Temiz davlat pedagogika instituti


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə8/37
tarix14.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#177244
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Nutq o\'stirish UMK 2-OLIY TA\'LIM UCHUN

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. O‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishdagi asosiy vazifalari haqida nimalarni bilasiz?
2. 4-5 yoshli bolalar nutqning tovush tomoni qanday xususiyatlari bilan farqlanadi?
3. Bolalarning badiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi qachondan rivojlana boshlaydi?
4. O‘rta yoshdagi bolalar nutgini o‘stirishning metodik masalalari nimalardan iborat?
5. Mashg’ulotlarning tarbiyaviy va emotsional xususiyati haqida so‘zlab bering.
6-mavzu. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutgini o`stirishning metodik masalalari
Reja:

    1. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish.

    2. Muloqot vositalari.

    3. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot.

4. Maktabgacha katta yoshdgi bolalar uchun mashg’ulotlar ishlanmasi.

Tayanch tushunchalar: grammatik tuzim, nutqiy psixologik rivojlantirish, umumiy psixologik rivojlantirish, predmetli harakat, muloqot vositalari, emotsional bog’liqlik, agrammatizmlar, bilingv shakllanish, monolingval vaziyat, multilingval vaziyat.

1. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish. Bola tilining grammatik tizimini o‘z vaqtida shakllantirish – uni to‘laqonli nutqiy va umumiy psixologik rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi.
Tilning grammatik tizimini bola predmetli harakatlarni o‘zlashtirish bilan uzviy bog’liqlikda bilishni rivojlantirish asosida egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish morfologiya (so‘zlarni rodlar, sonlar, kelishiklarga qarab o‘zgartirish), so‘z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir so‘z negizida boshqa so‘zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qo‘shma gaplarni tuzish) ustidagi ishlarni o‘z ichiga oladi.
Bolalarning grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng avvalo ham bolaning o‘zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bolalar bilan birgalikdagi muloqot faoliyati vositasida amalga oshirishi lozim.
Bolalarda grammatik tizimni – sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllantirish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag’batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa keng fikr bildirish, motivatsiyani yaratish muhim.
Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo‘ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag’batlantirishga (gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda – gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to‘g’riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); yettinchi yilda – hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarni ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.
Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar bolalarning tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatika sohasidagi faolligini rag’batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birikmasini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g’ri bog’lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.
Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirishni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning to‘g’ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tiborni qaratish zarur.
Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda leksikadan to‘g’ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullarini, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog’liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o‘rgatish zarur.
Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jarayonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shakllanadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tuzish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi.
Bola tilining grammatik tizimini shakllantirish uning nutqi (tili) rivojlanishining umumiy oqimida ro‘y berishi lozim; pedagogik rahbarlik shakllari va metodlari umumiy nutqiy rivojlanishning bosqichma-bosqich xususiyatga egaligini, eng avvalo dialog va monologni, so‘zgacha bo‘lgan mazmunli-semantik tizimdan vaziyatga oid ixtiyoriy iborali nutqqa o‘tish (undan keyinchalik dialog va monolog rivojlanadi), bolalarning nutqiy havaskorligi sohasi sifatida tengdoshlar bilan muloqotning dialogik shakllarini o‘zlashtirishni hisobga olishi lozim.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin