Temiz davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə2/37
tarix14.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#177244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Nutq o\'stirish UMK 2-OLIY TA\'LIM UCHUN

Kafedra mudiri ___________________ PhD SH.X.Kadirova

MUNDARIJA


I.

MA’RUZA MASHG‘ULOT MATERIALLARI………………..













II.

AMALIY MASHG‘ULOTLARI………....................................













III.

MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI …....................................













IV.

GLOSSARIY ……………….…………………….




V

SILLABUS (Ishchi dastur)..




VI

ADABIYOTLAR ROYXATI…………………………………..














1-Mavzu: Nutq o‘stirish metodikasi fanning tashkil topishi va rivojlanishi.
Reja:
1. Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi fanining tashkil topishi
2. Bolalar nutqini o‘stirishga oid nazariy ishlar.
3. Maktabgacha ta’lim me’yoriy xujjatlari asosida bolalarni tarbiyalash


Tayanch tushunchalar:tashkiliy, uslubiy, psixologik, nutq, rivojlantirish, metodika, ta ’lim-tarbiya mazmuni, shakl, vosihi, pedagogik va axborot texnotogiyalar, uzluksiz ta 'lim

Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi fanining tashkil topishi va rivojlanishi. Maktabgacha ta’lim sog’lom, har tomonlama еtuk bolalami tarbiyalash uchunzarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarnimuktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi. So‘ngi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli vosita va metodlarini yangilashga alohida e’tibor beriimoqda.


Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’im-tarbiya jarayonida ilg’orpedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish. muassasalami zamonaviy
bilimlarga ega tarbiyachilar bilan to‘ldirish hamda ularda kasbiy malaka faoliyatga nmbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilavotgan islohotlaming muhim yo‘nalishlaridan birdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida qayd etilganidek, maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha malakali tarbiyachi va pedagog kadrlar bugungi kunda uzluksiz innovatsion izlanishda bo‘lshni, fikrlashi, shunnngdek, MTM larda ham innovatik g’oyalani shakllantirish asosida faoliyat ko‘rsatishi zarur.
Pedagog kadrlaming uzluksiz ta’lim olishini tashkil etish muammolari bir qator halqaro tashkilotlarda, jumladan, Jaxon ta'limini rejakislitirish instituti (Parij), YIJNESKOning ta’lim boyicha instituti (Gamburg). Oliy ta’limning Yevropa Markazi (Buxarest). Yevropa Muallimlar ta'limi Assotsiatsiyasi (ATEE) va boshiqa qator ilmiy muassasalarda tadqiq etilmoqda.
O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarcla maktabgacha ta’liratizimini vanada takomillashiirish chofa-tadbirlari to‘g’risidagi Qarorida; maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish,malakali pedagog kadrlar bilan tammiash, bolalami maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yahshilash, ta’lim -tarbiva jarayoniga zamonaviv ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalami bar tomonlama mtelektuaLaxloqiyestelik, jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar varatish masalalariga alohida etibor qaratildi. Bu qaror maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim ti/imining barcha bosqichlariga, jumladanuning maktabgacha ta’lim bosqichiga e’tibor ortib borishi bilan bir qatorda maktabgacha yoshdagi bolalami maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb etish ulushi kamayib borishi bu borada maqsadli tadqiqotlar olib borish, mamlakatimiz ilmiytexnikaviy dasturi, ustuvor tadqiqotlarga yo‘nalishlarining bir qismi sifatida qaralishi lozim. Zero, ta’kidlab o‘tganimizdek, uzluksiz ta’lim bosqichlarining nechog’lik samarali ishlashi ma’him darajada maktabgacha ta’lim sifatiga bog’liq: bu davrda bolaning dunyoqarashi, tasavvurlari shakllanib bo ladi. unga tog‘ri mazmun vayo‘nalish berish pedagogika fani. ta’lim amaliyotining dolzarb muammosidir. Bola nutqini rivojlantirish, eng avvalo, til qobilyatini shakllantirishni talab qiluvchi muloqot shakllarini rivojlantiruvchi demakdir (A.A.Leont’ev).Ilmiy tadqiqotlar va yo‘nalishlar tahlili maktabgacha yoshdagi bolalarnutqinmg turli tomonlarini rivojlantirish xususiyatlari hamda ulaming ilmiy adabiyotda o ’rgani Iganlik darajasini aniqlash imkonini beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish O‘zbekiston Respublikasida o‘tgan asming 50-yillarida boshlangan. Maktabgacha ta'lim sohasidagi birinchi fan nomzodi A.V.Nikolskaya mahalliv millat bolalariga rus tilini o‘qitish zarurligi masalasini ko‘tarib chiqdi. U tomonidan o‘tkazilgan sinov tadqiqotlari (1958-1960 yillar) natijasida maktabgacha katta yoshli o‘zbek bolalariga ruscha og’zaki nutqni o‘rgatish metodikasining asosiv mazmuni belgilangan va uning asosiv masalalari ishlab chiqilgan. XX usrning 70-yillarida A.V.Nikolskayaning ilmiy rahbarligi ostida E.M.Razbayeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda o‘qilgan asarlar asosida kattalar mehnatiga hurmatni tarbiyalash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi. S.O.G’oziveva tomonidan (E.M.Razbayevaning ilmiy rahbarligi ostida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘zbek xalq og’zaki ijodidan (xalq ertaklari, o‘yinlar) fovdalanish asosida atrofdagilarga adolatli munosabatda bo‘lishni shakllantirish masalalari tadqiq qilindi.
1979 yildan boshlab to bugungi kungacha maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tili va o ’zga tilni (rus, o‘zbek) o‘qitish muammosi O‘zbekiston olimlari, metodistlari, (I.X.Jumasheva, D.R.Babayeva, D.Abdurahimova, L.R.Mirjalilova, N S H. Nurmuhammedova va boshq).
Barcha tadqiqotchiJar bola nutqini va ularning rivojlanishini alohida ajratilganliolda emas, balki katta yoshli kishining bolaga pedagogik ta’siri bilan o ’zarobogiiqlikda ko‘rib chiqadilar. Ushbu yondashuv o‘rinlidir, zero fandagi zamonaviy tadqiqotlar nutqni o‘zlashtirish va ijtimoiy o‘zaro hamkorlik - o‘zaro bog’liq liirnvonlardir, nutqni rivojlantirish esa - ijodiy jaravon. biroq u stixiyali jarayon emas, dcgan fikrga asoslanadi.
Inson tajribasining tarixan shakUangan maznauni so‘zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ulitirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi. Umuman, shaxsning va barcha asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va boshq.)ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi bilan bogliqdir. Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o‘rin tutishi uning turli bosqichiarda rivojlanishiga yordam beruvehi shart-sharoitlar va omillarini juda muhim qilib qo‘yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchikuchlar haqidagi masala shiddat bilan sakrash tarzida ro‘y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarda nutq rivojlanishini rag’batlantiruvchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchikishlarni aniqlash ushbu jarayonga aniq maqsadni ko‘zlagan holda pedagogik ta’sir ko‘rsalishni tashkil etish kalitidir. V.I.Loginova, Y.S.Lyaxovskaya. V.V.Gerbova, YE.M.Strunina va boshqalaming tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini o‘zlashtirib olishlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalaming lug’atni o‘zlashtirishlarida ikki jihat ajratibko‘rsatilgan: atrofdagi olam lug'atini (so‘z boyligini) anglash bilan birgalikda rivojlantirish; lug'atni til birligi sifatida o‘zlashtirish, Ular predmetli aloqalar va munosabatlar mantig’ida ham, til mantig’i borasida ham so‘z ustida ishlash zarurligini isbotlab berishgan.
Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to‘g’ri kerakli. Shundan kelib chiqqan holda, hozirgi paytda nutqni rivojlantirishdagi ayrim bosqichlami o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda Olimlar nutqqacha bo‘lgan bosqich muhim rol o‘ynashini tushunib vetib, uni batafsil tahflf qilmoqdalar. Maktabgacha yoshdagi bolalaming ravon nutqi tadqiqofohilari YE.I.Tixeveva, Ye; A.Flerina, A.M.Leushina, L.A.Penyevskaya va boshqalar bolalaming og’zaki nutqi va hikoya qilishni o‘zlashtirishining o‘ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik nutqning o‘zaro bog’likligini chuqur tushunish asosiga quriladigan ravonnutqni o‘qitish tizimiga asos solishgan. Ular tomonidan bolalar hikoyalari tasniflabchiqilgan bo‘lib, uning asosini fikr bildirish manbasi: predmetlami tavsiflash, adabiymatnlami hikoya qilib berish, suratga qarab hikoya qilish, shaxsiy va jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi.
Bolalar nutqining grammatik tuzilishi sohasidagi tadqiqotlar bolalardanutqning morfologik va sintaktik tomonlarini shakllantirish (F.A.Soxin, M.I.Popova, A.V.Zaxarova, V.I.Yadeshko, A.G.Tambovseva va boshq.), ona tilining so‘z hosil qilish tizimi xususivatlarini aniqlash, shunigdck, bolalar tiutqining Grammatik tu/ilishim takomillashtirishga oid pedagogik ishda nafaqat odatdagi Grammatik xaloliklami o‘rganish va tuzatishga, balki birinchi navbatda Grammatik umumlashmalami shakllantirishga e’tibomi qaratish zarurligini isbotlash imkonini berdi.
Bolalar tomonidan tilning tovush tizimini o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tkazilgantadqiqotlarda (G.M.Ly amina, YE.I.Radina, GA.Tumakova, A.I.Maksakov, M.I.Gening, N.A.German va boshq.) o‘rganish predmeti sifatida xizmat qildi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy faollikni shakllantirish masalalarini nutqiy faoliyat nazariyasi asosida tadqiq ctish maktabgacha ta'limning nazariyasi hamda amaliyoti uchun dolzarb va ahamiyatli hisoblanadi.
Nazariy va amaliy ishlar shundan dalolat bermoqdaki. nutqiy faoliyat motivatsiyasini boyitish bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi ishlaming
samaradorligini oshiradi (F.A.Soxin, YE.M.Stranina, A.M.Bofodich, M.R.Lvov va boshq.).
Nutq yaxlit faoliyat va nonutqiv harakatga qo‘shilgan nutqiy harakat kabi tilorqali bog’langan tarixan shakllaagan muloqot shakli sifatida ko‘rib chiqiladi
(L.S.Vigotskiy, A.N.Leontyev, A.A.Leontyev, I.A.Zimnvaya). Modelda faxmlab еtilgan axborotni nutq yordamida uzatish, ya’ni nutqiy semantika muammosi; bunda grammatik qoidalardan foydalanish, ya'ni tilni ishga solish; akustik kanalni ishga tushirish imkoniyati; nutqdan muloqot va ijtimoiy aloqa vositasi sifatida foydalanish; ushbu barcha hodisalami miya harakatiga muvofiq
holda tavsiflash kabi hodisalar o‘z izohini topishi lozim.
Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontyev quyidagicha tavsiflaydi: Nutqni≪rivojlantirish jarayoni bola lug’atining va so‘zlaming assotsiatsiya asosida bog’lanishining ortishida ifodalanadigan miqdoriy o‘zgarishlar jarayoni emas, balki sifat jihatidan o‘zgarish jarayonidir, zero u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog’langan holda so‘/uing barcha funksiyalari, tomonlari va aloqalarini qamrab oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir≫.
Nutqni rivojlantirish dasturi ilmiy asoslarga qurilgan bo‘lib, u butun mazmuni bilan bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.Nutqni rivojlantirish dasturi bola faoliyatining o‘quv, o‘yin, mehnat va maishiy kabi shakllarida amalga oshadi.Jamoat tarbiyasi sharoitida ta’lim - bola nutqini shakllantirishning еtakchi vositasi hisoblanadi.O‘zga tilini o‘rgatish – bolalarning bilish qobiliyatini rejali, aniq maqsadni ko‘zlagan holda rivojlantirish, ularning atrof-olam haqidagi eng oddiy bilimlarni va tegishli lug’atni o‘zlashtirish, nutqiy mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitishning asosiy shakli – mashg’ulotlardir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin