Terapiya va harbiy-dala terapiyasida hamshiralik



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə15/15
tarix20.07.2020
ölçüsü0,62 Mb.
#32245
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Терапия кулланма

biriktiriladi (normada 7+-2sm)

Buyrak palpasiyasi

Xarakatlar algoritmi

1. Bemor gorizontal xolatda yotqiziladi, oyoqlar tizza soxasida yengil bukilib,

qo’llar ko’krakka tortiladi. Shifokorning chap qo’l kafti bemorning o’ng bel

soxasiga qo’yiladi

2. O’ng qo’l korin soxasiga kuyiladi, yarim bukilgan barmoqlar bilan qovurg’a

yoyi cheti topiladi

3. Bemordan chuqur nafas olish so’raladi, o’ng qo’l barmoqlari qorin

bo’shlig’iga chuqur sirpanuvchi xarakat bilan paypaslanadi va chap qo’l bilan

uchrashtiriladi(bimanual tekshiruv)

4. Qo’llar uchrashgani sezilishi bilan bemordan chuqur nafas olish so’raladi

5. Buyrakning pastki qutbi o’ng qo’l barmoqlar ostida aniqlanadi va pastga

sirpanadi

6. Agar buyraklar paypaslanganda uning shakli, kattaligi va oldingi yuzasidagi

notekislik, g’adir-budirlik aniqlanadi

Siydik tizimi a'zolarini rentgenologik tekshiruvga tayyorlash

Xarakatlar algoritmi

1. Bemorga muolaja maqsadi tushuntiriladi

2. Muolajani o’tqazilishiga mo'nelik yoqligi aniqlanadi

3. Bemorni tekshiruvga 2-3 kun avval tayyorlanadi. Buning uchun ovqatlanish

ratsionidan gaz xosil qiluvchi maxsulotlar olib tashlanadi

4. Tarkibida yo`d tutgan vositalarga bemorning allergik reaktsiyasini aniqlash

uchun sinama o`tkaziladi. Buning uchun bemorga 2 kun avval venaga kontrast

modda yuboriladi va kuniga 2-3 maxal kaliy yo`didning 3% eritmasi beriladi

5. Bemorda meteorizmga moyillik bo`lsa, tayyorgarlik davrida yengil surgi dorilar

tavsiya qilinadi

6. Bemorga muolajadan 12-18 soat oldindan ovkat berilmaydi va suyukliklarni

ichish cheklanadi

7. Tekshiruvdan 1 kun oldin kechqurun soat 22-00da va tekshiriladigan kun

muolajadan 1,5-2 soat oldin tozalovchi xukna qilinadi

8. Tekshiruvni ertalab,och qoringa o’tkaziladi, shu kuni ertalab bemor

ovqatlanishi,suyuqliklar ichishi, dori preparatlarini qabul qilishi mumkin emas

9. Tekshiruvdan oldin siydik qopi bushatiladi

10. Rentgenologik xonaga bemorni yo’llanma va kasallik tarixi bilan kuzatib

boriladi

11. Rentgenologik xonada bemorning venasiga asta-sekin 20-40-60 ml.kontrast

modda yuboriladi

12. Tekshiruvni shifokor bajaradi

Siydik qopini kateterizasiya o’tkazish texnikasi

Xarakatlar algoritmi

1. Bemorga muolaja maqsadi tushuntiriladi,mo'neliklar yo’qligi aniqlanadi va

ruxan tayyorlanadi

2. Bemor chalqanchasiga orqasi bilan oyoqlarini tizza bo’g’imida bukib, sonlarini

kerib, tepaga qarab yotishga yordam beriladi

3. Maxsus xalat, qo’l qoplar kiyiladi

4. Dumbalar ostiga kleyonka va taglik yoziladi

5. Chap qo’l bilan jinsiy lablarni kerib, o’ng qo’l da korsangga doka sharcha

qistirib, siydik chiqaruv kanalini yuqoridan pastga tomon xarakatlantirib, jinsiy

a'zolarni zararsizlantiruvchi eritma bilan yuviladi

6. Korsangga quruq steril doka olib, shu tartibda tashqi jinsiy a'zolar quritiladi va

sharchalar zararsizlantiruvchi eritmaga tashlanadi

7. Pinset bilan steril kateterni olib, shpatel yordamida o’ng a steril vazelin surtiladi

8. Chap qo’l bilan jinsiy lablar kerilib,o’ng qo’l da pinset yordamida kateterni

ushlab siydik chikarish kanalining tashki teshigiga kiritiladi

9. Siydik osonroq ajralishi uchun qorin devori orkali qovuk soxasi bosiladi

10. Siydik ajralishi tugamasidan oldin asta-sekin kateter chiqariladi va

zararsizlantiruvchi eritmaga solinadi

Bogim palpasiyasini utkazish texnikasi

Xarakatlar algoritmi

1. Palpator ogrik, shish, maxalliy harorat, bo’g’im xaltachasida suyuqlik borligi,

krepitasiya aniklanadi.

2. Bug’imdagi aktiv va passiv xarakatlar yordamida bo’g’im harakat aktivligi

xajmi , harakat cheklanishi xarakteri aniqlanadi

3.Bemor aktiv va passiv harakatlar qilganda tekshirilayotgan bo’g’im ustiga qo’lni

qo’yib, bug’imdagi shovqinlar, g’ichirlashlar aniqlanadi

4. Periartikulyar xosilalar holati aniqlanadi

Bemorlardan bioximik taxlil uchun venadan kon olish texnikasi

Xarakatlar algoritmi

1.Bemorga muolaja moxiyati tushuntiriladi ruxan tayyorlanadi.bemor urnida

yotgan xolatda yoki stol yoniga o’tirish so’raladi

2. Kerakli jixozlar tayyorlanib, qo’llar zararsizlantiriladi va steril qo’lqop kiyiladi

3.Bemor qo’llari maksimal yozish so’raladi, tirsagi tagiga steril salfetka o’ralgan

yostiqcha kuyiladi

4. Elkaning pastki 1/3 qismiga jgutni oson yechiladigan qilib bog’lanadi,venalar

yaxshi tulishi uchun bemordan mushtini bir necha bor ochib yopish so’raladi

5. Shprisda qon ko’ringach jgutni yechmasdan kerakli miqdorda qon olinadi , jgut

yechiladi va steril spirt shimdirilgan paxta qo’yib shpris ignasi chikariladi.

Bemordan qo’l ni tirsak bugimidan bukish so’raladi

6. Shpris ignasi probirkaga kiritib, probirka devori bo’ylab olingan qon quyiladi

7. Qo’lqoplar yechiladi va zararsizlantiruvchi eritmaga tashlanadi

8. Yo’llanma bilan olingan qon laboratoriyaga yuboriladi

Anafilaktik shokda birinchi yordam kursatish

Xarakatlar algoritmi

1. Yuborilayotgan dori vositasini to’xtatish, in'eksiya qilingan joy yuqorisiga jgut

qo’yish va in'eksiya joyiga sovuq suv namlab qo’yish, xasharot nishini olib

tashlash.

2. Bemorga qulay sharoit yaratiladi. Toza xavo bilan ta'minlanadi.Zudlik bilan

vrach chaqirtiriladi.

3. Bemor oyog’ini ko’targan xolatda bosh orqaga va yonboshga qaratiladi, til ketib

qolmasligi uchun fiksasiyalanadi.

4. Og’izdagi so’lak va ko’piklar rezinali ballonchik yordamida tozalanadi.

5. Oksigenoterapiya o’tkazishga kerakli bo’lgan barcha anjomlar tayyorlanadi.

6. Arterial qon bosimni ko’tarish maqsadida kardiotonik dori vositalarini

tayyorlash.

7. Vrach ko’rsatmasiga binoan muolajalarni bajarish: kordiamin 2ml t/o

yoki mezaton 1%-1 ml fiziologik rastvorda yuborish, in'eksiya qilingan joy yoki

xasharot chaqqan joy atrofiga adrenalin 0,1%-0,5ml yuboriladi, kolgan 0.5ml

adrenalin tananing boshqa qismiga m/oga yuboriladi

8. Qon bosimi va pulsni xar 15 minda o’lchab turiladi.

9. Allergik reaksiyani bartaraf etish maqsadida kortikosteroid gormonal

preparatlarni va antigistamin preparatlarni yuborish (prednizolon, dimedrol,

suprastin)

10. Okpe shishi rivojlanishini oldini olish maqsadida yurak glikozidlari va

diuretiklarni yuborish

11. Talvasa va tutqanoqlarni bartaraf etish maqsadida tutqanoqqa qarshi dori

vositalarini yuborish

12. Bemor umumiy ahvolini doimiy nazorat qilish, navbatdagi vrach

ko’rsatmalarini bajarish va nafas soni, yurak urishi, kon bosimi, pulsni doimiy

nazorat qilish.

Pnevmotoraksda birinchi yordam kursatish

Xarakatlar algoritmi

1. Bemorga qulay sharoit yaratiladi.qa'tiiy yotoq rejimi buyuriladi

2. Zudlik biilan vrach chaqirtiriladi.

3. Oqriq shokini oldini olish maqsadida vrach ko’rsatmasiga binoan bemorga

narkotik analgetiklarni yuborish.

4. Yurak yetishmovchiligi belgilari kuzatilganda kardiiotonik

vositalarni(kamfora,kofein),shart bo’lsa yurak glikozidlarini t/i ga yuborish.

5. Nafas yo’llarida havo o’tishini ta'minlash va oksigenoterapiya uchun kerakli

vositalar bilan ta'minlash.

6. Nafas yetishmovchiligini bartaraf etish maqsadida zudlik bilan plevral

bushliqdagi havoni so’rib olish uchun pnevmotoraks apparatini tayyorlash va

o’tkazishda vrachga yordam berish.

7. Nafas olish soni, puls, qon bosimni doimiy nazorat qilish, vrach ko’rsatmalarini

so’zsiz bajarish.

Okpe shishida birinchi yordam ko’rsatish

Xarakatlar algoritmi

1. Bemorga qulay sharoit yaratiladi,toza xavo bilan ta'minlanadi va kisib turuvchi

kiyimlar echiladi.

2. Zudlik bilan vrach chaqirtiriladi.

3. Yurak zo’riqishini bartaraf etish maqsadida tez ta'sir etuvchi nitrat

preparatlaridan nitrogliserin 1 tab til ostiga beriladi

4. Nafas yo’llarida xavo o’tishini ta'minlash va oksigenoterapiya bilan penogasitel

uchun kerakli vositalar bilan ta'minlash.

5. Kichik qon aylanish doirasidagi dimlanishni bartaraf etish maqsadida qo’l -

oyoklarga jgut qo’yish va xar 15-20min da bo’shatib turish, xamda chalg’ituvchi

muolajalaarni o’tkazish.

6. Okpedagi dimlanishni bartaraf etish maqsadida qon olib tashlash va vrach

ko’rsatmasiga ko’ra diuretik preparatlarni in'eksiya qilish.

7. Nafas markazi qo’zg’aluvchanligini kamaytirish maqsadida narkotik

analgetiklarni in'eksiyaga tayyorlash.

Plevral punksiya o’tkazish texnikasi

Xarakatlar algoritmi

1. Bemorga muolaja maksadi tushuntiriladi

2. Qo’llar yuviladi va kuritiladi

3. Muolajaga kerakli jixozlar tayyorlanadi

4. Bemorga stul suyanchigiga karab utirish suraladi

5. Bemorga stul suyanchig’iga egilish so’raladi

6. Qo’llar zararsizlantiriladi, perchatka kiyiladi, maska taqiladi va xalat kiyiladi

7. Punksiya o’tkazishda vrachga yordamlashadi va bemor xolati kuzatiladi

8. Muolaja o’tkazilgandan so’ng bemor katalkada palataga olib boriladi

9. Olingan suyuqlik labaratoriyaga yuboriladi

10. Olingan analiz javoblari kasallik tarixiga yopishtiriladi

Foydalanilgan adabiyotlar:

Tiykargi:

1. E. Y. Kosimov "Ishki kasalliklar propedevtikasi" Toshkent 1996 y

2. A.I.Fillipova. "Sestrinskoe delo v terapii" M 2000g.

3. G. P. Kotelnikov. "Sestrinskoe delo". Professionalnie dissiplini. Uchebnoe

posobie Rostov na Donu. 2007.

4. Voenno-polevaya terapiya. Gambiskiy. V. V.Komarov.F.I. 1983g.

a. I. Fillipova "Sestrinskoe delo v terapii" Moskva 2000

5. V. Pavlov "Sestrinskoe v terapii" Moskva 2000 g

6. V. X. Vasilenko "Propedevtika vnutrennix bolezney" Moskva 1992 g

7. Qo’shimcha:

1. Pod redaksii Yu. P. Nikitina "Vse po uxodu za bolnimi v bolnise i doma"

Moskva 1998 g

2. F. Krasnova "Sestrinskoe delo" 2 – tom

3 .Zoxidova M. Z., Juraev I. E. Xamshiralik jarayoni va xamshiralik kasallik

tarixi sxemasi Toshkent 2002

4.Sestrinskiy prosess i sestrinskie zapisi Toshkent 2002

Internet saytlari: http://medi.ru; http://www.tma.uz, http://medprom.ru,



http://medinforma.ru, http://www.sparv.org, http://www.google.ru,
Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin