishga o‘zgartirish zarur bo‘ladi. Buning uchun analog aloqa 
tizimlardagi kabi modulyatsiyalash (manipulyatsiyalash) xizmat qiladi. 0 va 1 
ikkilik simvollar oqimi bo‘lgan raqamli signal tashuvchi - o‘zgarmas amplitudali 
va chastotali analog yuqori chastotali signalga qo‘shiladi va keyin efir bo‘ylab 
uzatiladi. Uchta manipulyatsiyalash usuli eng keng qo‘llaniladi (6.2- rasm). 
 
Amplitudaviy 
manipulyatsiyalashda 
(ASK 
amplitude-shift 
keying)
modulyatsiyalanadigan to‘lqin signalning amplitudasini ikkilik ma’lumotlarga 
muvofiq (masalan, yuqori sathdan pastga) o‘zgartiradi.
Chastotaviy 
manipulyatsiyalashda (FSK frequency-shift keying)
bitlar oqimi ikkita chastotalar 
orasidagi o‘zgarishlar bilan berilgan.
Fazaviy manipulyatsiyalashda (PSK phase-


86
shift keying)
amplituda va chastota o‘zgarmasdan qoladi, bitlar oqimi esa 
modulyatsiyalangan signal fazalarining o‘zgarishlari orqali berilgan. 
6.2- rasm. Raqamli signalni uchta manipulyatsiyalash usuli 
 
Analog aloqa tizimlarining raqamli aloqa tizimlaridan fundamental farqi 
faqat dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash va kodlash usuli hisoblanadi. 
Radiostansiyalarning radioto‘lqinlarni qabul qilinishi va uzatilishiga javob 
beradigan yuqori chastotali qismi esa barcha radioaloqa turlarida deyarli bir xil 
qoladi. Binobarin, vaziyat birinchi aloqa tizimi namoyish etilgan 1895 yildan 
buyon o‘zgarmay kelmoqda. Texnologiyaning barcha yutuqlarida ham 
fundamental fizik qonunlarga muqobillar hozircha yo‘q. 

Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin