Temiz davlat pedagogika instituti


Mashg’ulot: Mavzu: «Tulki bolalari bilan» surati bo‘yicha hikoya qilish



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə15/37
tarix14.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#177244
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
Nutq o\'stirish UMK 2-OLIY TA\'LIM UCHUN

Mashg’ulot:
Mavzu: «Tulki bolalari bilan» surati bo‘yicha hikoya qilish.
Maqsad: Surat bo‘yicha hikoya qilish malakalarini mustahkamlash.
Vazifalar:

  • Tegishli sifatlarni hosil qilishga o‘rgatish.

  • Jumlani grammatik tahlil qilish.

  • Fe’llarning murakkab grammatik shakllaridan foydalanishni mashq qilish.

Kutilayotgan natijalar:

  • Surat bo‘yicha hikoya qilish malakalari mustahkamlanadi.

  • Hikoya to‘qishga qiziqish uyg’onadi.

  • Tegishli sifatlarni hosil qilishga o‘rganadilar.

Kerakli jihozlar:
«Tulki bolalari bilan» surati.
Mashg’ulotning borishi. Tarbiyachi bolalarga suratni ko‘rsatadi. Tulki haqida topishmoqni eslashlarini so‘raydi.
Surat bo‘yicha tarbiyachining savollari.
1. Suratda tulki qanday tasvirlangan? (malla, chaqqon, ayyor).
2. Tulki nima qilishni biladi? (ovlaydi, ayyorlik qiladi).
3. Tulki haqida o‘zingiz topishmoq to‘qiy olasizmi?
Mallagina momiqqina-bu nima? (tulki).
Bolalar, suratga qarab hikoya to‘qing. Avval tulki bolalari bilan qayerda, qachon o‘ynashganini o‘ylab toping. Keyin suratda nima tasvirlanganiga qarab hikoya o‘ylab toping. Hikoyangiz yakunlangan bo‘lishi kerak.
2-3 bolalar hikoyalari tinglanadi, rag’batlantiriladi.
Tetiklashtiruvchi mashq
O‘yinning borishi: Bolalar doira shaklida turadilar. Tarbiyachi koptokni qo‘liga olib, o‘yinni boshlab beradi. Tarbiyachi bolalarga koptokni otib, turli savollar bilan murojaat qiladi: biror yovvoyi hayvonning otini ayt. Nima uchun yovvoyi hayvon? Deyiladi. Tulkining po‘sti qanday? Quyonning po‘sti qanday? bo‘rining po‘sti qanday? Bo‘ri bilan tulki o‘txo‘rmi yoki yirtqichmi?
O‘yin shu tarzda davom etadi.
Izoh: Tarbiyachi o‘yin davomida koptok har bir bolaga borishiga va javoblar qaytarilmasligiga, bolalar nutqining grammatik to‘g’ri tuzilishiga ahamiyat berishi kerak.
Tarbiyachi suratni olib qo‘yadi. O‘yinchoq tulkini ko‘rsatadi. Bolalar, tulki bizga mehmonga keldi. U siz bilan birga o‘ynamoqchi. Tulki sizni barcha topshirig’ingizni bajaradi. Faqat siz undan to‘g’ri iltimos qilsangiz bas. Nodir, sen tulkidan nimani so‘ramoqchisan? «Tulki qo‘shiq aytib ber!». Sen-chi Mahmud? «Tulki o‘ynab ber!» Barakalla bolalar topshiriqni to‘g’ri berdinglar. Tulki sizni hamma topshirig’ingizni bajardi. Sayrda u bilan o‘ynashni davom etasiz.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin