F
p
F
yu
F
F
Н
U
F
148
9.6- rasm. Qabul qilgich chiqishidagi birlamchi signal
φ
fazasini
F
chastotaga bog‘liqligi
Har xil buzilishlar turlari har xil qabul qilinadigan signallarning turlariga
turlicha ta’sir qiladi. Masalan, telefon signallarini qabul qilishda nochiziqli
buzilishlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi, bunda fazaviy-chastotaviy buzilishlar
sezilarli bo‘lmaydi, chunki inson qulog‘i tovush tebranishlari fazalarining
o‘zgarishlarini payqamaydi. Shu bilan bir vaqtda radioimpulsli signallarni qabul
qilishda fazaviy-chastotaviy buzilishlar chiqish videoimpulslarini juda sezilarli
buzadi.
Qabul qilgichning qayta sozlanishi vaqti radioaloqaning ishonchliligini
aniqlaydi. Hozirgi vaqtda qayta sozlanish vaqti sekundning ulushlarini tashkil
etadi.
Nazorat savollari
1. Tebranish konturi
qanday qismlardan tashkil topgan? Uning vazifasi
nima?
2. Konturning kerakli chastotani ajratishi qanday amalga oshiriladi?
3. Radioqabullash qurilmasining vazifasi nimalardan iborat?
F
φ
149
4. Radioqabul qilgichning sifat ko‘rsatkichlarini sanab o‘ting.
5. Radioqabul qilgichlarning sezgirligi.
6. Radioqabul qilgichlarning selektivligi.
7. Radioqabul qilgichlarda elektromagnit moslashuvchanlik.
8. Radioqabul qilgichlarning halaqitbardoshligi.
9. Radioqabul qilgichlarning stabilligi.
10. Radioqabul qilgichlarning tasniflanishi qanday amalga oshiriladi?
|