Temiz davlat pedagogika instituti


-mavzu: Nutq o‘stirish metodikasi fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə5/37
tarix14.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#177244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Nutq o\'stirish UMK 2-OLIY TA\'LIM UCHUN

3-mavzu: Nutq o‘stirish metodikasi fanining maqsad va vazifalari
Reja:



  1. Nutq o‘stirish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi.

  2. Bolalar nutqini o‘stirishning predmeti, maqsadi va vazifalari

  3. Bolalar nutqini rivojlantirishning tashkiliy pedagogik va metodik ishlari



Tayanch tushunchalar: bog‘lanishli nutq, didaktika, didaktik nutq, ehtiyojmandlik, emotsional muloqot, nazariya, nutq madaniyati, umumiy pedagogika.

«Nutq o‘stirish metodikasi» fanning boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi. Bolani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat tajribasi, bilimlari, qobiliyati va madaniyatining saqlovchisi bo‘lgan kattalar bilan muloqoti tufayli insoniyatning ko‘p asrlik tajribasini o‘zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi. Bu tajribani faqat insoniy muloqotning eng muhim vositasi - til orqaligina berish mumkin.


Til – hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, biz unga o‘z-o‘zidan bo‘lishi shart bo‘lgan narsa sifatida qaraymiz. Tilning o‘zi nima, biz unda qanday so‘zlayapmiz, biz qanday qilib so‘zlashni o‘rganishimiz haqida esa unchalik ko‘p o‘ylab ham o‘tirmaymiz.
Bilimni uyushtiruvchi boshlang‘ich bosqich sifatida chiqadigan nazariya tilda shakllanadi, bu esa bilish jarayonida tilga alohida o‘rin beradi va shu bilan til haqidagi fan oldida yangi ilmiy ufqlarni ochadi, uni o‘zining gumanitar mohiyati haqida orzu-xayollarga berilgan holda doimo tinch-osuda va jimgina o‘tiradigan burchagidan chiqishga majbur qiladi.
Ana shu nuqtai nazardan «Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi» fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
1. Umumiy pedagogika - ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan.
2. Nutq madaniyati - bu to‘g‘ri so‘zlay olish, ya’ni nutqiy muloqot shartlari va fikr bildirishdan ko‘zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, leksik zahira, grammatik shakllardan) foydalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir.
3. Bolalar psixologiyasi – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
4. Maktabgacha pedagogika – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga еtkazish masalalarini o‘rganadi.
5. Etika – shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy
sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o‘rin tutadi.
6. Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
7. Fiziologiya – o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni
beradi.
8. Gigiyena – bolalarning salomatligini muhofazalash, ularni jinsiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.
9. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.
10. Bolalar adabiyoti va adabiyotshunoslik asoslari – ta’lim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirish, xalq maktabgacha pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo‘naltiriladi.
11. Madaniyatshunoslik – bolalarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
12. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni ўқитиш ҳамда тарбиялаш муаммоларини ўрганишда кўмаклашади.
13. Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni
tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish asosida ta’lim- tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy-tarkibiy tajribani o‘zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi. Bolalar egallashlari lozim bo‘lgan mazmunni tanlash, uning egallab olishiga rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.
2. Bolalar nutqini o‘stirishning predmeti maqsadi va vazifalari.
Insonning yana bir o‘ziga xos xususiyati, o‘ziga xos insoniy ehtiyoji mavjud, bu – boshqa odamlar bilan muloqotga ehtiyojmandlik, «emotsional muloqotgaehtiyojmandlik»dir (K.Obuxovskiy). Aynan shu ehtiyoj tufayli dastlab til paydo bo‘lgan. Muloqotga ehtiyojmandlik doimo tilni egallashga olib keladi.
Bolaning so‘zlashni o‘rganishining sababi shuki, unga kattalar bilan birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishga to‘g‘ri keladi, buning uchun esa bolaning unga nimalar deyishayotganliklarini tushunishi va o‘zi ham so‘zlashi lozim. Bu o‘rinda tilning uch sifati (tajribani jamlash va sintez qilish – fikrga jamlash – muloqotni amalga oshirish) haqida so‘z yuritish mumkin (V.A.Zveginsev). Tilni tadqiq qilish mustaqil, umumilmiy qiziqishdan tashqari ko‘plab dolzarb amaliy vazifalarni hal etishda ulkan ahamiyatga egadir.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi maktabgacha ta’lim- tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
3. Bolalar nutqini rivojlatirishning tashkiliy pedagogik va metodik ishlari. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim tizimi metodistlari oldidagi asosiy vazifalardandir. Shuni hisobga olgan holda tevarak-atrofni o‘rganishda maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolalarning nutqini rivojlantirish muammosiga oid tadqiqotni nutqni rivojlantirishni ta’minlaydigan omillarni aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning yuqori darajasiga quyidagilar evaziga erishilishi mumkin ekan:
- tilning adabiy meyorlari va qoidalaridan xabardorlik;
- o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon eta olish;
- muloqotga kira bilish, kattalar va tengdoshlar bilan muomala qila olish;
- suhbatdoshni tinglay bilish, so‘rash (savollarni to‘g‘ri bera olish),
javob berish, e’tiroz bildirish, zarur bo‘lganda esa tushuntirish, izohlash.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda nutq-dialogik va monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar dialogik nutqni nisbatan oson o‘rganadilar. Bu quyidagilar bilan ifodalanadi: bolalar uyda, bolalar bog‘chasida doimo diologik nutqni eshitadi. Bundan tashqari, bolalar o‘zaro muloqotda bo‘lib, asosan dialogik nutqdan foydalanadilar.
Metodik adabiyotlarda bayon qilinishicha, adabiy til negizida asosan monologik nutq yotadi. Shuning uchun ham nutqni rivojlantirish ta’lim- tarbiya tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Monologik nutq, muayyan mavzuga oid mantiqiy izchil gaplar shaklida ifodalangan.
Mustaqil taraqqiyot yo`lidan dadil borayotgan, huquqiy demokratik jamiyat qurishga intilayotgan Respublikamizda har bir insonning ozod va erkin, farovon yashashini ta'minlovchi jamiyat barpo etilmoqda, yoshlarning ilm - ma'rifatli bo‘lishiga barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tilining asosiy o‘quv predmeti ekanligini, fanlarni egallash uchun avvalo, ona tilida to‘g‘ri, ifodali, tartibli va ijodiy fikrlash zarurligini aniq namoyon etmoqda. Chunki bizning ertangi kunimiz O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek: ―Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy mutaxassislarni talab etadi‖.
Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta'lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Ya'ni bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko‘nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat Ko`rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to‘g‘ri ifodalashi o‘zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o‘stirish fanining o‘rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o‘zaro aloqa vositasi bo`lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo`lib, jamiyat taraqqiyotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar tilda o‘z aksini topadi.
Til birliklari nutqni hosil qiladi, ya'ni har bir inson o‘z fikrini boshqalarga til orqali, til birliklari orqali bayon qiladi, boshqalari fikrini til orqali egallaydi, tushunadi. Ya'ni nutq tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar haqidagi fikr muloqazalarni boshqalarga еtkazishdir. Shuning uchun til va nutq inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta'limda nutq o‘stirish metodikasi fanining o`qitilishi, nutq o‘stirish usullarini bilish, har bir yosh guruhda bolalar nutqini o‘stirish vazifalarini to‘g‘ri hal etish imkonini beradi, bolalarni maktabga tayyorlash vazifasining bajarilishini ta'minlaydi. Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, o‘zbek tili qadimiy til sifatida taraqqiy etgan, jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari uchun xizmat qilmoqda.
Respublikamiz mustaqilligi o‘zbek tili taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi, tilimiz mustaqillikning mohiyatini ifodalash, ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tili ta'limini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o‘stirish ularga ona tilini amaliy o`rganish demakdir.
Nutq o‘stirish metodikasi pedagogik fan sifatida 1920 yillargacha pedagogika fani tarkibida taraqqiy etdi, so‘ng mustaqil fan sifatida shakllandi.
Nutq o‘stirish metodikasi pedagogik fan sifatida maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o‘stirishni puxta egallagan mutaxassis tayyorlashda buyurtmachi sifatida, ilmiy izlanishlar asosida yaratilgan ―Ilk qadam‖ tayanch dasturini o‘quv jarayoniga joriy etish, nutq o‘stirish metodikasi bo`yicha bilim va malakalarni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatdan mutanosibligini ta'minlaydi, nutq o‘stirish usullarini ishlab beradi. Uni takomillashtirish, eng qulay usulni qo`llash orqali bolalarga ona tilini amaliy o‘rgatish, nutqda til birliklaridan foydalanish, o‘zaro nutqiy muloqot munosabatida ona tilida fikrni to‘g‘ri, ifodalay olish, tengdoshlari nutqini tinglab tushunish nutqda til birliklarini ajrata bilish (tovush, so‘z) nutq meyyorlarini ishiga mos holda o`rganib borish, unga amal qilish kabi faoliyatini shakllantiradi.
Demak, nutq o‘stirish metodikasi fani maktabgacha ta'limda nutq o‘stirish vazifasini amalga oshiradi, bolalarda ifodali, aniq, lo`nda va obrazli so‘zlashishni shakllantirish orqali ona tilini amaliy o‘rgatadi, bolalarga ta'lim beradi. Nutq o‘stirish metodikasi fani maktabgacha ta'limda bolalarni og‘zaki nutqini o‘stirish, tengdoshlari va kattalar bilan nutqiy muomala malakalarini shakllantirish orqali nutqda so‘zdan to‘g‘ri va o`rinli foydalanish, ya'ni nutq va xulq egasi bo‘lish kabi ma'naviy axloqiy sifatlarni, so‘zlash odobini egallashni shakllantiradi. Nutq o‘stirish metodikasi pedagogik fan sifatida rivojlantiruvchi vazifani bajaradi. Ya'ni usulika bolalar nutqini o‘stirish orqali ularning nutq a'zolarini anatomik-gimnastik mashq qildirish orqali nutqning ravon tushunarli bo‘lishini ta'minlaydi: bolalar tafakkuri, aqliy faoliyatini rivojlantiradi, ularda nutq odobi, ma'naviy barkamollikni shakllantiradi. Chunki yaxshi rivojlangan nutq tushunarli ta'sirchan bo`ladi, bola o‘z nutqini to‘zatib boradi.
Nutq o‘stirish metodikasi pedagogik fan sifatida bolalar nutqini o‘stirishning pedagogik qonuniyatlari, pedagogik faoliyatning shakllanishi va talablarini o`rganadi, nutq o‘stirishning eng samarali omillari, vositalarini, usul va usullarini hozirgi zamon pedagogikasining yutuqlari, ilmiy pedagogik talablari asosida ishlab chiqadi, ta'limga, fanga tavsiya etadi.
Nutq o‘stirish metodikasi ana shu pedagogik vazifadan kelib chiqqan holda pedagogikaning quyidagi asosiy savollariga javob beradi. Nimani o‘rgatish kerak? Bunda maktabgacha ta'lim ishidagi bolalarda qanday nutqiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish lozimligini nazarda tutiladi. Bu vazifa O‘zbekiston Respublikasining ta'lim mazmunini zaruriy o‘zagi hisoblangan ta'lim standarti asosida amalga oshiriladi, bunda ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti bajariladi. O‘quv yuklamalari meyyorga keltiriladi, tarbiyachi bolalarning o‘quv faoliyati darajasi, shaxs sifatlari rivojlanishi, uning nutqiy faoliyatini nazarda tutgan holda ta'lim jarayonini tashkil etadi.
Qanday o`qitish kerak degan pedagogik savolga javob beradi. Buning uchun maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning nutqini o‘stirish usul va usullarini qo`llash imkoniyati, o‘rni, qo`llangan usullar samarasi nazarda tutiladi, usul va usullarni takomillashtirishga zamonaviy texnologiyani joriy etishga alohida diqqat qilinadi. ―Ta'lim to‘g‘risi‖dagi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda an'anaviy usullar bilan bir qatorda noan'anaviy, o`yin usulining qo`llanishi, mujassam mashg‘ulotlarni tashkil etilishi, ayniqsa, hozirgi zamon yaxshi pedagogik texnologiyani ta'limda qo`llash kabilar bunga misol bo`la oladi. Nima uchun aynan shunday o`qitish kerak? savoliga usulika fani nutq o‘stirishning nazariy va amaliy asoslangan omillari, vositalarini qo`llash zarurligini ifoda etadi.
Nutq o‘stirish metodikasining asosiy vazifasi tarbiyachilarni maktabgacha ta'limda nutq o‘stirishning ilmiy pedagogik asoslangan, eng samarali natija beradigan omillari, vositalari va usullarini ishlab chiqish, tarbiyachi, pedagog, ota-onalarni nutq o‘stirish usullari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, eng qulay usullardan foydalanish, nutq o‘stirish mashg‘ulotlarini tashkil etish samaradorligini oshirishga doir bilimlar bilan qurollantirishdan iboratdir.
Nutq o‘stirish metodikasining mazmuni maktabgacha ta'limda bolalar og‘zaki nutqini o‘stirish, bolalarda kattalar, tengdoshlari bilan nutqiy muloqot, muomala qilishni bilishga o‘rgatishdir. Maktabgacha ta'lim davrida bolalar 2-3 ming so‘z boyligiga ega bo‘lish va undan foydalanish, eshitganlarini aytib berish, ko`rganini gapirib berish, suratlarga qarab mazmun bo`yicha hikoya tuzish va uni aytib berish, asosiy tayanch so‘zlar yordamida hikoya tuzishga o‘rgatiladi. Shuningdek, nutqning ifodaliligi, nutq tovushlarini to‘g‘ri, aniq talaffuz etish, tilning grammatik shakllaridan nutqda to‘g‘ri foydalanish, badiiy asarni tinglash, tushunish, mazmunni eslab qolish va so‘zlab berish, asar qahramonlari nutqi xususiyatlarini ajrata bilish, obrazli bayon etish kabi amaliy intellektga ega bo‘lishni rivojlantiradi, maktabga nutqiy jihatdan tayyorlaydi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin