Temiz davlat pedagogika instituti


Muloqot, til va nutq tahlili va rivojanish asoslari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə12/37
tarix14.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#177244
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Nutq o\'stirish UMK 2-OLIY TA\'LIM UCHUN

Muloqot, til va nutq tahlili va rivojanish asoslari. Tilning rivojlanishi bolalar hayotining har bir jabhasida va ta’limiy muvaffaqiyatlarida eng muhim omildir. 2-5 yoshdagi bolalarning tahminan 6 % i til rivojlanishi bilan bog’liq muammolarga duch keladi. Tilning yetarlicha shakllanmaganligi bolalarning butun hayoti davomida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va ular bilish, savodxonlik, ijtimoiy munosabat, diqqat va o‘qitish hamda o‘rganishga tayyorgarlikda qator qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar. Shuning uchun ham o‘z shaxsini erta anglash juda muhim hisoblanadi. Bolalarning ijtimoiy tarbiyasida til o‘rganish bilan bog’liq muammolar yuzaga keladi va bunda bilish darajasi ko‘pincha past bo‘ladi. Irlandiyada ingiliz tilini qo‘shimcha til sifatida o‘rganayotgan o‘quvchilarda ham til va nutq tahlilida yetishmovchiliklar mavjud bo‘ladi deb hisoblanadi. Bunday bolalarda tilning rivojlanishi bir-biridan farq qiladi va shuning uchun til tahlili qiyin bo‘ladi. Tilning murakkabligi umumiy tahlilni qiyinlashtiradi. Bir qancha tahlil uslublari maktabgacha bo‘lgan bolalarning muloqoti va tilini baholashda qulay bo‘lishiga qaramay, bu metodlarning ko‘pchiligi kelajakda til bilan bog’liq muammoga duch keladiganlarni bashorat qilishda yaxshi natija bermasligi mumkin.
Murakkab tahlil metodlari oddiy tahlil metodlariga qaraganda aniqroq deb hisoblanadi va ular bolalarning turli rivojlanish yo‘nalishlariga ko‘ra oddiy tahlildan afzalroqdir. Tahlil metodlari tilda ishlatiladigan murakkab uslublarni qisman ta’minlaydi va shu sababli, ayniqsa maktabgacha bo‘lgan bolalarda til tahlili bo‘yicha ko‘proq izlanishni talab etadi1. (Edited by Mary Rafferty «Abrief review of approaches to oral language developme nt» USA 2014y).
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Maktabgacha yoshdagi bola nutqning grammatik tizimi qanday shakllantiriladi?
2.Muloqotning qanday vositalarini bilasiz?
3.Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot qay tarzda amalga oshiriladi?
4. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun qanday mashg’ulotlar ishlanmasi tavsiya etilgan?
5.Muloqot, til va nutqning tahlili va rivojanish asoslari haqida nimalarni bilasiz?

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin