Terapiya va harbiy-dala terapiyasida hamshiralik



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə2/15
tarix20.07.2020
ölçüsü0,62 Mb.
#32245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Терапия кулланма


Hamshira diagnozi: alaxsirash, titrash, kukrak qafasida og’riq, shilimshiq -yiringli

yo’tal yoki qo’ng’ir balg’amli yo’tal.

Tekshirish rejasi: bemorni emlew va parvarish qilish.

Rejani amalga oshirish: hamshira bemorni rentgen tekshiruviga tayyorlaydi,

biologik materialni (qon, balg’am) oladi, bemorni emlew bo’yicha shifokor

tavsiyalarini bajaradi (dorilarni o’z vaqtida ichirib, in'eksiyalarni yuboradi va h.k.),

tavsiyaga ko’ra bemorni mutaxassislar (onkolog, ftiziatr) maslahatiga tayyorlaydi

va bemorni parvarish qiladi (xonani shamollatadi, zarur bo’lganda kislorod beradi,

yotar joy va kiyim-boshlarning o’z vaqtida almashtiradi, tufdonlarni dezinfeksiya

qiladi, zarur bo’lganda bemorni ovqatlantiradi, o’rinda ag’darilishiga yordam

beradi) va ko’zatuv olib boradi (nafas olish tezligini ko’zatadi, tomir urishini va

yurak qisqarish tezligini sanaydi; qon bosimini o’lchaydi, fiziologik o’zgarishlarni

ko’zatib boradi), tavsiyaga ko’ra gorchichnik va bankalar quyadi va h.k.

Okpening yiringli sindromi

Okpening yiringli sindromi - juda og’ir xastalik bo’lib, u intoksikatsiyaning,

okpe to’qimalari chirishi va bo’shliqlar paydo bo’lishi hamda nekrozning birga

davom etishi bilan ifodalanadi. Okpeda yiringlash (okpe absessi) 2 bosqichda

kechadi: infiltratsiya yoki yiring tuplanish bosqichi va bo’shliq(kovak) paydo

bo’lish jarayoni. Okpeda yiringlash jarayonining kechishi bronx - drenaj

funksiyasining bo’zilishi, qon aylanishining bo’zilishi, okpe tokimalarinin qon

bilan ta'minlanishi bo’zilishi va nekrozi, infeksiyalarning tushishi, makroorganizm

ta'sirining susayishida ko’rinadi.

Yiringlash sindromi doimiy yoki ba'zi-ba'zida kuchayuvchi isitma, juda ko’p terlab

titroq tutiwi, qaltirash, jaroxatlangan tomondagi og’riqlar, quruq yo’tal, agar

surunkali bronxit bo’lsa, unda kam miqdordagi shilimshiq yoki shilimshiq-yiringli

balg’amlar bilan harakterlanadi. Ko’p hollarda intoksikatsiya simptomlari: umumiy

holsizlanish, darmonsizlanish, ishtahaning qochishi, bosh og’riqi ko’zatiladi.

Bemorni ob'ektiv tekshirilganda, nafas olish chog’ida kasallangan ko’krak qafasi

qismida orqada qolishi, yiringlagan joyda kuchsiz ovoz titroqi, vezikulyar nafas

olish kuchsizligi, bronxit birga kechayotgan joy ustida bo’lsa, unda g’uvillagan,

quruq xirillash, perkussiyada esa yiringli zaiflashgan yoki to’mtoq perkutor tovush

borligi aniqlanishi mumkin. Rentgenologik tekshiruvda esa qirralari aniq dumaloq

soyaning borligi aniqlanadi. Qonni tahlil qilinganda, leykositoz 20 . 109 l gacha,

leykoformulaning chapga siljishi, metamielositlar yonigacha so’rilishi, EChTning

ortishi ko’zatiladi. Yiringli, qo’lansa hidli balg’am miqdorining keskin ko’payishi

(500-1000 ml gacha) yaraning bronx ichiga yorilganini ko’rsatadi.

Balg’am tarkibidan mayda qon tomirchalari ham topilishi mumkin. Bu holatda

bemorning ahvoli yaxshilanadi, issig’i tushadi, intoksikatsiya simptomlari

kamayib, titrash yo’qoladi. Balg’amning kuchishi bemorning ma'lum bir holatida

ko’p ko’zatiladi (drenaj paydo bo’ladi). Jismoniy tekshiruvda ovozning titrashi,

timpanik perkutor tovush, bronxial nafas olish, agar bo’shliq bronx bilan ingichka

yoriq orqali ulangan bo’lsa, qush nafas olish (amforik) ko’zatiladi. Agar bushliqda

qandaydir miqdorda suyuqlik (sekretlar) saqlangan bo’lsa, u holda yirik yoki o’rta

tovush pufakchalarining xirillashi eshitiladi. Rentgenologik tekshiruvda qirralari

aniq dumaloq qismi ko’rinadi, agar bo’shliqda suyuqlik (sekret) qolgan bo’lsa,

unda gorizontal holatdagi qorong’ilashgan joylar aniqlanadi. Qonni tahlil qilishda,

leykositozning o’zgarmay turgani va EChTning ko’payganligi, ammo keyinchalik

pasayishi saqlanib qoladi. Balg’am tekshirilganda ko’p miqdordagi leykotsit va

elastik tolalari aniqlanadi.

Hamshira diagnozi: isitma, titrash, ko’krak qafasidagi og’riq, darmonsizlanish,

bosh og’riqi, yiring aralash balg’amli yo’tal.

Tekshirish rejasi: parvarish, ko’zatish va emlew. bemorni rentgenologik,

laboratoriya tekshiruvlariga tayyorlash, bemorni emlew bo’yicha shifokor

tavsiyalarini o’z vaqtida bajarish (dorilarni o’z vaqtida tarqatish, in'eksiya va

tomchidorilarni yuborish) boshqa turdagi emlew muolajalari (fizioterapiya,

davolovchi jismoniy tarbiya (LFK), uqalash, oksigenoterapiya)ni tashkil etish,

bemorni parvarish qilish va ko’zatish tadbirlarini amalga oshirish.

Rejani amalga oshirish: tavsiyalarning o’z vaqtida va maqsadli bajarilishi (har xil

turdagi antibiotiklar, sulfanilamidlar, nitrofuranlar, nistatin yoki levorin,

mukolitik). Laboratoriya tekshiruvi uchun o’z vaqtida biologik materiallarni olish

(qon, siydik, balg’am). Fizioterapiya usulini qo’llash uchun fizioterapevt-shifokor

bilan maslahatlashish; LFK shifokori bilan davolovchi jismoniy tarbiya (LFK) va

uqalash muolajalarini tayinlash haqida maslahatlashish. Palatani o’z vaqtida

shamollatish, dezinfeksiyalovchi vositalar bilan xonani tozalash, tufdonlarni yuvish

va dezinfeksiyalash, yotar joy va kiyim-boshlarni o’z vaqtida almashtirish, yotoqli

bemorlar parvarishi, ularda drenaj paydo bo’lishi va balg’am kuchishi

yengillashishi uchun kuniga 4-5 marta, 20-30 daqiqaga joyini almashtirib,

harakatlantirish; yurak-qon tomir sistemalarining faoliyatini (tomir urishi, yurak

qisqarish chastotasi, qon bosimini o’lchash) va okpe-bronxlar tizimining (nafas

olish chastotasi, ajralayotgan balg’am miqdori), jismoniy faoliyatni ko’zatib

borish.

Okpe pardasi bo’shliqida suyuqlik mavjudligi alomatlari

Okpe pardasi bo’shliqida suyuqlik mavjudligi alomatlari (ekssudativ

plevrit) - kasallangan bo’shliq qismining isiniwi bo’lib, bu holat okpe

pardasi bo’shlig’ida suyuqlikning to’planishi bilan birga kechadi.

Bo’g’shliqlarning isiniwiga okpeda va ko’krak qafasi ichidagi limfa

bezlarida sil kasalligi xuruji, okpeda surunkali o’ziga xos bo’lmagan kasalliklar

pnevmonia, okpedagi yiringlash jarayonlari, o’tkir va surunkali infeksion xastaliklar

(ich terlama, va toshmali terlama), revmatizm,kollagenozlar, okpedagi xavfli

o’smalar sababchi bo’ladi. Xaddan ziyod sovib ketish ularni qo’zg’atuvchi omil

hisoblanadi. Bu holat okpe bo’shlig’i alveolalarining isiniwi va birinchi

navbatda, ularda fibrin -(qon ivishi natijasida hosil bo’ladigan erimaydigan oqsil

modda)ning to’planishi bilan harakterlanadi. Okpe pardasi isiniwi

bo’shliqdagi suyuqlikning tarkibiga ko’ra, seroz-fibrinozli (tolali), gemorragik,

yiringli, xilezli va aralash bo’ladi. Sababi noma'lum va yalliglanmaganlik holatida

okpe pardasi bushliqida suyuqlik mavjud bo’lishi bo’shliqning yiringlaganini

bildiradi. Kasallik sekin-asta yoki juda tez, harorat koteriliwi, chuqur nafas

olganda yoki sog’lom tomonga egilganda va yo’talganda ko’krak qafasida

sanchiqli og’riq turishi bilan boshlanadi. Yo’tal, odatda, quruq va og’riqli bo’ladi.

Bemorni tekshirish paytida, ko’krak qafasining kasal tomoniga yotqizilganda

sianoz, ko’krak qafasining xastalangan tarafi nafas olishda ortda qolishi, nafas

siqish holatlari aniqlanadi. Suyuqlik to’planayotganda bemorlarning ahvoli

og’irlashib, kasallangan tomonda simillagan og’riq sezishadi, agar suyuqlik ko’p

to’plansa, kasallikning okpe bilan ko’krak qafasi oralig’ida sog’lom tomonga

qarab siljishi-o’tishi oqibatida o’tkir nafas siqilishi holatlari yo’zaga keladi.

Suyuqlik to’lgan qismi orqa qo’ltiqosti tomonda, odatda, parabolik qiyshiq

(Damuazo yuli) da joylashadi. Shu munosabat bilan 3 ta zonaga bo’linadi: siqilgan

okpening uzoqqa yopishish zonasi (Garlyanda uchburchagi), gidrotoraks zonasi va

kasallikning sog’lom tomonga qarab siljishi (Rauxfus-Grokko uchburchagi).

Siqilgan okpeni jismoniy tekshirish paytida okpeni barmoqlar bilan siqib

ko’rilgan paytda ovoz titrashi va bronxofoniya, timpanik perkutor tovushning

zaiflashishi, auskultatsiyada bronxial nafas aniqlanadi. Gidrotoraks zonasida: ovoz

titrashi va bronxofoniya ko’zatiladi, shuningdek, nafas olishni aniqlab bo’lmaydi,

ohangning kuchayishi perkutor usulda aniqlanadi, kasallikning siljish zonasida

(Rauxfus-Grokko uchburchagi)ham shu holat ko’zatiladi.

Hamma tekshiruvlardan so’ng (bemor haqida ma'lumot yig’ilgandan so’ng)

hamshira diagnozi qo’yiladi: isitma, darmonsizlik, ko’krak qafasida og’riq, nafas

siqish, quruq yo’tal, titrash, loxaslik. Bemorni ko’zatish va parvarish qilish,

laboratoriya tekshiruvlarini o’tkazish, emlew bo’yicha shifokor ko’rsatmalarini

hamda ftiziatr va onkologlarning maslahatini amalga oshirish rejasi to’ziladi.

Rejaning amaliyotda qullanilishida bemorni rentgenologik, biologik asosda

o’tkaziladigan laboratoriya tekshiruvlariga, okpe pardasi parasenteziga tayyorlash,

shifokorning bemorni emlew borasidagi tavsiya va ko’rsatmalarini aniq

bajarish, dorilarni o’z vaqtida tarqatish va in'eksiyalarni yuborish muhim ahamiyat

kasb etadi. Rentgenologik tekshiruvda okpening kasallangan qismi

qorong’ilashgan holda bir tomonga nishab bo’lib yiqilgan suyuqlik bilan ko’rinadi.

Diagnozlash va emlewda plevral punksiya (plevral parasentez-emlew va

diagnostika maqsadida badanga shpris ignasi yoki maxsus igna suqish muhim

ahamiyat kasb etadi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun hamshira anesteziya,

ya'ni og’riqsizlantirish uchun sterillangan shpris, novokain eritmasi, yo’d eritmasi,

terini tozalash uchun spirt, igna uchun kanyullari bor rezina trubkali punksiya

ignasi va shprisini, Mor yoki Pean qisqichini, 50 ml.li Jane shprisi, plevral

punktatni yig’ish uchun idish hozirlab qo’yishi zarur. Parasentez orqa qultiqostidan

8-qovurqalar orasidan, 9-qovurg’aning yuqori chekkasi bo’ylab olib boriladi.

Punktat olingach, undagi oqsilning miqdori, plevral suyuqlikning zichligi, ekssudat

va transsudatlarni aniqlash uchun Rivalt namunalari olinadi.

Emlewning tiykargi ozgeshelikleri shamollash va silga qarshi vositalar, umumiy

mustaxkamlash, vitaminoterapiya, plevral suyuqlik chiqarib tashlanganidan so’ng

fizioterapevt-shifokor maslahati bilan davolovchi jismoniy tarbiya (LFK) va

boshqa fizioterapevtik muolajalari tayinlanadi.

Nafas siqishi. Bu simptom ko’pincha bronxial astma kasalligida uchraydi.

Bronxial astma, bu - nafas yo’llarining allergik isiniwi bo’lib, kasallikning

dastlabki davrlarida nafas yo’llarida kasallikning qaytalanishi xastalik endi

boshlangan paytda davolansa, to’zalishi mumkinligi bilan harakterlanadi.

Atopik bronxial astma

Atopik bronxial astma - (yuqumsiz-allergik) va yuqumli-allergik astma turlari

mavjud. Atopik astmada odam organizmida antitelalar paydo qiluvchi har qanday

omil xastalik sababchisi bo’lishi mumkin. Allergenlar dorilar, hayvonlar tuki va

o’simlik changlari, shuningdek, oddiy va murakkab turkumli kimyoviy moddalar

bo’lishi ham mumkin.

Yuqumli-allergen turida bronxial astmaning rivojlanishiga mikrobli flora asos

bo’ladi. Bundan tashqari, etiologik omillar psixogen, iqlim sharoiti (o’ta sovib

ketish, insolyatsiya), shuningdek, jismoniy zo’riqish ham bronxial astmaning

rivojlanishiga asos bo’ladi. Klinik ko’rinishi: bronxial astmaning klinik kompleks

simptomlari nafas siqishi, xushtaksimon nafas olish, davriy bug’ilish

holatlari(tiklanuvchi bronxial torayish, ya'ni obstruksiya, bu holatlar ko’pincha

ko’p miqdorda balg’am ajralishi bilan yakun topadi. Bronxial astmaning atopik

formasini harakterli tomoni shundaki, u allergen bilan mouloqotda bo’lgan paytda

bo’g’ilish xuruj qilishi bilan ajralib turadi. Allergen bilan muloqot to’xtatilgani

tamoni bo’g’ilish xuruji ham to’xtaydi. Bunda bo’g’ilishdan oldin, odatda,

auraning ko’p shaklliligi (polimorfizmlar)ning paydo bo’lishi (tomirlar kengayib-

torayib turishi va ko’p miqdordagi shilimshiq suyuqlik ajralishi bilan namoyon

bo’luvchi vazomotor rinit, bosh og’riqi, oigren, eshak yemi, teri qichishishi,

tomoqda achishish va qichishish, yo’tal, Kvinke shishi va x.k.) yo’z beradi.

Yuqumli-allergik bronxial astmada bo’g’ilish xuruji ko’pincha kuz va qish davrida,

o’tkir nafas olish yo’llari kasalliklari, bronxit, pnevmoniya bilan og’rigan

kishilarda tez rivojlanadi. Bunday bemorlarning aurasi ko’p hollarda yo’tal bilan

ifodalanadi. Xurujlar, odatda, o’rtacha va og’ir darajali uzoq davom etuvchi va

umumiy muolajalar kor qilmaydigan, ko’pincha astmatik holatga (status

asthmaticus) o’tib ketadi. Ba'zi hollarda stafilakokk toksini va streptokokka

sezuvchanligi aniqlanadi. Nafas siqish xurujining tiykargi klinik simptomlari

chegaralangan harakatdagi ko’krak qafasida (diafragmaning quyi holati) nafas

chiqarishning o’zayishi, xushtaksimon nafas olish, tarqoq, doimiy o’zgaruvchan

quruq xirillash sifatida namoyon bo’ladi. Bemor doim ortopnoe holatida: stolga

qo’llari bilan tiralib, old tomonga egilgan holatda o’tiradi. Teri qatlami rangsiz,

yordamchi mushaklar taranglashgan, yurak-tomir soxasida taxikardiya, yurak

tovushlarining noaniqligi, okpe emfizemasi tufayli yurakning simillab og’rish

chegarasi aniqlanmaydi. Yuqumli-allergik astma formasining xuruji ko’p

miqdordagi shilimshiq yopishqoq-yiringli balg’amning ko’chishi bilan tugaydi.

Hamshira diagnozi: ko’pincha uzoq va quruq yo’talli nafas siqishi, taxikardiya,

sianoz, majburiy holat, holsizlik. Bemorni ko’zatish va parvarish qilish rejasi:

bemorni qo’shimcha tekshiruvlarga tayyorlash: laboratoriya tekshiruvi uchun

biologik materiallar (qon, balg’am) tayyorlash, shifokor tavsiyalarini bajarish,

shifokor kelguncha birinchi tez yordam ko’rsatish, bemorni boshqa mutaxassislar

ko’rigiga tayyorlash. Hamshira rejasini amaliyotga tadbiq etish: Bemorda nafas

siqish xuruji boshlanganda, birinchi navbatda shifokor kelgo’nga qadar hamshira

birinchi yordam ko’rsatishi zarur; bemorni tinchlantirish, jismoniy va ruxiy

xotirjamlikni ta'minlash, bemorni qulayroq joylashtirish, havo kirishi uchun oynani

ochish, kislorod berish, gorchichnik (xantal) qo’yish, issiq ichimlik berish,

navbatchi yoki davolovchi shifokorga xabar berish va shifokor tavsiyalarini

bajarish. Xuruj avj olganda, qonning taxlilida eozinofiliya va bazofiliya aniqlanadi.

Balg’am tekshiruvdan o’tkazilganda esa uchlik: eozinofilning yuqori darajasi,

Sharko-Leyden kristallari mavjudligi va Kurshman spirallari aniqlanadi. Xuruj avj

olganda tashqi nafas olish funksiyasi tekshirilganda O’TSning keskin kamaygani,

qoldiq hajm va funksional qoldiq sig’imning ortganligi ko’zatiladi.

Bronxlar o’tkazuvchanligini bo’zilishi yaqqol ko’rinishi esa muxim

xususiyatlardan biridir.

Emlew ozgeshelikleri: atopik bronxial astma formasida, allergenlar aniqlangan

bo’lsa, etiologik terapiyani qo’llash tavsiya etiladi.Bemorni allergenlardan halos

etish, parxez saqlash, allergiya beruvchi maxsulotlarni iste'mol qilmaslik, uy

changiga sezuvchanligi oshgan bemorlarni muxofazalash gigiena choralarini

ko’rish kerak. Allergen omillarni bartaraf etishda o’ziga xos va o’ziga xos

bo’lmagan giposensibillovchi muolaja qilish kerak. Bu muolajani okpe tuberkwlez

xastaligi, xomiladorlik, kardioskleroz, revmatik yurak porogi, tireotoksikoz,

buyrak faoliyatining bo’zilishi, jigar xastaliklari, ruxiy kasalliklar, okpe

faoliyatida yetishmovchilik bo’lgan holatlarda qo’llash mumkin emas.

Bronxlarning o’tkir isiniwi simptomi yoki o’tkir bronxit nafas olish

organining tez-tez qaytalab turuvchi kasalligidir. Bronxning o’tkir isiniwi

nafas yo’llari kasalliklari, gripp asoratlari, paragripp, adenovirus infeksiyasi,

shuningdek, qizamiqning og’ir turi, ko’kyo’tal, difteriya bilan og’rigan bemorlarda

tez-tez ko’zatiladi. Ko’p hollarda o’tkir bronxit gripp viruslarining bakterial

holatga ta'siri, fagositozning og’ir kechishi nafas olish yo’llarining bakterial

florasining faollashuviga olib kelish oqibatida ko’zatiladi. Bunday bemorlarning

balg’amida inflyuensa tayoqchalari, pnevmokokk, gemolitik streptokokk, oltin

rangli stafilokokk, Fridlender tayoqchasi va boshqalar aniqlanadi. Ularni keltirib

chiqaruvchi omillar: shamollash, Ishkilikka ruju quyish, surunkali intoksikasiya

(zaharlanish), chekish, bundan tashqari, yuqori nafas olish yo’llarida isiniw

(tonzillit, rinit, sinusit va b.) holatlari o’tkir bronxitning yo’zaga kelishiga sabab

bo’ladi. Bu kasallikni keltirib chiqaruvchi boshqa omillarga esa azot oksididan

nafas olish, sulfat kislotasi va sulfat angidridi, serovodorod, xlor, ammiak, brom

bug’lari, shuningdek, harbiy zaharlovchi moddalar (xlor, fosgen, difosgen, iprit,

lyuizit) bilan zaharlanish kiradi. Ko’p hollarda o’tkir bronxitni kelib chiqishiga

o’ta changli havodan, ayniqsa, organik havodan nafas olish sabab bo’ladi. Klinik

ko’rinishlari: quruq va qichitqi yo’talning paydo bo’ladi, ko’krak qafasi ichida

og’riq va achishish seziladi, keyin bu jarayon katta va kichik bro’nxlarga o’tadi,

Bu esa nafas olish yo’llarining bo’zilishiga xurujli yo’tal, nafas siqishga olib

keladi. 2-3 kundan keyin shilimshiq, shilimshiq-yiringli balg’am, ba'zi hollarda

qonli balg’am ajralib chiqa boshlaydi. Ko’pchilik bemorlarda ko’krak qafasining

pastki qismida yo’tal va diafragmaning talvasali, qisqarishi tufayli og’riq paydo

bo’lishi, umumiy holsizlik, darmonsizlik, charchoq, umurtqa pog’onasi va oyoq-

qo’llarda og’riq, ayrim hollarda qattiq terlash ko’zatiladi. Tana harorati normal va

me'yordan salgina ortiq bo’lishi, og’ir hollarda 38°S gacha va undan yuqori

koteriliwi mumkin. Agar o’tkir bronxit gripp oqibatida yo’zaga kelsa, unda tana

harorati 39°S va undan yuqori kutarilishi mumkin, Bunda ko’pincha herpes labialis

aniqlanadi, halqum va bo’g’iz shilliq pardasining giperemiyasi, ayrim hollarda

nuqtali qon quyilish holatlari ko’zatiladi. Badanni barmoq bilan urib tekshirilganda

okpe ovozi eshitiladi. Auskultatsiyada kasallikning dastlabki kunlarida o’zun

vezikulyar nafas chiqarish, tarqoq quruq xirillash va xushtaksimon xirillash

aniqlanadi, yo’talganda xirillash miqdori o’zgaradi. 2-3 kundan keyin har xil

xirillash ovozlari qo’shiladi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan taxikardiya, asab

tizimi tomonidan bosh og’rig’i, charchoq, uyquning bo’zilish holatlari ko’zatiladi.

Hamshira diagnozi: yo’tal, darmonsizlik, tez charchash, nafas siqishi, taxikardiya,

isitmali alaxsirash, uyquning buzilishi.

Parvarish rejasini to’zish: ko’zatish va parvarish qilish, tekshiruv va shifokor

tavsiyalarini bajarish.

Rejani amaliyotga tatbiq etish: mustaqil harakat qilish - bemorni ko’zatish va

parvarish qilish usullari: tomir urish tezligini, nafas tezligi, qon bosimini o’lchash,

xonani shamollatish, gorchichnik va banka qo’yish;

Biologik materiallarni (qon, siydik, balg’am) laboratoriya tekshiruvlariga yuborish,

bemorni ko’krak qafasi qismining rentgenologik tekshiruviga tayyorlash, tashqi

nafas olish funksiyasini tekshirish, dorilarni o’z vaqtida tarqatish, dori vositalarini

yuborish. qon taxlil qilinganda, unda leykositoz 8 х l, EChTning tezlashishi;

balg’amda mikrofloralarning ko’p miqdordaligi; tashqi nafas olish funksiyasi

tekshirilganda O’TSning pasayishi va nafas tezligi ko’ayishi; mayda bronxlar

tekshirilganda bronxlar o’tkazuvchanligi va kuchaygan hayotiy hajmining

bo’zilganligi; rentgenologik tekshiruvda esa okpe o’zagidagi soyalar kengaygani

ko’zatiladi. Fizioterapevtik muolajalar (kaliy yod, kalsiy xlor, eufillin bilan

elektroforez qilish, LFK)ni belgilash uchun fizioterapevt vrach maslaxati bilan

tashkil qilinadi.

Emlew ozgeshelikleri: emlew ko’pincha uyda, uy haroratini, bir xil mutadil

haroratda saqlagan holda amalga oshiriladi. Dorilardan - shamollashga qarshi,

issiq tushiruvchi va og’riq qoldiruvchi xususiyatga ega bo’lgan amidopirin, aspirin

va boshqalar qo’llaniladi.

O’tkir bronxitning og’ir kechish holatlarida, gripp epidemiyasi davrida keksa

kishilarni, shuningdek, darmonsiz bemorlarni shifoxonaga yotqizish hamda

antibiotiklar tayinlanishi kerak. Balg’amni suyultirish uchun termopsis damlamasi,

altay (gulxayri) ildizi ekstrakti va damlamasi, mukaltin, 3 foizli kaliy yodid

eritmasi, ishqorli ingalyasiya, davolovchi jismoniy tarbiya tayinlanishi kerak.

Bronxospazm holatida bronholitik vositalar: teofedrin, va efedrin, 0,025 g, 0,15g

eufillin tabletkalari bir kunda 3 marta tayinlanadi. Og’riqli quruq yo’talda esa

kodein, dionin, gidrokodon, libeksin, baltiks tayinlanadi. Qo’shimcha muolajalar:

ko’krakka va kuraklarga gorchichnik, banka qo’yish, oyoqqa issiq vanna qabul

qilish, ko’p miqdorda issiq suyuqlik ichish, tarkibida ishqoriy eritmalar bo’lgan

mineral suvlar ichish tavsiya etiladi. O’tkir bronxit surunkali bronxitga o’tib

ketmasligi uchun uni o’z vaqtida oxirigacha emlew zarur.

Surunkali bronxlar yalliqlanishi simptomlari - bronxlar devor qatlami va bronxlar

daraxti shilliq pardalari yalliqlanishining uzoq davom etib, huruj qilib turishi bilan

harakterlanadi. BJSST ekspertlarining fikricha, "surunkali bronxit kasalligi bilan

og’rigan bemorlar qatorasiga 2 yil va 3 oy davomida yo’talgan va muntazam

balg’am ajratib turgan holat kiradi. Bu okpe-bronxlar tizimining ko’p

uchraydigan kasalligi bo’lib, keyingi paytda uning ko’payib borayotgani qayd

etilmoqda. Bu kasallik bilan ko’proq 50 yoshdan oshgan insonlar, shuningdek,

erkaklar ayollarga nisbatan 2-3 barobar ko’proq og’rishadi.

Surunkali bronxit kelib chiqishidagi tiykargi omil, bu ifloslangan havodan nafas

olish oqibatida shilliq parda muntazam qichishib shikastlanishidir. Noqulay iqlim

sharoiti: tumanli nam havo, ob-havoning keskin o’zgarishi ham muhim

ahamiyatga ega. Shilliq pardaning chang yoki tutun, ayniqsa, tamaki tutuni tufayli

qichishishi, nafas olish yullarida shilimshiqlarning ko’payishiga olib keladi,

natijada balg’amli yo’tal vujudga keladi. Surunkali bronxit chekuvchilar orasida

boshqalarga nisbatan 3-4 marta ko’p uchraydi.

Surunkali bronxit etiologiyasida ba'zi kasb egalari-tamaki va jun ishlab

chiqaruvchilar, un maxsulotlari va kimyoviy zavodlarda ishlovchilar, tog’-kon

ishchilari va shaxtyorlarda kasbiy omil sifatida ko’p ko’zatiladi. Katta

shaharlardagi havoning oltingugurt gazi, kislota bug’lari, avtotransportlarning

ishlangan gazlari, tutunlar bilan ifloslanganligi ham bu kasallikning kelib

chiqishiga sabab bo’ladi.

Surunkali bronxitning rivojlanishiga nafas olish organlarida infeksiya manbai

mavjud bo’lishi (surunkali tonzillit, sinusit, bronxoektaz), kichik qon aylanishi

doirasidagi turg’unlik holati (yurak faoliyatidagi yetishmovchilik) ta'sir ko’rsatadi.

Infeksiyalarning birlashishi esa surunkali bronxitning og’ir kechishiga,


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin