151
oshiriladi. Radioqabul qilgichning tuzilishini jiddiy soddalashtirishga olib
keladigan, lekin bir vaqtda uning past sezgirligi va tanlovchanligiga bog‘liq
bo‘lgan detektorgacha signalni kuchaytirishning bo‘lmasligi prinsipial hisoblanadi.
Bunday sxemaning ko‘rsatilgan kamchiliklarini modulyatsiyalash chastotasi
kuchaytirgichining (MChK) bo‘lishi bilan tuzatib bo‘lmaydi. Shu tufayli hozirgi
vaqtda to‘g‘ridan-to‘g‘ri detektorlashli qabul qilgichlar deyarli faqat millimetrli,
detsimillimetrli va optik to‘lqinlar diapazonlarida qo‘llanadi.
10.2- rasm. To‘g‘ridan-to‘g‘ri detektorlashli qabul qilgichning tuzilish sxemasi
Dostları ilə paylaş: